23:26 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Analitika
Havola olish
1367 0 0

Goldman Sachs bahorda oʻz mijozlariga yopiq maslahatlarda dollardan voz kechib oltin va bitkoin sotib olishni maslahat bergan edi. Endi boʻlsa bank ushbu maʼlumotni keng auditoriyaga tarqatmoqda.

Oʻzining kuchli siyosiy taʼsiri bilan tanilgan, dunyoning koʻplab mamlakatlariga sobiq xodimlaridan yuqori lavozimli amaldorlar “yetkazib bergan”, Amerikaning eng yirik banklaridan biri, yaqinda vahimali bayonot bilan chiqdi: dollar dunyoning bosh valyutasi sifatida kuni bitishi mumkin. RIA Novosti xabariga asosan. 

Goldman Sachs — bir trillion dollar aktivlar sohibi, Uoll-strit va moliyaviy doiralarda katta hurmatga ega. 2008 yilgi iqtisodiy krizisdan soʻng Mett Taybbi ismli jurnalistdan ushbu bankka oʻziga xos "Kalmar-vampir" (Vampire squid) – degan korporativ  laqabini qoʻygan edi.

“Goldman Sachs haqida siz birinchi navbatda bilishingiz kerak boʻlgan narsa bu – uning hamma joyda borligida. Dunyodagi eng kuchli investitsion bank – bu odam qiyofasidagi ulkan kalmar-vampir boʻlib, u oʻzining qonli girdobiga pul hidi kelib turgan barcha narsani soʻrib olmoqda”, - deb yozgan edi Taybbi The Rolling Stone nashrida 2010 yilda.

Shundan soʻng ushbu laqab nufuzli moliya tashkilotiga goʻyoki yopishib qolgandek. Sarmoya gigantining koʻplab sobiq xodimlari AQSH Moliya vazirligida yuqori lavozimlarda ishlashini hisobga olganda, uning aksariyat bashoratlariga jiddiy quloq tutishga toʻgʻri keladi.

Lekin Bank tomonidan dollarning dunyo valyutasi sifatida tanqid qilinishi, bu AQShda joylashgan moliyaviy tuzilmalar uchun yangilikdir. Chunki odatda AQShda “propiskadan oʻtgan” moliyachilar qanday tahlil oʻtkazishmasin uning natijasi dollarning “mustahkam barqarorligini” koʻrsatgan.

Qandaydir maʼnoda  Goldman Sachs – bu bugungi sanoatdan uzoqlashib moliyaviy manipulyatsiyalarga berilgan Amerikaning timsolidir. Bir vaqtldar AQShning timsoli General Motors edi. Oʻshanda prezident Vilson “General Motors uchun nimaki yaxshi boʻlsa, bu – Amerika uchun ham yaxshidir”, - degandi.

Hozir esa AQSH bu ishlab chiqrish birlashmasi emas, balkim - investitsion bankdir. U baʼzan oʻz bayrogʻini jinsiy ozchilikning rang-barang tusiga boʻyaydi, baʼzan oʻta axloqsiz harakatlarga yoʻl qoʻyadi, lekin hali ham dunyoda uning taʼsiri kuchli. Hozir u bank oʻz valyutasining kelajagi haqida jiddiy qaygʻurmoqda, chunki dollar taqdiri - Amerika taqdiri ekanini yaxshi tushunadi.

Yana bir amerikalik moliya axborot agentligi Bloomberg, dushanba kuni Goldman Sachs xavotirlariga qoʻshilgan holda, AQShdagi inflyatsiya kuchayishidan xavotirda ekanini va dollar dunyo valyutasi maqomini yoʻqotishi mumkinligini aytib chiqdi.

AQShning pandemiya bilan barbod boʻlgan iqtisodini qoʻllab-quvvatlash uchun Kongress navbatdagi moliyaviy  choralarni kiritib, Federal Rezerv tizimi oʻz balansini soʻnggi yil ichida 2,8 trillion dollarga oshirgan vaqtda Goldman strateglari AQShning ushbu siyosati dollar qulashini va dunyo valyuta bozorlaridagi yetakchi oʻrnini yoʻqotib qoʻyishi mumkinligi xavfi borligini eʼlon qilishdi.

Oltin. Arxiv surat
© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk

Lekin bir narsaga - shunday qaltis vaziyatda ham Goldman Sachs  oʻz mijozlariga toʻgʻri yoʻl koʻrsatayotganiga qoyil qolish kerak. Bank bahordayoq, Federal rezerv hali moshinkasini ishga tushirmagan vaqtda, oʻz mijozlari bilan yopiq maslahatlar oʻtkazib, ularga dollardan voz kechib uni oltin va bitkoinga almashtirishni maslahat bergan edi. Endi esa bank ushbu  muammoni maksimal keng auditoriyaga olib chiqdi. Uning bayonotini soʻng dunyoning barcha OAVlari translyatsiya qildi.

Lekin ikkinchi tomondan hozircha aksariyat moliyaviy doiralarda ushbu nuqtai nazarga amal qilayotganlar soni baribir kamchillikni tashkil qilmoqda, Goldman ham – dollarning qulashi 100% aniq sodir boʻladi degani yoʻq.

Masalan “AQSH dollari hozir rezerv valyuta maqomini yoʻqotishga bir bahya ham yaqin kelgani yoʻq, uning dunyo bozorlaridagi chuqur joylashgan oʻrni va global tranzaktsiyalar bunga yoʻl qoʻymaydi, deb hisoblaydi Britaniyaning Barclays banki Shimoliy va Janubiy Amerikada valyuta savdosi boʻlimi rahbari Maykl Krupkin.

Muammo shundaki, dollar qulashiga Amerkianing moliya hamjamiyatining aksariyat qismi ishonganda – allaqachon kech boʻladi. Unda dollar ustuvor boʻlgan dunyo moliya tizimi qulagan yoki qaytmas nuqtadan oʻtgan boʻladi.

Dollar tizimi bu safar ham inqirozni yengib oʻtishiga yana bir dalil – bu 2008 – 2009 yillardagi krizis vaqtida Federal rezerv toʻxtovsiz pechat moshinkani ishlatsa-da – dollar tizimi omon qolgan edi. Lekin bu safargi chop etilayotgan dollarlar hajmi oʻtgan safargisidan beqiyos koʻpdir. Ikkinchidan, oʻsha yillarda AQSH bir qutbli dunyoning soʻzsiz yetakchisi boʻlgan.

Hozir boʻlsa vaziyat butunlay boshqacha tus olgan: amerika shaharlarida notinchlik, fuqaro urushi boshlanish xavfi paydo boʻlmoqda. Ikkala partiya ham saylov natijalarini tan olmaslikni rejalashtirmoqda. Bir qutbli dunyo esa yoʻq boʻlgan. Hozir dunyoning asosiy hodisasi bu – AQSH va Xitoy orasida boshlangan sovuq urush 2.0 kelajakda qanday koʻrinishga ega boʻlishidadir.

Axborot bilan yaxshi taʼminlangan va dono "Kalmar-vampir" bekorga bong urayotgani yoʻq. U byudjetini tartibga keltirilishini va AQShga soʻnggi 50 yil ichida ulkan ustuvorlik bergan dollar tizimini himoya qilishni istaydi. Obroʻli bankning ushbu ogohlantirishi kerakli kishilarga albatta yetib boradi, lekin bugungi sharoitda amerika siyosatchilari dollarni dunyo valyutasi sifatida saqlab qolish uchun talab qilinadigan ommabop boʻlmagan choralarni qabul qilishi dargumon.

 

Asosiy mavzular