21:40 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Analitika
Havola olish
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)
99 0 0

Taniqli sport jurnalisti Timur Nizayev Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Moskva Olimpiadasidagi matbuotning faoliyati haqida soʻzlab berdi.

SSSR xalqlarining spartakiadasi: asosiy oʻyinlarga qanday tayyorgarlik koʻrilgan

Olimpiada-80 dan bir yil oldin Moskvada SSSR xalqlarining VII-yozgi spartakiadasi boʻlib oʻtdi. Aynan shu paytda sport inshootlari birinchi bor sinovdan oʻtkazildi, hakamlarning ishi va sportchilarning tayyorgarligiga baho berildi. Bu yerda jurnalistlar ham oʻrganishgan. Bu koʻp jihatdan kelajakda, oʻyinlarning oʻzida yordam berdi.

"Biz Spartakiadaga 6-7 kishilik guruh boʻlib bordik. Sportning barcha turlarini oʻzaro taqsimlab olgan edik. Bu paytga kelib men "Fizkulturnik Uzbekistana" gazetasida uchinchi yil ishlayotgan edim va men uchun bu juda hodisa boʻldi. Men birinchi bor ichiga 30 hildan ortiq sport turini olgan kompleks musobaqalarni sharhladim. Bizning muharririmiz Davlat Timurovich Fattaxov bizni Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani va akkreditatsiya Spartakiadada eng yaxshi ishlagan odamga berilishi bilan umidlantirdi. Natijada men tanlandim", - deydi Nizayev.

Olimpiada boshlanishidan oldin tashkiliy qoʻmita barcha ittifoq respublikalaridan jurnalistlarni yigʻdi. Oʻshanda Oʻzbekiston SSRdan toʻrt kishi boʻlgan: Moskvaga Timur Nizayevdan tashqari, "Sovet Oʻzbekistoni" ("Sovetskiy Uzbekistan") gazetasidan Haydar Nosirov, Safar Ostonov - "Yosh leninchi" ("Molodoy leninets") va Oleg Yakubov "Pravda Vostoka"dan yoʻl oldilar.

Shahar darajasidagi kommunizm va jurnalistika ayyorligi

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, Moskvadagi Oʻyinlarda ajoyib muhit hukmronlik qilgan va SSSR poytaxtida bir muncha vaqt haqiqiy kommunizm hukm surdi: misli koʻrilmagan moʻl-koʻlchilik, Olimpiya oʻyinlari qatnashchilari, mehmonlari va tashkilotchilari uchun bepul ichimliklar va transport.

"Hamma joy toza va saranjom edi. Oʻshanda barcha keraksiz shaxslar 101-kilometrdan nariga koʻchirilgandi. Doʻkon rastalarida hamma narsa bor edi, hatto oldin sotilmagan yoki sotib olish qiyin boʻlgan narsalar ham bor edi. Men juda koʻp suvenirlarni juda arzon narxda sotib olganim esimda", - deb eslaydi Timur Tadjiyevich.

Turar joy va ish sharoitlaridan ham mamnun edik: matbuot Moskva markazidagi "Rossiya" mehmonxonasining shinam xonalarida joylashtirildi, jurnalistlar yaqin masofada - Lujnikidagi zamonaviy va shinam matbuot markazida ishladilar. Shu yerning oʻzida boshqa mamlakatlardan kelgan minglab hamkasblari bilan ham suhbatlashishgan. Bunga oʻnlab pivo navlari sotiladigan matbuot barning muhiti ham taʼsir qilgan.

"Bir marta eslayman, Gruziyaning "Lelo" sport gazetasi bosh muharriri Tengiz Gachechiladze bilan barda oʻtirgan edik. Gaplashib oʻtirdik, ichib boʻlib tashqariga chiqdik va ikkalamizga qanchadan tushganini soʻramaganiga hayron boʻldim. Shunday boʻlib chiqdiki, men ham, u ham bir-birimiz uchun bildirmay toʻlab qoʻygan ekanmiz. Muhit ana shunday doʻstona boʻlgan", - deya xotirlaydi Timur Tadjiyevich.

 

Arxivnыe fotografii jurnalista Timura Nizayeva
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Arxivnыe fotografii jurnalista Timura Nizayeva

 

Biroq, ish paytida raqobat ham bor edi. Nizayevning soʻzlariga koʻra, avvalo belorussiyalik hamkasblar bilan raqobat boʻlgan, garchi ularning har biri oʻz mamlakati haqida yozgan. Bu raqobat ruhida emas, balki oʻz sportchilari, sport turlari, respublikalarining targʻibotiga oʻxshar edi.

"Men ham oʻz kuzatuvlarim va qarashlarimning bir nechtasini zaxirada saqlab turdim. Bu millatchilik xususiyatiga ega emasdi, aksincha bu professional hiyla edi", - deya qoʻshimcha qildi sport muxbiri.

U 25 kun sezilmay oʻtib ketganiga iqror boʻladi. Vladimir Vыsotskiyning toʻsatdan va butun mamlakatni hayratda qoldirgan dafn marosimi xotirada qoldi. Nizayev kordondan oʻta olmadi va marosimni uzoqdan kuzatdi.

Bundan tashqari, oʻn minglab mehmonlar va sportchilar, millionlab teletomoshabinlar kabi Timur Tadjiyevichning koʻnglida ham osmonga uchib ketgan Olimpiya ayiqchasi qoldi. Hammaning koʻziga, oʻzlari xohlamagan holda yosh keldi. Alohida shahardagi kommunizm sport ertagi bilan yakun topdi: ertasi kuni mehmonxonadagi xizmatchilar doimgiday mehmonlardan noliy boshladilar.

Gʻoliblar bilan uchrashuvlar va telefon orqali yangiliklar

Moskvadagi 1980 yil Oʻyinlariga oʻzbekistonlik sportchilar maksimal rekord soni bilan yetib kelishdi - 15 nafar.  Har bir sportchi uchun Nizayev ular oʻynagan sport turlarini va tarjimai holini sinchkovlik bilan oʻrganib, oldindan chizmalar tayyorlagan. "Fizkulturnik Uzbekistana" gazetasi haftada uch marta nashr etilardi, toʻrt sahifadan uchtasi Olimpiadaga bagʻishlangandi. Materiallarning deyarli barchasi nashr etilgan.

"Moskvada sodir boʻlganlarning barchasi – yorqin, koʻrkam, goʻzal boʻlgan. Har bir arenada subpress-markazlari bor edi: Krыlatskoyedagi eshkak eshish kanalida, "Bittsa" ot sporti markazida. Xotiramda ayniqsa Mыtiщi qoldi. U yerda stendli otishma boʻyicha musobaqalar oʻtkazilgan edi va unda Rustam Yambulatov kumush medalini qoʻlga kiritdi. Xuddi shu "Bittsa"da ot sporti boʻyicha umumjamoa hisobida Yuriy Kovshov chempion boʻldi. Vatandoshlarimizdan biri Sobirjon Roʻziyev kumush medal sovrindori boʻldi. U haqida bir necha bor xabarlar yozgandim. Velotrekda sirdaryolik Aleksandr Panfilov "kumush"ni qoʻlga kiritdi", - deydi suhbatdosh.

Uning soʻzlariga koʻra, eng muvaffaqiyatli intervyu Sobirjon Roʻziyev bilan boʻldi. U sportchini Moskva Oʻyinlardan ham oldin bilar edi, undan ilk intervyuni 1977 yilda olgan edi. Roʻziyev doim chet ellarda yurar edi, shuning uchun uning chiqishlarini har doim ham jonli tomosha qilish imkoni boʻlmasdi.

"Men Ittifoq davrida hech qachon tashqariga borolmaganman. Keyinchalik mustaqillik yillarida dunyo boʻylab sayohat qilishga muvaffaq boʻldim. Roʻziyevning qilichbozligini faqat Olimpiya Oʻyinlarida koʻrdim. Uning hal qiluvchi zarbani berishgacha boʻlgan quntini unutib boʻlmaydi", - deb eslaydi Timur Nizayev.

Shuningdek, chavandoz Yuriy Kovshov va oʻqchi Rustam Yambulatov bilan materiallar ham boʻlgan.

"Men bilan gaplasha olmagan yagona odam bu Larisa Pavlova boʻldi. U ayollar voleybol jamoasi tarkibida Olimpiada chempioni boʻldi. Nimagadir buning ilojisi boʻlmadi", - deya taʼkidladi jurnalist.

Musobaqalardagi ishini eslab, Nizayev bundan 40 yil oldin texnologiyalar butunlay boshqacha boʻlganini taʼkidlaydi. Toshkentga u yangiliklarni telefon orqali uzatardi, stadionlar va sport majmualarida suratga olishni, albatta, matbuotning hozirgi imkoniyatlari bilan taqqoslab boʻlmaydi.

"Pekindagi Olimpiya stadionida 36 ta kamera bor edi, Moskvada esa, adashmasam, atigi 12 ta kamera boʻlgan. Endi esa dronlardan va yirik planda suratga olishadi. Bunda sportchining his-tuygʻulari koʻrinadi, ekranda qaytarishlar namoyish etiladi. U payt esa bu kabilar haqida gap boʻlmagan ham. Texnologik siljish hayratga soladi", - deya qoʻshimcha qildi jurnalist.

Shu bilan birga, toʻrtta Oʻyinlarda qatnashgan Nizayev, aynan Olimpiada-80ni oʻzining faoliyatidagi ilk Oʻyin sifatida boshqacha qadrlaydi.

Za rabotu na sorevnovaniya samogo vыsokogo urovnya Timur Nizayev bыl udostoyen mnojestva prestijnыx nagrad i pamyatnыx medaley
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Za rabotu na sorevnovaniya samogo vыsokogo urovnya Timur Nizayev bыl udostoyen mnojestva prestijnыx nagrad i pamyatnыx medaley

"Men juda koʻp joylarda boʻldim: Osiyo oʻyinlarida ham va qolgan uchta olimpiadalarda ham. Pekinga meni bu safar Oʻzbekistondan emas, balki XOQ rahbariyati tomonidan taklif qilishdi, hatto "Sport va matbuot" nominatsiyasida mukofot ham taqdim etishdi. Hamma joy oʻz holicha ajoyib edi, lekin birinchi Oʻyinlar birinchi muhabbatga oʻxshaydi: bunday narsani unutib boʻlmaydi", - deya iqror boʻladi u.

Dunyoni sport qutqarib qoladi

Timur Tadjitovich, sportga befarq boʻlmagan koʻplab odamlar singari, koronavirus pandemiyasi tufayli Olimpiya oʻyinlarining 2021 yilga koʻchirilishi haqidagi xabarni afsus bilan qabul qildi. U bunday qatʼiy choralar tarixda beshinchi bor joriy etilayotganini esga oldi. Shu bilan birga, u sportning nafaqat xalqaro munosabatlarning madaniy-gumanitar tarkibiy qismiga, balki har qanday mamlakat iqtisodiyotiga ham qoʻshadigan ulkan hissasini esga oldi.

Sportivnыy jurnalist Timur Nizayev osveщal chetыre olimpiadы i neskolko Aziatskix igr, a takje desyatki drugix mejdunarodnыx turnirov
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Sportivnыy jurnalist Timur Nizayev osveщal chetыre olimpiadы i neskolko Aziatskix igr, a takje desyatki drugix mejdunarodnыx turnirov

"Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi prezidenti Tomas Baxning Yevropaning mehnatga layoqatli aholisining uch foizi sport sohasida bandligi va Yevropa YAIMning ikki foizi sport biznesiga toʻgʻri kelishini aytgani bejiz emas. Bu katta sonlar va u sohaning muhimligidan dalolat beradi", - deb ishonch bildiradi Nizayev.

Uning fikriga koʻra, pandemiya odatiy dunyoni oʻzgartirdi, yangi munosabatlarni oʻrnatdi. Jurnalistning fikricha, ushbu murakkab voqelikda aynan sport butun insoniyat uchun birlashtiruvchi tamoyilga aylanishi kerak.

Mavzu:
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)

Asosiy mavzular