22:47 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Analitika
Havola olish
408 0 0

Yevropa urologlar uyushmasining haqiqiy aʼzosi, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Zufar Hakimxodjayevning taʼkidlashicha, koronavirus erkaklar uchun tuyilganidan koʻra zararliroq.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, statistika shuni koʻrsatadiki, erkaklarga COVID-19 tashxisi ayollarga qaraganda 1,5 baravar koʻproq qoʻyiladi. Koronavirusdan oʻlim statistikasida ham raqamlar shunga oʻxshash.

Bu infektsiya tanaga kirishiga sabab boʻlgan erkak xromosomasi va fermentlar oʻrtasida bogʻliqlik bilan izohlanadi, deb taʼkidlaydi Hakimxodjayev.

"Testosteron darajasi kasallikning ogʻirligiga taʼsir koʻrsatishi mumkinligi dalillari mavjud. Ehtimol, aynan shuning uchun baʼzi yosh erkaklarda koronavirus uzoq vaqt davomida holsizlik, insultlar va yurak xurujlarini keltirib chiqaradi. U atipik pnevmoniyaning qoʻzgʻatuvchisi boʻlgan SARS bilan bir xil virus guruhiga kiradi, atipik pnevmoniya esa ayrim xollarda erkak jinsiy bezlaridagi yalligʻlanish jarayonlariga olib kelgan”, - dedi urolog Zufar Hakimxodjayev Sputnik Qirgʻiziston nashriga bergan intervyusida.

COVID-19ning erkaklar sogʻligʻiga taʼsiriga kelsak, koronavirus infektsiyasi bepushtlikni keltirib chiqarishini isbotlaydigan aniq tadqiqotlar hali mavjud emas.

Shu bilan birga, Hakimxodjayev ogohlantiradi: koʻpincha COVID-19ni davolashda erkaklarga testosteron darajasini pasaytiradigan dorilar taʼinlanadi. Shuning uchun sogʻlikka nihoyatda eʼtiborli boʻlish kerak va biron bir oʻzgarish kuzatilsa, urolog-andrologga murojaat qilish kerak.

Quyidagi radiopodkastda mutaxassisning toʻliq sharhini rus tilida tinglang.

Kak COVID-19 vliyayet na mujskoye zdorovye, obʼyasnil urolog iz Kыrgыzstana

Asosiy mavzular