Polkovnik Golovatuk O‘zbekistonda qurollarni sertifikatlashtirishning afzalliklari haqida

© Press-slujba Obsherossiyskoy organizatsii "OFITSERI ROSSII"Andrey Golovatuk
Andrey Golovatuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rossiya ofitserlari" Umumrossiya tashkiloti prezidiumi a’zosi, zaxiradagi polkovnik Andrey Golovatuk respublikada qurol aylanishiga qo‘shimcha cheklovlar kiritilishini qo‘llab-quvvatladi va o‘z pozitsiyasini izohlab berdi.

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi “Fuqaroviy qurol va xizmat quroli sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” qarorni qabul qildi. Unga muvofiq mamlakatda xizmat va fuqarolar qurollarini, shuningdek, o‘q-dorilar va shunga o‘xshash narsalarni sertifikatlashtirish boshlanadi. Undan tashqari, ularning davlat kadastrida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish joriy etiladi. Qurol kadastriga tig‘li sovuq qurol va uloqtirish quroli to‘g‘risidagi, yagona nusxalari O‘zbekistonga olib kiriladigan yoki mamlakatdan olib chiqiladigan qurol haqidagi ma’lumotlar kiritilmaydi.

Ushbu yangilikni izohlar ekan, "Rossiya ofitserlari" Umumrossiya tashkiloti Prezidiumi a’zosi, zaxiradagi polkovnik Andrey Golovatuk qo‘shimcha cheklovlarning kiritilishi to‘g‘ri yo‘ldagi yana bir qadam ekanligini ta’kidladi.

"Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan quroldan foydalangan holda jinoyatlar deyarli ro‘y bermaydi. Asosan yoki ro‘yxatga olinmagan yoki misol uchun, ichki ishlar idoralari, harbiy qismlardan o‘g‘irlangan qurollar, yoki chet eldan ketirilgan qurollar ishlatiladi", - dedi Golovatuk.

Shuningdek, u O‘zbekistonga Rossiyaning ushbu sohadagi tajribasini o‘rganishni maslahat berdi, chunki qurollarni legallashtirish juda nozik va murakkab masala.

To‘liq sharhni Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglang.

Polkovnik Golovatuk o polze sertifikatsii orujiya v Uzbekistane

 

Yangiliklar lentasi
0