Markaziy Osiyoda va boshqa davlatlarda yangi o‘quv yili qanday boshlanadi?

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishShkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obsheobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka
Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obsheobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus epidemiyasi hali tugagan emas. Yangi o‘quv yili boshlanadigan davr - sentabrga ham oz vaqt qolmoqda. Hozirda dunyoning turli davlatlari, shu jumladan, O‘zbekiston ham, ushbu masalaga qandaydir yechim topishga harakat qilmoqda

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi munosabati bilan xalqaro favqulodda holatni 1-avgustdan boshlab yana 3 oy muddatga uzaytirdi.

Perviy zvonok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘quv yili boshlanishining uchta ssenariysi oshkor qilindi

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi bugun ko‘plab davlatlar iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgani va davlatlar unga qarshi ayovsiz kurash olib borayotgani haqiqat.

Ammo bugun insoniyat oldida yana bir katta masala turibdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, kuni kecha, 4-avgust kuni ta’lim sohasida koronavirus tufayli yuz berayotgan tanaffuslar koinot aholisining butun boshli bir avlodi uchun katta ehtimol bilan fojiaga aylanishi mumkinligini aytdi.

"O‘quvchilarning maktabga xavfsiz qaytarilishi dunyodagi birinchi ustuvorlikka aylanishi lozim", - deya qayd etdi Guterrish BMT saytida e’lon qilingan video-murojaatda.

Nachalo uchebnogo goda v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov birinchi sinf o‘quvchilarini maktabda o‘qitishni taklif etdi

Shu tariqa, 1-sentabr - yangi o‘quv yili boshlanishining shartli sanasi deb oladigan bo‘lsak, ayni vaqtda dunyoning turli davlatlarida ta’lim kuzdan yoki hatto avgust oyidayoq start olayotganini ko‘rish mumkin.

Tojikiston: ilmni takrorlamoqda

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Tojikistonda o‘quv yili avgust oyidan boshlanadigan bo‘ldi.

Mamlakat hukumati o‘quv darslari jarayoniga halal bergan koronavirus tufayli yangi o‘quv yili boshlanishi sanasini o‘zgartirishga qaror qildi.

Perviy zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Usman Sharifxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Sharifxo‘jayev rus tili, onlayn-darslar va yangi o‘quv yili haqida

Tojikiston ilm-fan va ta’lim vaziri Maxmadusuf Imomzodaning aytishicha, Bilimlar kuni mamlakatda 17-avgustda boshlanadi va 1-sentabrga qadar maktab o‘quvchilari hamda talabalar o‘tilgan materiallarni takrorlaydilar.

Vazir, shuningdek, koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz bergan taqdirda, maktab o‘quvchilari uchun tele-darslar yo‘lga qo‘yilishini qo‘shimcha qilgan.

Qozog‘iston: internet oqsamoqda, lekin ta’lim masofaviy bo‘ladi

Qozog‘iston hukumati qaroriga ko‘ra, mamlakatdagi noxush epidemiologik vaziyat tufayli yangi o‘quv yilida ta’lim masofaviy bo‘ladi.

Nashe schastye: Shavkat Mirziyoyev poobshalsya s detmi Prezidentskoy shkoli v Xive - Sputnik O‘zbekiston
Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli bir yilga qoldirildi

Ammo ayrim o‘quvchilar uylarida internet yo‘qligi tufayli "masofadan turib" ta’lim olish imkoniyatidan mahrum. Internet muammosidan charchagan odamlar hukumatga shikoyat qilishni hozirdan boshlab yuborishgan. Mutasaddilar ushbu masalani hal etish va barcha shikoyatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishga va’da bergan.

Qozog‘iston ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi chorakda 2,6 million o‘quvchilar (internet va televidenie yordamida) masofaviy ta’lim bilan qamrab olinadi.

Toshkent va Bishkek hali o‘ylayapti

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati sal oldin yangi o‘quv yili boshlanishi borasida aniq qaror yo‘qligi, ammo uchta ssenariy tayyorlab qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.

Hozirda vazirlik jamoatchilik fikrini bilish maqsadida, hatto maxsus so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

"Farzandingizni pandemiya vaqtida maktabga yuborishga tayyormisiz?", degan savol aks etgan so‘rovda qatnashgan respondentlarning aksariyati "Yo‘q, men uchun farzandimning sog‘lig‘i muhim, onlayn darslarda unga yordam berishga tayyorman", degan javobni tanlaganini ko‘rish mumkin.

Nachalo uchebnogo goda v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov birinchi sinf o‘quvchilarini maktabda o‘qitishni taklif etdi

Ammo bu yerda ham ota, ham ona ishlaydigan oilalar, qolaversa, birinchi sinf o‘quvchisi bilim olishi uchun eng yaxshi chora - bu maktabda o‘tiladigan dars singari omillar inobatga olingan holda, ushbu masalaga umumiy yechim topishlariga umid bor. 

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ilgariroq pandemiya sharoitida ham birinchi sinf o‘quvchilarini maktabda o‘qitish kerakligi haqida fikr bildirgan edi.

Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra, bu borada avgust oyi o‘rtalarida bir qarorga kelinishi ma’lum qilingan.

Jahonda nima gap?

Dunyoning boshqa davlatlarida ham hukumat rahbarlari BMT bosh kotibi Guterrishning "Oldimizda butun boshli avlod fojiasi turibdi, u tufayli ochilmagan inson salohiyati yo‘qolishi va buning oqibatida so‘nggi o‘n yillikda erishilgan taraqqiyotga putur yetib, ildiz otgan notenglik yanada kuchayishi mumkin", degan so‘zlarini chuqur tahlil qilgan holda ushbu murakkab masalaga yechim topmoqdalar.

Logotip Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi samarali dori vositasi paydo bo‘lmasligi ham mumkin - BSST rahbari

Xususan, Belgiya, Vengriya, Irlandiya, Polsha maktab o‘quvchilari rossiyalik tengdoshlari bilan bir qatorda 1-sentabr kuni maktabga yo‘l olishadi. Ammo Shvetsiya va Finlyandiyada bolakaylarni 15-avgustdan o‘qitish haqida qaror qabul qilingan.

Germaniya va AQShda bu masala aniq maktab yoki aholi yashaydigan punkt doirasida hal etiladi. Sababi, bu mamlakatlarda nafaqat har bir maktab, balki provinsiya yoki o‘quv okrugining o‘zining alohida o‘quv rejalari mavjud.

Albatta, yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili ko‘plab davlatlarning o‘quv tizimlarini: maktabni qachon va qay tartibda boshlash yoki masofaviy ta’limni qoldirish kerakdir, singari murakkab tanlovda murakkab qaror qabul qilishga majbur etmoqda.

Bu masalada har bir davlat o‘zidagi sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘quv modelini qabul qilishi ham turgan gap.

Har qanday holatda ham, ota-onalar qalbidagi qo‘rquvlarga qarshi umidbaxsh statistika mavjud: maktablar ishlab turgan mamlakatlarda o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari orasida koronavirusga chalinganlik darajasi o‘ta past.

Yangiliklar lentasi
0