18:49 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Analitika
Havola olish
763 0 0

Amerikaliklar Rossiya dunyo boʻylab yuritadigan "soxta axborot kampaniyasi" taktik qoplamini fosh etdi. Rostini aytganda, Davlat departamentining ushbu harakatlari amerika ahliga soxta axborotni "yedirish" va bir vaqtning oʻzida hukumatdan moʻmay pul undirishga qaratilgan

Syurpriz ustiga syurpriz

Shu kunlarda AQSH Davlat departamenti qoshidagi Global hamkorlik markazi "Rossiya propagandasi va dezinformatsiya ekotizimi asoslari" haqida hisobotni eʼlon qildi. Asar mualliflari oʻz oldiga Rossiya taktik harakatlarini fosh qilishni maqsad qilib olgan, "toki bizning sheriklarimiz, ittifoqdosh hukumatlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, olimlar, matbuot va butun dunyo boʻylab jamoatchilik qoʻshimcha tahlillarni oʻtkazib, dezinformatsiya va propagandaga kollektiv javobni kuchaytirishsin", deya tushuntiradi ular.

Bir qarashda, hammasi puxta amalga oshirilgandek - 75 sahifalik matn, 313 ta havolalar, grafika va jadvallar. Men bu tadqiqotni erinmasdan gʻijjalab oʻqib chiqdim.

U chindan ham progressiv edi. Misol uchun, hisobotda, Rossiya hukumati OAVni oʻz pozitsiyasini targʻib qilishda foydalanishga urinishi haqida hikoya qilingan (!) – shubhasiz, bu Kremlning dohiyona kashfiyoti va boshqa davlatlar ham shunday yoʻl tutishni oʻrganishlari lozim.

Yana bir "kashfiyot" ga koʻra, Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari (masalan, oʻsha "Zvezda") tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlar boshqa bir qator nashrlar tomonidan koʻchiriladi va shundan soʻng internet tarmogʻida yoyilib ketadi. Aftidan, mualliflar Internet tarmogʻining oʻziga xos xususiyatlari va axborot uzatishning hozirgi muhitini (bunda axborotni tahlil qilish yoki tekshirish kerak emas, balki yangiliklarni tezkor joylashtirish va prosmotrlar (koʻrilganlik miqdori) yigʻish kerak) oʻzlari uchun endi kashf qila boshlaganlar .

Hisobotda keltirilgan Rossiyaning asosiy OAVlari va ularning egalari borasida berilgan taʼriflar ham har qanday tahlilchi uchun bebaho ahamiyatga ega - nega desangiz, bundan kelib chiqyaptiki, davlatparast kanallar, nashrlar va Internet saytlarini davlatparast mafkurani yoqlaydigan odamlar boshqaradi. Ana, xolos!

Bundan tashqari, "rus targʻiboti ekotizimi"dagi ingliz tilidagi unsurlarda Gʻarb tashqi siyosiy strategiyasi nuqsonlari yuzasidan Rossiya nuqtai-nazarini yoqlaydigan chet ellik mualliflar ham oʻz maqolalari bilan chiqib turishlarini bilib, hayron boʻldim. Axir bu gʻaroyib-ku!

Va nihoyat, tadqiqotchilar uchun dokladdagi markaziy gʻoya muhim ahamiyat kasb etadi: Moskvaning dunyodagi muammolarga nisbatan har qanday qarashi va ushbu pozitsiyaning har qanday chop etilishi soʻz erkinligi emas, balki xudojoʻy Gʻarb aholisining ongini xiralashtiradigan rus propagandasi va yolgʻonining ashaddiy namunasi hisoblanadi.

Albatta, aynan shu fikrning oʻziyoq hisobotning ilmiy qiymatini tushiradi, deb aytish mumkin edi - ammo hisobot hatto shu qiymatga ham shunchaki ega emas.

Mohiyatan olib qaraganda bu 75 sahifaning hammasi - ong oqimi va oddiy narsalarning sanab oʻtilishidan boshqa narsamas. Uni chop etishdan maqsad ham ustki qoplamni fosh qilish emas, balki davlat kotibi Mayk Pompeoning Global hamkorlik markazi moliyalashtirilishini ikki karra oshirish boʻyicha iltimosini moddiy jihatdan mustahkamlash edi. Bunda esa Rossiya va boshqa davlatlar tomonidan boʻlayotgan dezinformatsiyaga qarshi kurashdan yaxshiroq bahona yoʻq.

Baxt pulda

Shu bois, Rossiya siyosatchilari va ekspertlarining ushbu hisobotga masxara va jirkanishnamo munosabatiga ajablanmasa ham boʻladi. Hisobotda keltirilgan dalillar jiddiy qabul qilinmadi, aksincha, navbatdagi rusofobik pisanina, deya izohlandi. Shu bilan birga, doklad mualliflari uni nashr etish uchun yetarli asoslarga ega ekanligi ham qayd etildi.

Masalan, rossiyalik deputat Sergey Jeleznyak shunday deydi: "Davlat departamentidagi rusofoblarning doklad koʻrinishidagi Rossiyaga qarshi alahsirashining yangi portsiyasi amerikalik siyosatchilar mamlakat ichi va butun dunyoda sodir boʻlayotgan voqealarga muqobil qarashlardan qanchalik vahimaga tushishlarini yaqqol namoyon etadi". Gʻarbdagi eng yirik OAVlar bilan taqqoslaganda RT va Sputnikning puli kamroq - ammo ular oʻsha alternativ (muqobil) pozitsiyaga ega.

Kimgadir hanuzga qadar Gʻarbda soʻz erkinligi bordek koʻrinishi mumkin, ammo bu undaymas. (Avvalo mafkuraviy xarakterdagi) qator masalalarga koʻra, amerika OAVlari sovet gazetalarini eslatadi - ular yagona, siyosiy jihatdan toʻgʻri nuqtai-nazarni translyatsiya qiladi.

Va ayniqsa - AQShda qora tanlilar va soʻllar tomonidan uyushtiriladigan tartibsizliklar, amerika tarixiy merosi yoʻq qilinishining toʻgʻriligi, aybsizlik prezumptsiyasiga nisbatan bepisandlik (qator taniqli shaxslarning xarrasmentda (boshqa yoki oʻz jinsi vakillariga nisbatan xiralik qilishda) ayblanib, taʼqibga  olinishlarini eslaylik), shuningdek, Rossiyani shafqatsizlarcha qoralash aks etgan bunday nuqtai-nazar Gʻarb oʻquvchilarining meʼdasiga tega boshladi. Ular alternativ nuqtai nazarni izlashmoqda - va bunday qarashlarni Rossiyaning ingliz tilidagi OAVlarida topmoqdalar.

Va bu AQSH uchun allaqachon jiddiy muammodir, chunki jahon axborot sohasi ustidan nazorat oʻrnatish Amerika hukmronligining asosidir.

Shuning uchun, Rossiya Tashqi ishlar vazirligida taʼkidlanganidek, "Vashington oʻz nuqtai nazariga boʻlgan muqobil pozitsiyalarni tarqatadigan har qanday maʼlumot manbalarini tanqid qiladi, amerikancha yondoshuv va koʻrsatmalarga zid boʻlgan har qanday ovozni oʻchirishga harakat qiladi". Tanqid yordam bermasa, sanktsiyalar kiritadi (xitoyning TikToki kabi), ularni reyderlik texnologiyalari orqali qoʻlga olishga urinadi.

Bunday taʼqiblar aslida AQShning geosiyosiy imkoniyatlarini zaiflashtiradi. Masalan, Rossiyadan Xitoyni jilovlab turishda, shuningdek, boshqa global muammolarni hal qilishda foydalanishda. Tobora koʻproq amerika ekspertlari Vashingtonni Moskva bilan muloqotga pragmatikroq yondashishga chaqirmoqda.

Bunga 103 nafar amerikalik koʻzga koʻringan ekspertlar, shu jumladan sobiq diplomatlar va siyosatchilarning Politiko nashrida chop etilgan ochiq maktubini misol keltirish mumkin.

"Ammo okean ortidagi opponentlarning Global hamkorlik markazining hisoboti singari hujjati bilan faqat bir maqsadga erishish mumkin - global muammolar boʻyicha Rossiya-Amerika muloqotiga tamomila rahna solish va mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ishonchsizlik inqirozini bartaraf etish imkoniyatini uzoq yillarga istisno qilish",  - deydi Jeleznyak.

Asosiy mavzular