19:06 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Analitika
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)
102220

Afgʻoniston uchun yangi tinchlikka erishish oson kechmayapti. Amerikaliklarsiz, janglar va terrorchilik aktlari bilan roʻy bermoqda bu. Bu tinchlik yangi qurolli mojarolar manbaiga aylanish va mintaqadagi qoʻshnilarning tinch hayotiga rahna solish bilan tahdid qilmoqda

Afgʻonistondagi real holat tinchlik bitimi haqidagi deklaratsiyalarga mos emas. AQSH bilan ushbu bitimni imzolaganidan keyingi besh oy vaqt davomida "Tolibon"* Qobul bilan oʻt ochishni toʻxtatish borasida kelishuvlarga erisha olmadi. Jangarilar yangi aholi punktlarini oʻz nazoratiga olishga urinmoqda, qator provintsiyalardagi armiya va politsiya blokpostlariga, harbiy baza va politsiya boʻlinmalariga tez-tez hujum uyushtirmoqda. Avgust oyi boshida 37 nafar harbiy xizmatchi va politsiyachilar, 61 jangari va 43 nafar tinch aholi halok boʻlishdi.

Shimoliy Bogʻlan provintsiyasida 5 avgust kuni yoʻlga yaqin joydagi mina portlashi oqibatida 12 kishi halok boʻldi. Bir kun oʻtgach, Bogʻlan-Samangan shossesida toliblar ikkita benzovozni yoqib yubordi, yettitasini egallab oldi va ichidagi yoqilgʻisini Puli-Xumrida litrini 20 afgʻoniydan pulladi. Bu "biznesga" hatto bir vaqtning oʻzida afgʻon xavfsizlik kuchlariga qarshi olib borilayotgan va faqatgina Qandahor hamda Gʻaznida muvaffaqiyatga erishilgan janglar ham halal bera olmadi.

"ID" jangarilari ham "ikkinchi nafas" ochilganini his qildilar – Jaloloboddagi qamoqxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida (sharqiy Nangarxar provintsiyasi) 2 avgust kuni 29 kishi halok boʻldi (10 terrorchi shular jumlasidan) 800 nafar mahbuslar - ID aʼzolari, toliblar va oddiy jinoyatchilar qochib ketdi.

Tinchlik sari qoʻyilayotgan qadamlar juda kichik. Afgʻonistondagi hibsga olingan va asirdagi kuch tizimlari vakillari oʻrtasida kechgan murakkab va turlicha sharh berish mumkin boʻlgan oʻzaro almashuv deyarli yakunlandi. Ozod etilgan xavfsizlik kuchlari vakillarining umumiy soni 1005 kishiga yetdi, qamoqxonalardan 4750dan ziyod toliblar qoʻyib yuborildi. Ozodlikka chiqarilgan jangarilar jangovar harakatlarga qaytmaslik haqida majburiyatga imzo chekkan edi, ammo aksariyati bergan vaʼdasini buzdi va yana qoʻliga qurol oldi.

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani toliblar roʻyxatidagi 400 ta eng ashaddiy terrorchilarni qamoqlardan ozod etishdan bosh tortdi va bu muammoni xalq bilan muhokama qilishni taklif qildi. Ammo "Tolibon" harakati 5 avgust kuni hukumatning Loyya Jirgi (xalq vakillari yigʻini)ni oʻtkazish qaroriga qarshi chiqdi. Goʻyoki bu yigʻin huquqiy maqomga ega emas va "okkupatsiya tugaganidan soʻng" afgʻon xalqini taqdim etolmaydi. Shu tariqa, toliblar oʻzini mamlakat konstitutsiyasi va jinoyat kodeksidan ustun qoʻyib, soʻnggi instantsiyadagi haqiqatga daʼvo qilmoqdalar, Kobuldagi "kollaboratsion" hukumatning noqonuniyligini taʼkidlamoqdalar. AQSH esa bularning barchasiga "qoʻlni yuvib, qoʻltiqqa artgan".

Qaynoq shimol

Afgʻoniston shimoli notinch. Tojikiston va Oʻzbekistonga tutash shimoliy provintsiya boʻlgan Balx iyul oyi oxirida hukumat kuchlari va toliblar oʻrtasida jangovar harakatlarning avj olishi sababli eng xavfli hududga aylandi. Afgʻonlararo noaniq ichki jarayonlar fonida Dushanbe afgʻon-tojik chegarasidagi vaziyat keskin tus olganini qayd etmoqda. Bu yerga oʻnlab, shu jumladan, tojikistonlik jangarilar toʻplanmoqda.

Prezident Emomali Raxmon hatto Togʻli-Badaxshon avtonom viloyatidagi chegara hududini mustahkamlash topshirigʻini berdi. Tojikiston sherik-davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tojik-afgʻon chegarasidagi xavfsizlik masalalarini muntazam muhokama qiladi.

Voqealar mantigʻi shundan iboratki, bordi-yu gʻalaba toliblar tomonida boʻladigan boʻlsa - AQSH bilan kelishuv shartlariga binoan - qoʻshni Markaziy Osiyo davlatlaridan boʻlgan jangarilar Afgʻonistondan chiqarib yuborilishi mumkin. Tayyorgarlikdan oʻtgan yuzlab jangarilarning Tojikiston va Oʻzbekistonga qaytishi vaziyatni radikallashtirishi va izdan chiqarishi mumkin. Bu singari stsenariylarni faqatgina hamkorlikdagi urinishlar bilan, ODKB (KXSHT) va Rossiyani jalb etgan holda toʻxtatish mumkin boʻladi. Xoʻsh, keyin-chi?

"Tolibon" dastavval xalq irodasi mahsuli emasligi, balki Pokistonning ochiq konfiguratsiya loyihasi ekanligini va u Tojikiston, Oʻzbekiston va boshqa qoʻshni davlatlar hududlariga "Markaziy Osiyo bahori" ni translyatsiya qilishi mumkinligini tushunish muhimdir. "Tolibon" tashqi oʻyinchilar uchun urush va qirgʻin uchun qulay vositadir. "Tolibon" jangarilari - tashqi oʻyinchilari uchun qulay urush va buzish vositasidir. Tarkibi va qarashlari jihatdan ushbu rang-barang terroristik uyushmaning xalqaro maʼnoda qonuniylashtirilishi oʻta xavfli.

Hatto "Tolibon"ning Qoʻshma Shtatlar tomonidan maʼqullangan ikkinchi bor hokimiyatga kelishi ham afgʻon xalqi va qoʻshni davlatlar uchun - diniy ekstremizmdan tortib, narkotrafik va qurollangan terrorizmgacha boʻlgan maʼnoda (bu uyushma asosidir) doimiy tahdid manbai boʻlib qoladi.

Voyennoslujaщiye armii SSHA v Afganistane
© Flickr / Program Executive Office Soldier

32 million aholi uchun Afgʻonistonning "tolibonlashtirilishi": dunyoviy ilm va madaniyat, televideniye va kinoteatrlarning taʼqiqlanishi, aksariyat maktablar va universitetlarning yopilishi, konstitutsiyaning shariat sudlariga almashtirilishi, ayollarning ijtimoiy hayotdan chegaralanishi, oʻrta asrlarga xos boʻlgan ommaviy qatl va yoʻl qoʻyilgan kichik bir tartibsizlik uchun qoʻl-oyoqlar amputatsiyasining keng joriy etilishi demakdir (1996 yilda toliblar hokimiyatni qoʻlga olganida xuddi shunday boʻlgan).

Yovuzlik maskani

Umuman olganda, "Toliban" oʻz gʻalabasida shubhalangan emas, va qonuniy afgʻon hukumatini "tozalab tashlashga" tayyor. Toliblar yetakchisi Mavlavi Xibatulla Oxundzoda oʻtgan haftada: "Bizning jihodimiz bosqinchilikni tugatish va Afgʻonistonda sof islomiy hukumatni yaratish uchun boʻlgan va shunday boʻlib qoladi", deya qayt etdi. Shu bois, AQSH va xalqaro hamjamiyat "muammolar yaratishda davom etishni bas qilishlari" shart.

Oʻta dagʻal bayonot bu. Ammo agar muammolarga nazar soladigan boʻlsak, bugungi kunda toliblar hukmronligi ostida 15 millionga yaqin kishi yashab kelmoqda, bu Afgʻoniston aholisining deyarli teng yarmiga teng. Bu odamlar ertalab uylarini tark etayotganlarida, tirik qaytish-qaytmasliklarini bilmaydilar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi (UNODC) maʼlumotlariga koʻra, 2017 yilda Afgʻonistonda afyun ishlab chiqarish 87 %ga oshdi va toʻqqiz ming tonnani tashkil qildi, Amerika harbiy kuchlari mavjud boʻlgan davrda esa giyohvand xom-ashyo ishlab chiqarishi 40 baravar ortdi, afgʻon opiumi kontrabandasining yillik hajmi 3 milliard dollarga baholanadi.

 

Bularning barchasiga qaramay, "Tolibon" mafkurasi, rejasi va dasturlarini baham koʻrmasdan turib, qanday qilib toliblar bilan tinchlikka erishish mumkin? Avvalroq, Sputnik agentligiga bergan intervyusida, Afgʻoniston Senati raisining birinchi oʻrinbosari Muhammad Alam Isidyor: "Afgʻon xalqi uchun Afgʻonistonda toliblar - bu terrorchi uyushma ekanligini tushunish juda muhim. Va biz uchun toliblarning istalgan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi nomaʼqbuldir... Biz uchun "Tolibon" va "Islom davlati" terroristik uyushmalari oʻrtasida qandaydir muhim farq yoʻq. 

Nufuzli afgʻon siyosatdori va mujohidlar harakati faxriysi Izidyor shuningdek, "Tolibon"ni bevosita yoki bilvosita qoʻllab-quvvatlash notinchlik Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarga koʻchishi uchun zamin yaratishini taʼkidladi.

Voyennoslujaщiye na baze NATO
© Flickr / ResoluteSupportMedia

Aql-idrok bilan berilgan baho bu. Afgʻonistonda hech narsa oʻzgargan emas. Amerika oʻzining terrorchilar bilan kechgan uzoq yillik jangovar harakatlari rejasini Pentagon boʻlinmalarining tezkor va xavfsiz evakuatsiyasiga (dunyoni suv bossa - oʻrdakka ne gʻam qabilida) transformatsiya qildi, xolos. Yaqinda AQSH Afgʻonistonning Gilmend, Uruzgʻon, Paktika va Lagman provintsiyalarida yana beshta harbiy bazasini yopdi. Afgʻonistondagi amerika qoʻshinlari soni tez fursatda 4 ming kishigacha qisqaradi va 2021 yilning may oyida birorta askar qolmaydi. Endi prezident Donald Tramp administratsiyasi, Davlat kotibi Maykl Pompeoning soʻzlariga koʻra, Afgʻonistondagi vaziyatni normallashtirish uchun Kreml koʻmagiga muhtoj. Biroq, istiqbolda normallashuv yuz berishi dargumon.

Rossiya Afgʻonistonning terrorizm va narkotiklardan holi boʻlgan tinch, barqaror, mustaqil va iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlat sifatida shakllanishiga koʻmaklashish siyosatini izchillik bilan olib bormoqda. Toliblar harakatlariga nisbatan tanqidiy qarashlarning yoʻqligi RF va KXSHTga aʼzo boshqa mamlakatlarning afgʻon yoʻnalishidagi harakatlari uchun toʻsiq  boʻlmoqda. Hatto Afgʻoniston TIV rahbari Hanif Atmar kecha: "Biz erta bosqichda yarashuv toʻgʻrisida oʻylashimiz va oʻshanda toliblarga munosib imkoniyat berishimiz kerak edi... Biz ularga yarashuvning munosib variantini taklif eta olmadik va ular Afgʻonistonni tark etishlarini talab qildik. Bu yomon siyosat edi", deya "gunohkorona" bayonot qildi (ehtimol, Hanif Atmar "sof" hukumatdan oʻrin olishni rejalashtirmoqda).

Ammo shu bilan birga, KXSHTning "Tolibon"ga nisbatan aksariyat daʼvolari hech qayerga yoʻqolgan emas. Harakat qonuniy hukumatga qarshi qurolli zoʻravonlikni eʼtiqod qiladi, "Al-Qoida"* bilan simbiozni yoʻqotmaydi, giyohvand moddalar savdosidan foydalanadi va bu roʻyxatning boshlanishidir.

 

* – RF va qator boshqa davlatlarda taʼqiqlangan terroristik uyushma.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)

Asosiy mavzular