22:24 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
1073 0 0

Jo Baydenda muammolar paydo boʻldi: okean orti OAVlari tayanayotgan Amerika maxsus xizmatlaridagi manbalarga koʻra, uni obroʻsizlantirish bilan Rossiya shugʻullanmoqda.

Agar bu nazariyadan kelib chiqadigan boʻlsak, Baydenning shtabi Moskvadagi raqiblar katta yutuqlarga erishganliklarini tan olishga majbur boʻladi.

Hozirda yangiliklar lentasi Bayden oʻziga vitse-prezidentlikka nomzod sifatida qora tanli senator Kamala Xarrisni tanlagani haqida xabarlarga toʻla. Ehtimol, Baydenni shu qadamni tashlashga majbur qilishgan.

Gap shundaki, yaqinda yirik sotsiologik kompaniyalar tomonidan oʻtkazilgan ikki soʻrov natijalariga koʻra, Bayden va Tramp tarafdorlari oʻrtasidagi oldingi tafovut toʻsatdan erib, odatiy statistik xatolardan farqlanmaydigan darajaga tushdi.

Breitbart xabar qiladi: "Chorshanba kuni eʼlon qilingan Hill-HarrisX soʻrov natijalari Trampning 40 foizidan farqli oʻlaroq, Bayden 43 foiz toʻplaganini koʻrsatdi. Xuddi shu kuni eʼlon qilingan Rasmussen Reports soʻrovi natijalari (Trampning) 45 foiz ovoziga qarshi Bayden 48 foiz ovoz olganini koʻrsatdi. Ikkala soʻrovda ham Bayden koʻrsatkichlari odatiy statistik nuqsonlardan biroz oshganligi koʻrinib turibdi".

Bir oy oldin, Amerika axborot maydonida Tramp raqibidan 10-12 foiz ortda qolayotganini koʻrsatgan soʻrovlar faol muhokama qilingandi. Agar shunday davom etsa, demokratlar nomzodi shtabi alami ichida qolgan tarafdorlariga Amerika saylovlariga bu kabi shafqatsiz aralashgan rus agentlarining ismlari, joylashuv joyi va familiyalari roʻyxatini zudlik bilan taqdim etishiga toʻgʻri keladi. Bu, ehtimol, amalga oshirilar ham, lekin agar haqiqiy saylovchilar kayfiyatlarini afsonaviy rus aralashuvi bilan bogʻlab koʻrsak, juda kulgili manzara namoyon boʻladi.

Bir tomondan, Baydenning reytingini Chikago va Nyu-Yorkdagi tartibsizliklar bilan bogʻliq vaziyat ezmoqda. Misol uchun, Chikagoda oʻtkazilgan ijtimoiy adolat uchun kurashning eng soʻnggi misoli quyidagicha: "Chikago politsiyasi dushanba kuni erta tongda Chikagoning Magnificent Mile savdo hududida va shaharning boshqa qismlarida yuzlab odamlar oynalarini sindirib, doʻkonlarni talon-taroj qilib, politsiya bilan toʻqnashuvlarda qatnashganidan soʻng 100 kishi hibsga olingani va 13 nafar politsiya xodimi jarohatlangani haqida xabar berdi", - deya xabar beradi USA Today gazetasi.

Chikago va Nyu-York shahar merlari prezidentning ommaviy tartibsizliklarni bostirish uchun federal kuch tuzilmalaridan foydalanilishiga qarshi chiqayotgani va vandalizm va ommaviy talonchiliklarni “tinch namoyishlar” deb atab, ularga qarshi kurash uchun hech boʻlmaganda qandaydir qatʼiy choralar koʻrishni rad etayotgan taniqli demokratlar ekanligini hisobga olgan holda, elektoratning salbiy reaktsiyasi Trampning reytingini oshishiga va Bayden reytingining pasayishiga aylanmoqda. Muammo shu qadar jiddiyki, u nafaqat ijimoiy  soʻrovlarda, balki real voqelikda ham oʻz aksini topmoqda: Nyu-Yorkdan soliq toʻlovchilar tom maʼnoda qochib ketmoqdalar (shahardan koʻchirish bilan shugʻullanadigan kompaniyalar xizmatlarining narxlari osmonga koʻtarilib ketdi) va mer (oʻzi ham demokrat va Bayden tarafdori) isyonchilardan himoyani emas, balki ularga oʻz hisobidan ichimlik vaʼda qilib, qaytib kelishlarini oʻtinib soʻramoqda.

Toʻgʻri, tartibsizliklar va talonchiliklardan aziyat chekayotgan shahar va shtatlarning merlari va gubernatorlarini Kreml foydasiga ishlayotganliklariga daʼvo qilsa boʻladi, ammo ularning partiyaviy mansubligini hisobga olgan holda, bu ish berishi dargumon. Rossiyani Chikagoga doʻkonlarini talon-taroj qilgani provokatorlarni joʻnatganlikda ayblashga urinib koʻrsa boʻladi (bu hech qanagasiga merning beparvoligiga sabab boʻla olmaydi), ammo hibsga olingan Chikagolik qaroqchilarning terisi rangi hisobga olinsa, ularning kelib chiqishi Rossiyadan ekanligi haqidagi versiyasi juda shubhali koʻrinadi.

Baydenning reytingi bilan bogʻliq muammolarning boshqa manbai uning sogʻligʻidir. Yaqinda Rasmussen Reports oʻtkazgan soʻrov natijalariga koʻra, "AQSH saylovchilarining 59 foizi vitse-prezident (Bayden bilan birga saylovda qatnashadigan - tahr.) bu kuzda gʻalaba qozonsa, oʻzining toʻrt yillik vakolat muddati tugashidan oldinoq prezident boʻlishiga ishonadi, shu bilan birga  39 foizning bunga ishonchi komil".

Qoʻpol qilib aytganda, boʻlajak saylovlarda ovoz bermoqchi boʻlgan amerikalik saylovchilarning aksariyati Djo Baydenni siyosiy jihatdan emas, balki  biologik jihatdan tirik murda deb atashadi,  va bu uning reytingiga bosim oʻtkazmay qoʻymaydi, va saylovchilarning hammasi ham Oq uyga deyarli katafalkda kirib borishi va oʻz lavozimini vitse-prezidentga meros sifatida qoldirishi mumkin boʻlgan  nomzodga ovoz berishga tayyor emas.

Baydenning oʻzi yaqin kelajakda vitse-prezidentlikka nomzodini taqdim etishni vaʼda qildi va bu (zamonaviy siyosiy moda ruhida) albatta latofatli ayol boʻlishini taʼkidladi. Ushbu koʻlamli qadamni uning koʻplab tarafdorlari dastlab rejalashtirilganidan ham kengroq talqin qilishdi va natijada Demokratik partiya elektoratining eng radikal qismi bu nafaqat shunchaki ayol, balki irqiy ozchilikning vakili boʻlishiga ishonch hosil qilishdi.

Ammo Baydenning siyosiy texnologlari, ehtimol, saylovchilar qora tanli ayolni deyarli prezidenti sifatida faqatgina irqiy va jinsiy xususiyatlari tufayli saylashga tayyor emaslar deb taxmin qilishdi va matbuotga ehtimoliy vitse-prezident boʻlishi mumkin boʻlgan oq tanli ayol – Michigan shtati gubernatori shtabga kelib-ketgani haqida xabarlar tarqatildi. Bunga munosabat oʻzini koʻp ham kuttirmadi: "Dam olish kunlari Michigan gubernatori Gretxen Uitmer, oq tanli ayol, Bayden bilan vitse-prezidentlikni muhokama qilish uchun uchib kelgani haqida xabar paydo boʻlganidan keyin, qora tanli ayol-demokratlar, shu jumladan, ayol yashaydigan shtatning ayrim yashovchilari tushkunlik va umidsizlikka tushishdi", deb xabar beradi Politico.

Va endi - qora tanli faollar bosimi ostida va toʻkilayotgan reytingdan qoʻrqib, tanlov oʻzgartirildi va Bayden Kaliforniya sobiq bosh prokuror Kamala Xarrisning sherigi va ehtimol vorisi deb eʼlon qildi.

... Ushbu janjalning tashkilotchilariga Baydenning reytingini zil keltirganligi uchun medal bilan taqdirlasa ham boʻlar edi, ammo bir lekini bor: demokratlar nomzodning yoshi Rossiya maxsus xizmatlarining provokatsiyasi emas, uning vitse-prezidentlikka nomzodni tanlashi atrofidagi PR-halokatni esa oʻz siyosiy texnologlari uyushtirgan, va ulardan hech biriga Rossiya agenti tamgʻasini bosib boʻlmaydi.

Bundan kelib chiqmoqdaki, bizning okean orti hamkorlarimiz eski, sinahta taktikalarga murojaat qilishlari hamda amerika ijtimoiy tarmoqlarida millionlab amerikaliklarni aqldan ozdirib, elektoral preferentsiyalarni oʻzgartirib yuborayotgan afsonaviy rus trollari haqida uydirmalarni oʻylab topishlariga toʻgʻri keladi. Taqdirning qaltis hazili shundaki, bu ayblovlarning ilgari surilishi Baydeng reytingiga yanada koʻproq bosim oʻtkazadi: amerikalik saylovchilar, oʻz nuqsonlariga qaramay, ularni ahmoq, deb oʻylashlarini yoqtirishmaydi.

Asosiy mavzular