21:50 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Analitika
Havola olish
135 0 0

Nom oʻzgarishi, MDH talabalari uchun kvotalar koʻpaytirilishi va taniqli artistlar bilan hamkorlik – bu agentlik yangi strategiyasining kichik bir qismi, xolos.

TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Danara Kurmanova. Joriy yil iyun oyi oxirida Davlat dumasi deputati va telejurnalist Yevgeniy Primakov “Rossotrudnichestvo” agentligi rahbari etib tayinlangani maʼlum boʻldi.

Lavozimga tayinlanganning birinchi kuniyoq Primakov OAVga endi idorani “katta oʻzgarishlar” kutayotganini maʼlum qilgan edi. Ammo tafsilotlarni ochiqlamagan edi. 11 avgust kuni u oʻzining onlayn maʼruzasi vaqtida ushbu oʻzgarishlar borasida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Sputnik agentligi yangi dasturining eng muhim tafsilotlarini haqida hikoya qiladi.

Hech qanday yumshoq kuch yoʻq

Avvalo “Rossotrudnichestvo” yangi rahbari agentlik hamkorlariga “yumshoq” kuch terminidan voz kechishni taklif qildi, chunki uning tan olishicha, bunga toqat qilolmaydi.

“Bu allaqanday tushunarsiz va biz tomondan oʻylab topilmagan”, - dedi Yevgeniy Primakov maʼruza boshida. Va tushuntirishga kirishdi: “Rossotrudnichestvo” maqsadi avvaldan kuch qoʻllashdan emas, balki xalqaro qulaylik va osoyishtalikni taʼminlashdan iborat boʻlgan. Madaniyat va taʼlim dasturlari orqali agentlik Rossiyaning oʻzi uchun ham, hamkor davlatlar uchun ham rivojlanish uchun qulay sharoitlar yaratadi".

Rejalar ulkan: Primakovning soʻzlariga koʻra, “Rossotrudnichestvo” gumanitar xizmat gʻoyasidan ham yiroqlashadi. “Bu eski kontsept, - deya qarorini tushuntirdi u. – Biz gumanitar xizmatdan tinchlikni saqlashga yordam beruvchi gumanitar taʼsirga oʻtishimiz kerak”.

Shunga oʻxshash taʼsir misoli tariqasida Bayrutdagi fojiani keltirdi. Agentlik jabrlanganlarga yordam berish uchun shifokorlarni yuborishda ilk marotaba ishtirok etgan. Primakov ushbu aktsiya ramziy maʼnoga ega ekanligi aytdi va qoʻshimcha qildi: aynan shunday tadbirlar xorijda Rossiyaga yanada doʻstona munosabatda boʻlishiga koʻmaklashadi. Ular agentlik faoliyatida hech qanday kuch yoʻqligini koʻrsatadi, birdamlik sari intilish, xolos.

Non-stop rejimidagi ish

Ochiq maʼruza oʻtkazishdan avval Yevgeniy Primakov bir oycha “Rossotrudnichestvo” ishini oʻrgangan va shunday xulosaga kelgan: agentlikdagi islohotlarni rus klublari tarmoqlaridan boshlash zarur.

“Ular tadbirdan tadbirgacha emas, balki doimiy ravishda ishlashlari darkor, - dedi Primakov. – Bu ishtirokchilar xohlagan paytida kela oladigan, bir-biri bilan suhbatlashadigan, kitob oʻqiydigan aynan klub tizimi boʻlishi kerak. Axir bu markazlar chet elda Rossiya bilan muloqot qilishda muhtoj boʻlganlar uchun ishlaydi”.

Primakovning fikricha, har bir klub nafaqat yoshlarga, balki katta yoshdagilarga moʻljallangan boʻlishi kerak. Chunki xorijda SSSRda tugʻilganlar, nafaqa yoshiga yetib qolgan kam emas. Shu bilan birga, har bir toifadagilar uchun invidivual faollik talab etiladi.

“Bizga mehmonlarni choy bilan siylab, xoʻja koʻrsin uchun tadbirlar formati kerak emas, - dedi Yevgeniy Primakov va agentlik xodimlarini “Rus musiqasi kuni” yoki “Rus chuchvarasi bayrami” uslubidagi gʻoyalardan maksimal uzoqlashishga chaqirdi”.

Ammo rus klublarining ish rejimidagi oʻzgarishda bir muammo bor: koʻp rus markazlari Rossiya elchixonasi binosida joylashgan va u yerga shunchaki kirish mumkin emas. “Shu bois hozir yangi tizimni yoʻlga qoʻyish mumkin boʻlgan markazlardan ishni boshlaymiz”, - dedi Primakov.

Yulduzlar koʻmagi

“Rossotrudnichestvo”ga tegishli talablarga muvofiq ishlaydigan prodyuserlik kerak boʻladi. Agentlikning asosiy tinglovchilari yoshlar sanaladi, yoshlarga pop-madaniyat qiziq: zamonaviy musiqa, kitob, film va seriallar. Bularning barchasi orqali boʻlajak talabalar umuman rus madaniyatiga muhabbat qoʻyishi mumkin, deb hisoblaydi Primakov.

Uning fikriga koʻra, yoshlarni mumtoz adabiyot bilan tanishtirish muhim. Lekin yoshlikka xos qiziqish va havasni bir chetga surib qoʻyish yaramaydi. “Zamonaviy bolalar uchun til – bu avvalo ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlar”, - dedi Primakov.

Shuning uchun “Rossotrudnichestvo” chet eldagi tadbirlarga koʻproq taniqli artistlarni taklif qilishi kerak, dedi Primakov. “Bu hamma taniydigan kishilar boʻlishi shart”, - deya xulosa qildi.

Barchasi yangitdan

“Rossotrudnichestvo” nomining oʻzi yoshlarga xos boʻlmagan va rus tilini bilmaydigan uchun tushunarsiz, deya fikr bildirdi Primakov. Shu bois agentlikka rebrending lozim va nafaqat idorani, balki Rossiya fan va madaniyat markazlarini ham (RTSNK) qayta nomlash zarur.

“RTSNK – bu “Rossotrudnichestvo” soʻzi singari umuman juda qiyin qisqartma soʻz. Chet ellik uni talaffuz qilishi mushkul”, - deya fikr yuritdi Primakov.
Shu bilan birga uning rasmiy nomini – “Federalnoye agentstvo po delam Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv, sootechestvennikov, projivayuщix za rubejom, i po mejdunarodnomu gumanitarnomu sotrudnichestvu” – saqlab qoladi. Rus boʻlmagan auditoriya uchun tashqi brendni oʻzgartirish darkor, xolos. Rus tilida soʻzlashadiganlarni “Rossotrudnichestvo” soʻzi qoʻrqitmaydi. Agentlik uchun yangi nom yaratish koʻplab keraksiz xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bu pullarni foydali narsalarga sarflash mumkin, deb hisoblaydi Yevgeniy Primakov.

Umuman, muvofiqlik va tejamkorlik Primakov strategiyasidagi asosiy mezonlar boʻlgandek tuyuladi. Yangi qisqartma soʻzni yaratish uchun u brend menejerlarni ham yollashni rejalashtirmayapti. Buning oʻrniga u “Rossotrudnichestvo” orqali bir paytlar Rossiya universitetlariga oʻqishga kirgan talabalar oʻylab topishi uchun ochiq tanlov oʻtkazmoqchi. Primakovning oʻzi bu gʻoyani quyidagi tushuntiradi: loyihaning bevosita ishtirokchisi boshqalarga koʻra brend kontseptsiyasini juda yaxshi his qila oladi. Tanlov oʻtkazish mantigʻi ham shundan kelib chiqqan.

MDHga alohida eʼtibor

“Rossotrudnichestvo” yangi loyihalar bilan shugʻullanib, Rossiya taʼlimini targʻib qilishni tashlab qoʻymaydi, deya maʼruza oxirida tinchlovchilarni ishontirishga shoshiladi Primakov. “Rossiya prezidenti farmoniga koʻra yaqin bir necha yil ichida xorijlik talabalar uchun bepul taʼlim olish kvotalari ikki baravarga koʻpaytiriladi. Hozir ularning hajmi 15 mingni tashkil etadi”, - dedi u. Qolaversa, agentlik Rossiya va rus tili bilan bogʻliq har qanday taʼlim loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga harakat qiladi. “Hatto agar kimdir chet elda hovlisida guruh tashkil etib, rus ertaklarini oʻrgatsa, bu juda ajoyib”, - deydi Primakov.

Shuningdek, “Rossotrudnichestvo” zamonaviy yoshlarni nima qiziqtirishi yanada yaxshiroq bilish uchun tahlilga koʻproq eʼtibor beradi. Buning uchun agentlik saytni tubdan oʻzgartirishni niyat qilgan. “Odamlarga Rossiyaning gumanitar faoliyatini kuzatish qiziq boʻlishi lozim, hozirgi koʻrinishdagi saytimizga sogʻlom aqlli hech kim ermak uchun kirmaydi, - deydi Yevgeniy Primakov. – Sayt oʻquvchilari sonini koʻpaytirish kerak”.

Ushbu hamma xatti-harakatlar, shubhasiz, vaqt talab etadi, chunki agentlik qatʼiy doirada ishlaydi – har bir loyihani kamida boshlanishidan bir yil oldin tasdiqlash kerak. Shunga qaramasdan, “Rossotrudnichestvo” rahbari kiritilayotgan yangiliklar sabab tashkilot yanada ochiqroq boʻlishiga vaʼda bermoqda. “Bu ayrim xatti-harakatlar tufayli agentligimizga nisbatan biror kishida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan eski stereotiplarga qarshi kurashda yordam beradi”, - deya xotima qildi Primakov.

Asosiy mavzular