Ekspert O‘zbekistondan valyuta olib chiqishning yangi limiti haqida: buni olqishlash kerak

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri: yevro i dollari
Denejnie kupuri: yevro i dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDU Iqtisod fakulteti Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari markazi direktori, iqtisod fanlari nomzodi Oleg Buklemishev O‘zbekistondan olib chiqib ketilishi mumkin bo‘lgan valyuta miqdori oshirilishi yuzasidan fikr bildirdi.

O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab xorijga olib chiqib ketish mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori oshadi. Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra,   jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 mln so‘m ekvivalentidan ortiq O‘zbekiston naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi uchun deklaratsiya to‘ldiriladi (amalda 2 ming AQSh dollari). Shuningdek, 100 mln so‘mga teng yoki undan oshmaydigan naqd valyutani O‘zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga amal qilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi (amalda 5 ming dollar).

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-sentabrdan 10 ming $ni olib chiqish mumkin bo‘ladi

Moskva davlat universiteti Iqtisod fakulteti, Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari markazi direktori, iqtisod fanlari nomzodi Oleg Buklemishev O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lgan miqdorni aholi daromadlariga nisbatan nomutanosib deb atadi.

"U biznes yuritayotgan yoki maishiy maqsadlar uchun biror bir operatsiyalarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan aksariyat odamlarning ehtiyojlarini qoplaydi. <...> Naqd valyutani chegaradan olib chiqib ketish, zamonaviy bank xizmatlaridan foydalana olmaydigan odamlar uchun mantiqiy usullardan biri bo‘lib tuyuladi", dedi u Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, transchegaraviy savdo yanada faol rivojlana boshlaydi, shuning uchun O‘zbekiston hukumatining qarorini olqishlash kerak.

"Oddiy odamlar tomonidan oz miqdordagi mablag‘larni olib chiqib ketilishi inqirozli vaziyatni yaratadi deb hisoblamayman. Bularning barchasi chakana savdoda emas, balki aholidan farqli o‘laroq, yirik agentlar ishlaydigan ulgurji savdoda, ya’ni katta miqdordagi valyutaga ega bo‘lgan eksportchilar va moliyaviy tashkilotlarda shakllanadi", - deya xulosa qildi Buklemishev.

Yangiliklar lentasi
0