02:09 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
922 0 0

AQSH dollar va SWIFTga asoslanib dunyoga bosim oʻtkazishga urinishi - dollar boshi ustida koʻtarilgan oyboltaning tezroq zarba berishiga olib keladi.

Okean orti jurnalistlari Pekin ustidan qozonilgan gʻalabani nishonlamoqdalar: Bloomberg ishbilarmonlikka doir maʼlumotlar agentligi xabar berishicha, Xitoy banklari dollarlar bilan ishlash imkoniyatidan mahrum boʻlishidan qoʻrqib, Xitoy amaldorlariga nisbatan AQSH sanktsiyalarini qoʻllamoqchi.

"Qirol-dollar hanuz hukmronlik qilmoqda. Bu shuni anglatadiki, banklar oldida ikkita yoʻl bor: Amerika yoʻli yoki hech qayerga yoʻl", -  deb oʻzgacha shukuh bilan taʼkidlaydi amerikalik targʻibotchilar Xitoy va Gonkong amaldorlarining ularga nisbatan qoʻllanilgan sanktsiyalarga jasorati Gonkong va Xitoy banklarining harakatiga mos kelmasligini.

Oq uy Gonkongdagi amerikaparast yashirin harakat qilayotganlarni bostirishga imkon bergan milliy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonuni qabul qilingani uchun sanktsiyalarni joriy etganidan keyin, sanktsiyalar roʻyxatidagi oʻn bitta amaldor Vashington bosimiga oʻzlarining daxlsizligini namoyish qilishga harakat qildi.

Garchi ayrim yuqori martabali amaldorlar va ularning oila aʼzolari Amerikada mol-mulki, vizalari yoki AQShda joylashgan butun boshli biznesiga ega boʻlishgani aniqlangan boʻlsa-da, Xitoy hukumati vertikalining boshqa vakillari bu kabi muammolarga duch kelmaganliklarini va bunday boʻlmasligini koʻrsatishga muvaffaq boʻlishdi.

Masalan, XXR markaziy hukumatining Gonkongdagi vakolatli vakili uning Amerikada hisob raqamlari yoʻqligini va uning barcha pullari va aktivlari Xitoyda ekanligini, ammo agar Donald Tramp sanktsiyalarni shunchalar qoʻllamoqchi istagida boʻlsa, AQSH moliya vazirligiga, ularni muzlatib qoʻyishi uchun, yuz dollar yuborishga tayyor ekanligini maʼlum qildi

Hatto Gonkong bank regulyatori HKMA XXRning maxsus maʼmuriy mintaqasidagi barcha moliya institutlari uchun maxsus yoʻriqnomani chiqardi, unda Gonkong banklarining AQSH tomonidan joriy etilgan sanktsiyalarni Xitoy va mahalliy amaldorlarga nisbatan qoʻllash majburiyati yoʻqligi aytilgan.

Bloomberg haqiqat siyosiy bayonotlardan farqli ekanligini koʻrsatish uchun bank tizimidagi oʻz manbalariga tayanmoqda: "Banklarning xatti-harakatlari aksini koʻrsatmoqda. Bloomberg News, vaziyatdan xabardor boʻlgan oʻz manbalariga tayanib, Gokongdagi Xitoyning barcha yirik banklari sanktsiyalarga rioya qilish boʻyicha dastlabki qadamlarni amalga oshirayotganini maʼlum qilmoqda. AQShda operatsiyalarni amalga oshiradigan yirik banklar, shu jumladan Bank of China Ltd., China Construction Bank Corp. va China Merchants Bank Co., sanktsiyalar ostidagi mansabdor shaxslar uchun yangi hisob raqamlarini ochishda ehtiyotkorlik koʻrsatishdi va kamida bittasi bunday harakatga chek qoʻydi".

Jalb qilingan tashqi manbadan (kamida milliy kelib chiqishi sababli) kelib chiqqan va hali rasmiy tasdiqga ega boʻlmagan bunday maʼlumotlarga qancha ishonish kerakligi haqida uzoq vaqt bahslashsa boʻladi, ammo bu yerda gap hatto maʼlumotning asoslanganligida ham emas, balki amerikaparast targʻiboti mulohazalarining yoʻnalishida.

Agar biz bu mulohazalarni soddalashtirib qoʻpollashtirsak, unda ular quyidagi zanjir boʻylab qurilgani aniq boʻladi: Xitoy banklari AQShda va AQSH dollarida faoliyat yuritish imkoniyatidan mahrum boʻlishdan qoʻrqishadi va shuning uchun Xitoyning yuqori martabali amaldorlariga xizmat koʻrsatishdan bosh tortishadi, yaʼni "qirol-dollar" aslida barcha yuzaga keladigan geosiyosiy va tashviqot oqibatlari bilan dunyoning hamon hukmdori boʻlib qolmoqda.

Bu mantiqiy koʻrinadi, lekin faqatgina birinchi qarashda.

Amerikalik tahlilchilar dollarning Xitoy bank tizimi ustidan qozongan gʻalabasini nishonlash emas, balki Tramp maʼmuriyatining xatti-harakatlari shunchaki toʻgʻridan-toʻgʻri emas, balki bilvosita, dollarsizlantirishni tezlashtirayotgani haqida oʻylashi kerak.

Darhaqiqat, Bloomberg jurnalistlari toʻgʻri taʼkidlaganidek, bitimlarni amalga oshirishda boshqa valyutalardan foydalanish bu muammo yechimi emas, chunki Xitoyning bir banki oʻzining achchiq tajribasi orqali AQShning KXDRga qarshi sanktsiyalarini buzib, bu operatsiyalarni boshqa valyutalarda hisob-kitob qilish orqali yashirishga uringani aniqlangan.

AQSH 2001 yildan keyin terrorizmga qarshi kurash bahonasida xalqaro SWIFT tizimi orqali amalga oshirilgan barcha pul oʻtkazmalarini kuzatib borish imkoniyatini olgan holda, baribir ushbu bitimlarni koʻrib, qonunbuzarlarni jazolay oladi. Muammo shundaki, ushbu faktura asosida ikkita qarama-qarshi xulosa chiqarishimiz mumkin - va ulardan biri mutlaqo notoʻgʻri boʻladi.

Amerikalik jurnalistlar oʻquvchini dunyoning qolgan qismi (shu jumladan, Xitoy) dollarsiz va SWIFTsiz yashay olmasligini anglab, AQSH oldida tiz choʻkadi va shuning uchun Vashingtonning har qanday istaklariga boʻysunishga majbur boʻladi degan hulosaga undamoqda.

Bu notoʻgʻri xulosa.

Toʻgʻri hulosa shundan iboratki, AQShning bunday harakatlari tom maʼnoda Pekin, Moskva, Bryussel va boshqalarni oʻzlarining toʻlovlarini amalga oshirish uchun shoshilinch ravishda (avvalgidan ancha tezroq) SWIFT oʻrnini bosadigan tizimlarini ishlab chiqish va tadbiq etish uchun majburligini tushunishga majbur qiladi, yoki, bu amalga oshmasa, Vashington oldida albatta tiz choʻkishga toʻgʻri keladi.

Bu kabi harakatlar "Gonkong sanktsiyalari" joriy etilishidan oldin ham amalga oshirilgan, ammo moliya tizimini bunday chuqur oʻzgartirishlar har doim ham qimmat, uzoq vaqtni talab qiladi va juda qiyin, ehtimol faqat endi Pekinda Vashingtonning muzokaralar olib borish layoqati masalasida yakuniy umidsizlik vujudga keldi.

Amerikalik jurnalistlar yozgan "qirol-dollar"ning ehtimoliy gʻalabasi boshqa, dollarsiz kelajakni bashorat qilayotgan muhim voqealar fonida roʻy bermoqda. Masalan, RT xabar berishicha, Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi tovar ayirboshlashda 2020 yilning birinchi choragida AQSH dollari 2018 yildagi 75% darajadan tushib, 50% dan kamroqni tashkil etdi.

Iyul oyida “Reyter” agentligi xalqaro neft savdosining dollarsizlantirishida yangi yutuqqa erishilgani haqida xabar berdi: "Ushbu oyda BP (Buyuk Britaniyaning neft kompaniyasi – tahr.) Shanxay xalqaro energetika birjasiga (INE) Iroq neftining uch million barrelini yetkazib berdi, bu bilan u Xitoy 2018 yilda fyucherslar bozorini ishga tushirganidan beri haqiqiy yetkazib berishni amalga oshirgan eng yirik global sotuvchisi boʻldi, deb xabar beradi seshanba kuni soha manbalari".

Shanxay energetika birjasida neft savdosi yuanda olib boriladi va ushbu savdo mexanizmining muvaffaqiyati AQShning savdo maydonchalari va energiya tashuvchilari uchun dollarda toʻlovlar sxemalaridan mustaqil boʻlishiga yordam beradi.

Shuningdek, SWIFT-ni chetlab oʻtib “raqamli yuan”, “raqamli yevro” va hatto ixtisoslashtirilgan kriptovalyutalardan foydalangan holda banklararo va tijorat toʻlovlarining alternativ sxemalarini ilgari surish boʻyicha ishlar olib borilmoqda va bunday dasturlar ustida ish nafaqat Xitoyda, balki Yevropa Ittifoqida ham olib borilmoqda.

Dollar hozircha moliyaviy dunyo qiroli. Ammo bu qirol uchun Vashingtonning harakatlari tufayli gilotina tayyorlanishi tezlashmoqda.

Asosiy mavzular