Infeksionist: COVID-19 ga qarshi kurashda asosiy muammo davolash sxemasini tanlashdir

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRujensova Tatyana Aleksandrovna, doktor meditsinskix nauk, vrach-infeksionist, vrach-kardiolog, professor obrazovatelnogo sentra, rukovoditel otdela klinicheskix issledovaniy sentralnogo nauchno-issledovatelskogo instituta epidemiologii Rospotrebnadzora.
Rujensova Tatyana Aleksandrovna, doktor meditsinskix nauk, vrach-infeksionist, vrach-kardiolog, professor obrazovatelnogo sentra, rukovoditel otdela klinicheskix issledovaniy sentralnogo nauchno-issledovatelskogo instituta epidemiologii Rospotrebnadzora. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tibbiyot fanlari doktori, infeksionist, Rospotrebnadzor markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinik tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Tatyana Rujensova O‘zbekistondagi ish va o‘zbekistonlik hamkasblar qanday muammolarga duch kelayotgani haqida so‘zlab berdi.

- Tatyana Aleksandrovna, siz O‘zbekistonga bir necha kun oldin tashrif buyurdingiz. Siz qayerlarga borishga ulgurdingiz va o‘zbekistonlik hamkasblaringiz faoliyati haqida birinchi taassurotingiz qanday?

Rossiyskiy vrach-reanimatolog Mixail Zamatin - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik reanimatolog: O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasiga tayyorligi bilan hayratlantirdi

- Avvalo, mehmondo‘stligi uchun do‘stona O‘zbekistonga katta rahmat aytmoqchiman. Albatta, bu yerda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotgan hamkasblar bilan uchrashish juda yoqimli bo‘ldi. Shu kunlarda biz "O‘zekspomarkaz"dagi koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlarni saralash markazga ham tashrif buyurdik. Shuningdek, biz infeksiyalarni aniqlash bo‘yicha turli tadqiqotlar olib boriladigan laboratoriyalarga tashrif buyurdik, bugun esa bizga Zangiotadagi kasalxonani ko‘rsatishdi. Bundan tashqari, biz ikkita kasalxonani ko‘rib chiqdik.

Tibbiyot xodimlari o‘z aholisiga ushbu katta muammoni yengishga yordam berish uchun qo‘llaridan kelganicha harakat qilmoqdalar. Savollar ko‘pligini tushunamiz, lekin biz nimani ko‘rdik? Bu bemorlarni yetarlicha muvaffaqqiyatli kuzatishga imkon beradigan jihozlar, juda yaxshi tayyorlangan katta kasalxonalar. Ammo, albatta, shu bilan birga ba’zi qiyinchiliklarni ham kuzatmoqdamiz. Bunday muammolar turli mamlakatlarda ham mavjud va yuqumli kasalliklarga chalinganlar soni ko‘payishi bilan deyarli barcha davlatlar bu qiyinchiliklardan o‘tadilar. Albatta, epidemiyaga qarshi choralarga aniqlik kiritish va to‘ldirish, ularni alohida obyektlarda kuchaytirish zarur. Terapiya bo‘yicha ham savollar ko‘p, ammo biz bu koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashda keng tarqalgan jihat ekanligini tushunmoqdamiz.

- Siz O‘zbekistonga qanday ishlanmalar bilan tashrif buyurdingiz? Rossiyalik hamkasblarning qanday tajribasi bu yerda foydali bo‘lishi mumkin?

- O‘rtamizda doimo munozaralar va tajriba almashinuvi bor. Rossiyada kasallanishning yuqori darajasi may oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tib bo‘lganligi sababli, biz hamkasblarimizga vaziyatni barqarorlashtirish, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni tashxislash, koronavirus infeksiyasining asosiy patologiyasi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar o‘rtasidagi differensial diagnostika bo‘yicha o‘z tajribalarimizni taklif qilishimiz mumkin.

Bunda tez-tez uchraydigan muammo - terapiya sxemalarini to‘g‘ri tanlash, dorilar tayinlashining to‘g‘riligi. Ammo shuni aytib o‘tishim kerakki, xuddi shunday holat nafaqat O‘zbekistondagi kasalxonalarda, balki boshqa mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Biz tajriba orttirayotganimiz sababli, biz bemorlarimizdagi kasallikning kechishini tahlil qilyapmiz va olingan ma’lumotlarga asoslanib, optimal davolanish sxemasini taklif qila olamiz, eng muhimi, har bir muayan bemor uchun dori-darmonlarni tayinlashda differensial yondashuv.

- O‘zbekistonlik hamkasblar sizga eng ko‘p beriladigan qaysi savollarni berishapti?

- Avvalambor, terapiya taktikasi hamda asoratlar bo‘yicha: nega ba’zi bemorlarda ijobiy dinamika mavjud emas va o‘zini 2-3 hafta davomida yaxshilanishi kuzatilmayotgan bemorni qanday qilib davolash mumkin.

© Foto predostavleno Tatyanoy RujensovoyRabota sotrudnikov Rospotrebnadzora s kollegami iz Uzbekistana
Infeksionist: COVID-19 ga qarshi kurashda asosiy muammo davolash sxemasini tanlashdir - Sputnik O‘zbekiston
Rabota sotrudnikov Rospotrebnadzora s kollegami iz Uzbekistana

- Eng muhim savollardan biri: o‘zingiz bilan Rossiya vaksinasini olib keldingizmi?

- Vaksinani o‘zimiz bilan olib kelmadik, ammo bu masala, albatta, muhokama qilinmoqda. Bugungi kunda Rossiyada Gamaleya instituti tomonidan ishlab chiqilgan birinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tdi. Biz natijalarni ko‘rdik, uning samarali va, eng muhimi, xavfsizligiga ishonch hosil qilib bo‘ldik. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bemorlar ushbu vaksinani oson kechirishmoqda, u hech qanday jiddiy nomaqbul oqibatlarga olib kelmaydi. Ko‘ngillilarda, boshqa vaksinalarga boshqa barcha odamlarda kuzatiladigan reaksiya kabi, ba’zida yengil isitma, grippga o‘xshash holat, ammo umuman olganda boshqa jiddiy nojo‘ya ta’sirlar yo‘q.

Vrach s patsiyentom v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik shifokor O‘zbekistonda bemorlar qanday davolanayotganini aytib berdi

Ushbu bemorlarning barchasida antitanachalar hosil bo‘lmoqda - bu immunitetning vaksinaga javobi. Takroriy emlash zaruriyatini vaqt va emlangan ustidan keyingi tekshiruv ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, bizda yana bir - peptidli vaksina, peptid asosida - Novosibirsk institutining "EpiVakKorona" vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilishga tayyorlanmoqda. Juda ko‘p tadqiqotlar o‘tkazilib bo‘ldi, jiddiy sinovlar hayvonlarda va birinchi ko‘ngillilarda o‘tkazildi. Biz uning xavfsizligi va samaradorligini ham ko‘rdik. Ushbu ma’lumotlar umumlashtirilganda, preparatni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

- Virusning turli xil mutatsiyalari haqida ma’lumotlar mavjud. O‘zbekistonda kuzatilayotgan tur bilan taqqoslash amalga oshirildimi? Uning o‘ziga xos xususiyatlari bormi?

- Biz bilamizki, viruslar mutatsiyaga moyil. Masalan, hayvonlar (maymunlar) orasida immunitet tanqisligi virusining sirkulyatsiyasi bo‘lgan, shundan keyin biz OIV qo‘zg‘atuvchisi odamga o‘tib, yangi kasallik - OITS ma’lum bo‘lganini ko‘rdik. Ammo umuman olganda, bu viruslar dunyosidagi odatiy holdir.

Hozirda aylanayotgan ikkita asosiy variant ma’lum bo‘lib, ushbu variantlar ichida ba’zi genetik o‘zgarishlar mavjud. Ammo ular hozirgi paytda prinsipial emas va ahamiyatga ega emas. Biz O‘zbekiston misolida bunday tadqiqotlarni (virus mutatsiyalarining farqlari bo‘yicha - tahr.) o‘tkazmadik, solishtirib ko‘rmadik. Fikrimcha, bu kelajakdagi tadqiqotlar masalasidir.

© Foto predostavleno Tatyanoy RujensovoySotrudniki Rospotrebnadzora vmeste s uzbekistanskimi kollegami
Infeksionist: COVID-19 ga qarshi kurashda asosiy muammo davolash sxemasini tanlashdir - Sputnik O‘zbekiston
Sotrudniki Rospotrebnadzora vmeste s uzbekistanskimi kollegami

Ammo, agar mutatsiya antigenprezentatsiya qiluvchi joyga ta’sir qilmasa, u holda antitanachalarning bu barcha o‘zgarishlarga qarshi reaksiyasisi saqlanib qoladi. Agar bemorda yoki emlangan ko‘ngillida qandaydir variantga qarshi antitanachalar bo‘lsa, u holda ular mutatsiya aynan shu antigenprezentatsiya qiluvchi joyga ta’sir qilinguniga qadar koronavirusning boshqa mutatsiyalariga qarshi harakat qilishadi.

- O‘zbekistonda maktablarda o‘quv yilini 14-sentabrdan boshlashga va erkin davomat bilan gibrid ssenariyni qo‘llashga qaror qilishdi. Bu qanchalik asosli?

- Menimcha, bu koronavirus infeksiyasining yangi holatlari sonining keskin ko‘payishini oldini olish uchun hozirgi voqelikka juda mos keladi. Ta’lim muassasalariga boradigan o‘quvchilar, talabalar yuqtirishni oldini oluvchi barcha cheklov talablariga qat’iy rioya qilishlari kerak.

Rossiyada ham ta’lim muassasalarining ochilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, biz har xil mintaqalarda ma’lum maktablarda kunduzgi ta’limni ochish-ochmaslik bo‘yicha qaror qabul qilish huquqini o‘zlariga qoldirdik. Onlayn darslar varianti ham qolmoqda. Asosiy sanitariya meyorlariga rioya qilish kerak: birinchidan, har qanday holatda ham respirator infeksiya belgilari bilan kelish mumkin emas. Shamollashning har qanday alomati, isitma bo‘lmasa ham, uyda qolib masofadan o‘qitishga o‘tishga sabab bo‘lishi kerak. Kirish joylarida filtrlarga rioya qilish muhim: harorati 37 dan yuqori bo‘lganlarni darslarga qo‘ymaslik kerak.

Rossiyskie vrachi pribili v Uzbekistan dlya pomoshi kollegam v borbe s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik shifokorlar qaysi klinikalarda ishlamoqda?

Biz tomondan o‘qituvchilar uchun quyidagi tavsiyalar mavjud: niqob va qo‘lqop kiyish, ayniqsa, hujjatlar rasmiylashtirilayotganda yoki o‘quvchilar bilan uchrashganda har xil yuzalar bilan (zinapoya tutqichlarini, eshik tutqichlariga tegish va boshqa holatlarda) aloqa qilish kerak bo‘lgan holatlarda majburiydir.

Yetarli miqdorda dezinfeksiyalovchi vositalar, shuningdek, havoni zararsizlantirish uchun maxsus uskunalar bo‘lishi shart. Bu bakteritsid lampalar yoki, boshqacha qilib aytganda, retsirkulyatorlar, ular maktab o‘quvchilari yoki maktabgacha yoshdagi guruhlar vaqtini o‘tkazadigan xonalarda bo‘lishi shart. Yopiq turdagi lampalar ham xavfsizdir. Biz sinflarni dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida kuniga kamida ikki marta nam tozalashni tavsiya etamiz. Alohida guruhning mashg‘ulotlaridan so‘ng va kun oxirida tozalash majburiydir.

Umuman olganda, ijtimoiy va ta’lim nuqtayi nazardan kelib chiqib, agar imkoniyat bo‘lsa, unda ta’lim muassasalarini ochish kerak. Tajribali o‘qituvchi sifatida men juda yaxshi bilamanki, agar 1-sentabrning o‘zidan talabalarni yo‘lamasangiz, ayniqsa birinchi kursdagi yoki ordinaturaning birinchi yilidagi talabalarni, unda kelajakda samarali jarayonga erishish qiyin bo‘ladi.

- Koronavirus ustidan to‘liq g‘alabaga umid qilsak bo‘ladimi?

- Epidemiya tugaydimi, biz ushbu virus bilan xayrlashamizmi yoki doim u bilan gripp bilan yashaganni singari yashaymizmi, - afsuski, aniq javob yo‘q. Butun dunyoda kuzatilayotgan raqamlar ushbu kasallikning butunlay yo‘qolishiga umid kamligini ko‘rsatadi. Virusda genetik o‘zgarishlar kuzatilmoqda, shuning uchun virusning agressivligi susayishi va kelajakda u hozirgi mavsumiy respirator kasalliklardan xavfli bo‘lmaydi degan ehtimol bor.

Men barchani xayoliy xavfsizlik hissidan ogohlantirmoqchiman: hatto koronavirus bilan kasallanib davolanib chiqqanlar orasida ham takroriy yuqtirish holatlarini kuzatapmiz. Bu immunitetning pasayishi sharoitida ro‘y berishi mumkin, ayrim tuzalgan bemorlarda himoya reaksiyasi shakllanmay qolyapti, boshqalarda esa bir necha oydan keyin yo‘qolib ketmoqda. Boshqa tomondan, virusning boshqa variantini yuqtirish xavfi ham mavjud. Bunday holatlar hozircha kam, ammo oldinda kuz, ta’lim muassasalarining ochilishi va biz bu davrni yetarlicha tashvish bilan kutmoqdamiz.

Erkinjon Turdimov vstretilsya s rossiyskimi medikami - Sputnik O‘zbekiston
Erkinjon Turdimov rossiyalik shifokorlar bilan uchrashdi

Ammo shu bilan birga, shifokorlar to‘liq tayyorgarlik holatida. Respirator infeksiyalarining mavsumiy o‘sishida ajablanarli narsa yo‘q: salqin va nam ob-havo tabiiy ravishda sog‘likka ta’sir qiladi, ustiga ustak biz ko‘p yillar davomida kuzatib kelayotgan odatiy qo‘zg‘atuvchilarga qo‘shilgan yangi virus. Yaxshiyamki, biz ushbu infeksiyaga va boshqalariga qarshi qanday dorilar ta’sir qilishi haqida tasavvurga egamiz, albatta, bizda tajriba ham bor, shuning uchun biz bu muammoni birgalikda hal qilishimizga ishonchimiz komil.

- Sizning fikringizcha, O‘zbekistonda karantin choralarining yumshatilishi qanchalik asosli?

- Cheklov choralari yangi aniqlangan yuqtirish holatlari soniga qarab bekor qilinishi kerak. Agar dinamika yaxshi bo‘lsa, unda yumshatishlar asosli. Ammo karantinning yumshatilishi yana holatlar sonining ko‘payishiga olib kelishi mumkinligini tushunishimiz kerak. Bularning barchasi nazorat ostida bo‘lishi kerak, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologiya xizmati buni qattiq nazorat ostida ushlab turibdi va agarda pnevmoniyaning kasalxonalar tashqarisida chiqqan og‘ir holatlari ko‘paysa, karantinni kuchaytirishga to‘g‘ri keladi.

- Niqob taqish talabiga qanday qaraysiz? Ko‘pchilik bu buyruqqa nomigagina amal qilishmoqda, demak ularning kerakli ta’siri ham yo‘q.

- Rossiyada hozirda tavsiyaviy rejim amal qilmoqda, chunki biz yaxshi ko‘rsatkichlarni ko‘rib turibmiz. Qo‘lqoplar bizda ikkinchi o‘rinda. Epidemiologlarning tavsiyalariga ko‘ra, aholi niqoblarni infeksiyani yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan jamoat transportida, savdo markazlarida, odamlar gavjum joylarda taqib yurishmoqda. Masofani saqlash qiyin bo‘lgan katta shaharlarda anchagina ko‘p odamlar ko‘chalarda hanuz niqob taqib yurishipti.

Shu bilan birga qoidalarga rioya qilish kerak. Masalan, har qanday niqob 3 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida samarali bo‘ladi va agar u namlanib qolsa, samaradorligi ikki baravar qisqa bo‘ladi. Respiratorlarning zahirasi qatta, ko‘p hollarda ularni tez-tez almashtirish shart emas. Ammo ular ishlab chiqarilgan hom-ashyosi sifatiga qarab muntazam ravishda yangilanishi kerak. Bundan tashqari, niqobni yechib tashlashda yoki boshqasini taqishda qo‘llarni dezinfeksiyalashni unutmaslik kerak. Ifloslangan bir marotabalik niqobni qayta taqishdan va ko‘chadagi tasodifiy aloqadan yuqtirish xavfi juda yuqori.

Rossiyskie vrachi pribili v Uzbekistan dlya pomoshi kollegam v borbe s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Kayfiyat – jangovar! Toshkentga bir guruh rossiyalik shifokorlar yetib keldi

Bolalarni niqob taqishiga kelsak, bu majburiy emas, balki tavsiyaviy meyordir. Biz birinchi sinf o‘quvchilari niqobni to‘g‘ri taqmasligi mumkinligini tushunamiz. Bunday holatda, ko‘p narsa oiladagi munosabat, bolaning shahsiy xususiyatlariga bog‘liq. Ammo biz bolalarni majburiy taqishini tavsiya etmaymiz.

To‘g‘ri, agar bola niqobni noto‘g‘ri taqsa xavflar bor albatta: uni olib tashlaganidan keyin qo‘llariga ishlov bermaydi, burnini, og‘zini yoki ko‘zlarini kir qo‘llar bilan ishqalaydi. Bunday xatti-harakatlarda himoya vositalari befoyda. Aksincha, o‘zida qo‘zg‘atuvchilarni to‘plab, niqob infeksiyalar sababi bo‘lishi mumkin. Agar bola niqobni to‘g‘ri taqolmasa, undan butunlay voz kechish yaxshiroqdir.

- Shifokorlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar ushbu virusga kamroq moyil, ammo infeksiya og‘irroq kechadigan toifalar ham bormi?

- Kasallikka chalingan bolalar asosan yengil va o‘rta darajadaga bemorlardir, ularning ko‘pchiligini, albatta, biz ancha uzoq vaqt davoladik. O‘pka, yurak qon-tomir, asab tizimi kasalliklari kabi surunkali patologiyaga ega bo‘lganlar koronavirus infeksiyasini boshdan og‘ir kechiradi.

Rabota medikov s bolnimi COVID-19 v klinike MGU - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik mutaxassislar COVID-19ga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga keladi

Bolalarning COVID-19ni boshdan osonroq kechirishi, fikrimizcha, organizmning yoshga doir xususiyatlarida, koronavirus ta’sir qiladigan angiotenzin aylantiruvchi ferment deb ataluvchi retseptorlar sonida: ular bolalarda shunchaki kamroq.

Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, bir yoshga to‘lmagan chaqaloqlar ushbu infeksiyani, boshqa infeksiyalar singari, boshdan og‘ir kechiradi. Buning ustiga, bola har qanday odamga, shu jumladan xavf ostida bo‘lganlar uchun infeksiya tarqatuvchisi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu, ayniqsa, ularning buvalari, bobolari, katta buvilari va katta bobolari uchun juda xavflidir. Shuni esda tutish kerakki, hatto alomatlari kuzatilmagan tashuvchi ham keksa bemor uchun yoki xavf omillari bo‘lgan yoshroq odamning kasalligi og‘ir kechishiga va o‘limiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0