01:01 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
851 0 0

"Shu soatlarda koalitsiya qoʻshinlari Iroqni qurolsizlantirish, uning xalqini ozod etish va dunyoni halokatli xavfdan himoya qilish maqsadida harbiy operatsiyani boshlamoqda", — prezident kichik-Jordj Bush aytgan shu soʻzlar bilan AQSH Iroqqa bostirib kirgan edi.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik, Sofya Melnichuk. "Ekstremistlar bombalarni portlatishda, tinch aholiga hujum qilishda va dushmanlikni kuchaytirishda davom etishmoqda", — Iroqdagi harbiy operatsiya yakuni haqida eʼlon qilar ekan Barak Obama shunday deya ogohlantirgan edi. Koalitsiya mamlakatdagi missiyasini bajardi, uyga qaytish vaqti ham keldi. Ammo oʻsha vaqtdan buyon oʻn yil oʻtgan boʻlsa ham amerikaliklar hamon Bagʻdoddan chiqqan emas. Vashingtonning Iroq xalqiga yordami asoratlari haqida RIA Novosti materialida oʻqing.

"Yovuzlik oʻqi"dagi toʻldirish

"Shu soatlarda koalitsiya qoʻshinlari Iroqni qurolsizlantirish, uning xalqini ozod etish va dunyoni halokatli xavfdan himoya qilish maqsadida harbiy operatsiyani boshlamoqda", — AQSH prezident kichik-Jordj Bushning xuddi shu soʻzlari bilan 2003 yilning 19 mart sanasida Iroqqa bostirib kirgan edi.

Oradan bir yarim soat oʻtib, Fors qoʻltigʻidagi dengizda joylashgan "Tomagavkalar" ilk nishonlarni zabt etdi, koalitsiya esa Quvayt chegarasida hujumga kirishdi.

Qoʻshma Shtatlar uchun bu 2001 yilning 11 sentyabridagi teraktlardan soʻng xalqaro terrorizmga qarshi urush yoʻlida bosilgan yana bir qadam boʻldi. "Al-Qoida" jangarilari oʻsha kuni uch mingga yaqin odamlarni oʻldirdilar. Jorj Bush oʻz xalqiga aybdorlar albatta jazosini oladi, deya vaʼda berdi. Afgʻonistondagi urush "birinchi raqamli terrorchi" Usama bin Lodinning qoʻlga olinishiga olib kelmadi. Ammo amerikaliklar endi oʻz nigohlarini boshqa yetakchiga - Saddam Husaynga qaratgan edilar. Ular razvedka maʼlumotlariga (keyinchalik ushbu maʼlumotlar haqiqatga mos emasligi aniqlangan edi) tayangan holda, Saddam terrorchilarni erk bergan, deya qatʼiy turib olishgandi.

Yangi iroq kampaniyasiga amerika jamoatchiligini oldindan tayyorlab borishgan. Jorj Bush ilk bor 2002 yilning yanvarida "yovuzlik oʻqi"ga yana bir halqa kelib qoʻshilgani haqida tilga olgan. Sentyabrda BMT Bosh assambleyasi tribunasidan turib u: mabodoki Husayn oʻzini qurolsizlantirmas ekan, urush muqarrar, deya tahdid qildi.

Kongress tez orada Iroqqa qarshi kuch ishlatishga ruxsat beradigan rezolyutsiyani prezidentga imzo chekish uchun kiritdi, senat esa mudofaa harajatlarini 37,5 milliard dollardan soʻnggi oʻn yillik uchun rekord boʻlgan - 355,1 milliard dollarga yetkazishni.

2003 yilning yanvarida Bush: AQSH razvedkasi dalillarga ega, Saddam Husayn ommaviy qirgʻin qurollari, xususan, sibir kuydirgisi sporalarini yashirib kelmoqda, deya eʼlon qildi. Natijada, garchi Iroqda 1980 yillardan qolib ketgan, ommaviy putur yetkazishga yaroqsiz kimyoviy qurolni aniqlagan boʻlsalarda, bu "Iroq ozodligi" operatsiyasi uchun rasmiy bahona boʻlib xizmat qildi.

Tezlikda bostirib kirish

Iroq radiosi hujum kunida: "Yovuzlik bilan kelganlar, Xudo, vatan va insoniyat dushmanlari, ahmoqlikka yoʻl qoʻydilar va bizning yurtimiz va xalqimizga hujum qildilar ", deya eʼlon qildi. Saddam Husayn tez orada qochib ketdi va keyinchalik audioyozuv orqali xalqqa murojaat qildi.

AQSH va Britaniya qoʻshinlari iroqnikiga qaraganda ancha kuchli edi. Bir necha hafta ichida koalitsiya iskanjasi natijasida Basra, Kerbel, Kirkuk Mosul, 14 aprel kuni esa — qochqin iroq yetakchisining ona shahri - Tikrit taslim boʻldi. Operatsiyaning faol fazasiga 26 kun sarflandi, 2003 yilning 1 may sanasida hammasi yakun topdi. Uzoq muddatli okkupatsiya va Saddam Husayn ustidan ov boshlandi.

Husaynni oradan toʻqqiz oy vaqt oʻtib - "Qizil tong" missiyasi davomida qoʻlga tushirishdi. Sochlari toʻzgʻigan va fikrlash qobiliyati buzilgan Husaynni Tikrit yaqinidagi yashiringan joyidan sudrab chiqishayotgani tasvirlangan kadrlar butun dunyoga tarqaldi. Uning yonida oʻqsizlantirilgan va keyinchalik Jorj Bush tomonidan oʻlja sifatida saqlab kelingan toʻpponcha va 750 ming dollar solingan chemodan topilgan.

Oradan ikki yil oʻtib, prezidentni osish orqali oʻlimga hukm qildilar. Ammo urush tugamadi. Iroq dinlararo zoʻravonlik toʻlqini ostida qoldi.

Zararsifat yordam

"Iroq — mintaqaning eng murakkab va rang-barang mamlakatlaridan biridir. Amerikaliklar konfessiyalararo koʻrinishidagi koʻplab muammolarnigina emas, balki "madaniy shahar" va iroq jamiyatining qabilalar qismi, sahrolar darajasidagi muammolarni ham ochib tashladilar, — deya taʼkidlaydi Ruslan Mamedov, xalqaro ishlar boʻyicha Rossiya kengashi dasturchi direktori. — Biri ikkinchisini ustiga qatlam boʻlib tushar va ishlamaydigan davlat taʼlimi yuzaga keldi, u AQSH hujumidan soʻng ulkan darajadagi, mustaqil yengib boʻlmaydigan murakkabliklar bilan toʻqnash kelgandi".

Xillari Klinton va Barak Obama.. Arxiv surat
© AP Photo / Charles Krupa

2004-yildagi jimjitlikdan soʻng Saddam Husayn davrida hokimiyat tepasida boʻlgan sunniy ozchilik va shiya hamda qurdlar koʻpchiligi oʻrtasida qarama-qarshilik yanada kuchaydi.

Oradan bir yil oʻtib, 50 yil deganda birinchi marta, jangarilarning hudud boʻylab snayperlarni qoʻyib chiqish tahdidi ostida boʻlsa ham koʻppartiyaviy parlament saylovlari boʻlib oʻtdi. Toʻgʻri, sunniylar bu saylovlariga boykot eʼlon qildilar. Ammo shunga qaramay, yangi konstitutsiyani taqdim etishi lozim boʻlgan oʻtish hukumatini shakllantirishga erishildi.

Jarayon shiyalar, qurdlar va sunniylar oʻrtasidagi ziddiyatlar tufayli toʻxtab qoldi. Sunniylarni mamlakatning federal tuzilmasi, "Baas" partiyasining yoʻq qilingani va boshqa holatlar qoniqtirmas edi, bularning barchasi shiyalar va qurdlar manfaatiga koʻproq xizmat qilishi urgʻulanardi. Ammo konstitutsiya baribir qabul qilindi va yangi parlament shakllantirildi. Bularning barchasi mamlakatni zoʻravonlikdan asrab qololmadi.

Anʼanaviy tarzda mamlakat elitasining asosiy qismini tashkil qiluvchi sunniylar, shu jumladan, Saddam Husayn ham, hukumatni topshirishni istamasdi. "Yangi siyosiy elita - umuman olganda, AQSH tomonidan qoʻyilgan. Ularning otalari va bobolari 1958 yilgacha, yaʼni monarxiya davrida muhim lavozimlarni egallashgan. Jamoatchilik bilan aloqalarga ular ega boʻlishmagan", - deya tushuntiradi Mamedov.

Qon toʻkilishlar davom etar, tinch aholi nobud boʻlardi, mamlakatdan qochardi. 2007-yilda Bush Iroqqa yana 21,5 ming harbiyni yubordi va strategiyani qayta koʻrib chiqdi, yangisi "Katta toʻlqin" nomini oldi. U konfessiyalararo mojaroni soʻndirishi umid qilingan edi, ammo hech qanday natijaga erishilmadi. Oqibatda Bagʻdodning hatto eng yaxshi qoʻriqlanadigan tumani - "yashil zonasi" - xavfsiz maqomini yoʻqotdi. Amerikancha tartibga solish samaradorligi shubhalantira boshladi.

Barak Obamaning Oq uyga kelishi bilan amerika qoʻshinlarini Iroqdan olib chiqish qarori qabul qilindi. 2010 yilning yoziga kelib 90 ming nafar harbiylar vatanga qaytarildi. Mamlakatda 50 mingga yaqin qoʻshin qolgandi. 31 avgust kuni Obama millatga murojaat qildi va AQSH Iroqda harbiy operatsiyani toʻliq toʻxtatishi haqida maʼlum qildi.

Hayratlantiruvchi natija

AQSH Iroqda qurmoqchi boʻlgan davlatchilik va xavfsizlik institutlari, Ruslan Mamedov soʻzlariga koʻra, puchligini namoyon etdi: "Ushbu tuzilmalar na tashqi va na ichki tahdidlarga javob berishga tayyor emasdi. Amerika kampaniyasi va Iroqdagi saylovlar yakun topgach, oʻsha paytdagi Bosh vazir Nuri al-Malik hokimiyatni markazlashtirish boʻyicha keskin qadamlarga borgani ajablanarli emas, u nomatlub siyosatchilarni quvgʻin qilib, ularni terroristik faoliyatda aybladi. AQSH ketishi bilan uni hech narsa toʻxtata olmasdi, natijada Iroq jamiyatining ahamiyatli qismi, xususan, sunniylar marginallashtirildi".

Ammo Vashingtonning asosiy xatosi - amerikaliklarga radikal uyushmalarga qarshi yordam berishda ishtirok etgan sunniy koʻngilli askarlari edi. "Yosh yigitlar shunchaki qoʻlida qurol bilan uy-uylariga tarqalgan edilar. Bu guruhlar umumiy xavfsizlik tizimiga kiritilmadi, ular maoshsiz qolishdi, yetakchilari taʼqib qilinardi", — deya sanaydi Mamedov. Sunniylarning ushbu murakkab holati radikal gʻoyalar tarqalib ketishiga sabab boʻldi. "2014-yilda hamma shok holatiga tushgan edi: "Islom davlati"* mamlakat shimoli-gʻarbini egallab oldi va iroq hukumati yarim hudud ustidan nazoratni yoʻqotdi", - deydi Mamedov.

Iroq baribir ID* ustidan gʻalaba qozondi, bu qaytarilgan amerikaliklar hisobiga ham amalga oshgan edi. Ammo AQSH operatsiyasini umumiy qilib, omadli, deb atash - ulkan mubolagʻa boʻladi, deya qayd etadi ekspert.

Urush vaqtida qancha iroqliklar halok boʻlishgani hozirgacha aniq emas. Amerika OAVlari maʼlumotiga koʻra — bu raqam 100dan 300 minggachani tashkil etadi. BSST taʼkidiga koʻra, birinchi uch yilning oʻzida 150 - 223 ming kishi qurbon boʻlgan. Shuningdek, 700 ming degan baholar ham bor.

Amerikaliklar yoʻqotishi ancha past boʻldi - 4,5 mingga yaqin harbiy halok boʻldi, 30 mingga yaqini jarohatlandi. Iroqdagi urushda AQShning bir yarim millionga yaqin fuqarolar qatnashdi. Soliq toʻlovchilarga bu bostirib kirish veteranlar va ularning oilalariga toʻlovlarni hisobga olgan holda ikki trillion dollarga tushdi.

Oʻsha missiya borasida AQShda yagona fikrning oʻzi yoʻq, deya qayd etadi IMEMO RAN shimoliy amerika tadqiqotlar dasturi rahbari Viktoriya Juravleva. "Ommaviy qirgʻin qurollari yoʻqligiga va Husaynning "Al-Qoida" bilan aloqasi yoʻqligiga qaramay, Respublika partiyasi pozitsiyasi yakdil edi — bu 11 sentyabr ruhida nimanidir tashkil qilmoqchi boʻlgan barchaga ruhiy taʼsir oʻtkazish jihatdan toʻgʻri qaror edi. Oʻch olish kampaniyasi amalga oshdi hisob".

Shunday boʻlsada, Iroqdagi operatsiya oʻtkazilishi shart boʻlmagan va haddan ziyod deya qabul qilinadi. Ayniqsa, Bush ushbu qarorni bosim ostida qabul qilgani haqida chop etilgan memuarlar dunyo yuzini koʻrgach shu ayon boʻldi, deydi Juravlyova.

"Albatta, derjava kayfiyatini qoʻllab-quvvatlovchilar ham bor: ularga koʻra AQSH hamisha yetakchilikni tasdiqlashi kerak", deb davom etadi ayol. - Ammo "postvyetnam sindromi" kayfiyati ularda yetakchilik qilmoqdi - faqatgina qisqa kampaniyalar muvafaqqiyatli hisoblanadi. agar ular choʻzilsa va AQSH yoʻqotishlarni boshdan kechirsa, jamiyat bunga maksimal salbiy munosabatda boʻladi".

barak Obama va Donald Tramp tomonidan berilgan vaʼdalarga qaramay, amerikaliklar Bagʻdodda qolmoqda. Iroq Vashington uchun muhim. Bu mamlakat Amerika-Eron mojarosi asiridir. Oq uy Iroq eshigini ochiq qoldirmoqda.

*Rossiyada taʼqiqlangan terroristik tashkilotlar.

Asosiy mavzular