02:00 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
103530

Kechadan boshlab oliy taʼlim maskanlariga bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihoni boshlandi.  Pandemiya sharoitida imtihonlarni ochiq havoda oʻtkazish belgilangan boʻlib, abituriyentlar poytaxtning bir qancha bogʻlari va maydonlarida oʻz bilimlarini sinadilar

"Sputnik"  muxbiri Botanika bogʻida boʻlib, test sinovining 2-smenasi jarayonlarini kuzatdi va abituriyentlar hamda ota-onalar bilan suhbatda boʻldi.

Abituriyentы gotovyatsya sdavat vstupitelnыe ekzamenы
Press-slujba xokimiyata Buxarskoy oblasti

Test sinovi vaqti soat 16:00 da belgilanganiga qaramay, "Botanika" bogʻi atrofida soat 14:00 dan boshlab talabalar hamda ularning ota-onalari toʻplana boshlashdi. Qoʻllarida fuqarolik pasporti hamda DTM hujjati boʻlgan abituriyentlarning koʻzida bir oz hadik, yuragida esa kuchli hayajonni payqash mushkul boʻlmadi. Qolaversa, ularning kelajagiga befarq boʻlmagan ota-onalarning hayajoni ham farzandlarinikidan kam emas edi.

Sputnik
Testovыe ekzamenы proshli v Botanicheskom sadu

Tarixda qolmoqchi boʻlgan abituriyent ayol

Abituriyentlardan biri qoʻlida yosh goʻdagi bilan kelib, imtihonga bola bilan kirmoqchi boʻldi. Yosh bolasi abituriyentlarning diqqatini jalb etishi mumkinligi harqancha tushuntirilmasin, u qaysarlik qilib, kirish niyatida ekanligini aytardi. Soʻng ichkaridan imtihon tashkilotchilaridan biri chiqib kelib, "tarixda qolishga urinayotgan abituriyent" bilan gaplashdi, unga qonun hammaga birdek barobar ekanligi, imtihonga bola bilan kirish mumkin emasligini bosiqlik bilan tushuntirishga urindi. Hayriyatki, abituriyent tashkilotchilarga muammo tugʻdirmadi, aksincha shaxsiy muammosini tez furstda hal etish uchun ortga qaytdi. Talabalar soni koʻpligi bois, abituriyent ayol imtihonga qaytib keldimi-yoʻqmi, payqab boʻlmadi.

Tik oyoqda uch soat...

Pndemiya davrida fuqarolarga masofa saqlash, karantin qoidalariga amal qilish shart va zarurligi haqida bot-bot eslatib kelinmoqda. Ammo test sinoviga kelgan ayrim ota-onalar va abituriyentlar orasida niqobsiz kelganlari ham bor edi. Ota-onalar uchun bogʻ ichidan oʻrindiqlar olib chiqilgan boʻlsa-da, u ham yetarli boʻlmadi. Shu bois bu muammodan ahyon-ahyonda nolib qoʻyayotgan ota-onalar va abituriyentlarning yaqinlari uch soat davomida tik oyoqda turishga majbur boʻlishdi.

Pandemiya sharoitida ularning bir-biridan masofa saqlashlari u yoqda tursin, oʻrindiqlarda hech qanday masofasiz oʻtirishlari bir oz tashvishga soldi. Sababi, kutilmaganda tarqalgan bu kasallik ortidan qanchadan-qancha ogʻir ahvoldagi bemorlar hayot uchun kurashib yotibdi, yana qancha insonlar hayot bilan vidolashmoqda. Ushbu savol bilan yuzlanganimizda, IIB xodimlaridan biri karantinga amal qilish har bir insonning oʻz vazifasi ekanligi javobi bilan kifoyalandi...

© Sputnik / Vitaliy Ankov

"Oltin olma duo ol"

Havo issiq, ota-onalarning bari bogʻning darvozasida umid bilan koʻz qadab oʻtirishibdi. Shu payt kutilmaganda qiziq bir holat yuz berdi, kamtarona qiyofadagi bir kishi salom berib, ota-onalar joylashib olgan yerga keldi va sotuvchilarning biridan kursi soʻrab, unga oʻtirib oldi. Soʻng sekin oʻz soʻzini boshlarkan, abituriyentlarga omad kulib boqishi, niyatlariga yetishlariga tilakdosh ekanligini maʼlum qildi va bilgan oyat-u duolarni oʻqiy ketdi. Ota-onalar bunaqa holatga avval duch kelmagani sabablimi, oʻz hayratlarini yashirolmadilar!

"Domla" kaftlarini duoga ochgach, ota-onalar ham beixtiyor unga ergashdilar. Yuzlarga fotiha tortilgach, "domla" sekin maqsadga oʻtadi va ogʻir ahvolda yotgan singlisi uchun moddiy yordam kerak boʻlayotganini aytadi. Umid bilan oʻtirganlarning koʻngli yumshab, ataganini "domla"ga uzatadi.

Onalardan biri esa shumligi tutib, "Imtihon bahona, sumkasini toʻldirib ketdi-ya", dedi kulib. Bu gapdan keyin atrofda turganlarning yuziga tabassum yugurdi.

Sputnik
Testovыe ekzamenы proshli v Botanicheskom sadu, Tashkent

"Kuzatuv qattiq boʻldi!"

Uzoq kutilgan soniyalar yaqinlashib, test savollariga hammadan birinchi boʻlib javob topa olgan abituriyentlardan biri Botanika bogʻi darvozasidan chiqib keldi. Oʻrindiqdagilar xuddi oʻz farzandlari haqida biron bir maʼlumot eshitadigandek, qiz tomon yopirilib borishdi va biri olib, biri qoʻyib, uni savolga tuta ketdilar. Ushbu jarayon xuddi oʻz hayotida ilk marotaba katta intervyu berayotgan yulduz kartinasini eslatardi.

Abituriyent qizning aytishicha, ichkarida test jarayonlarini nafaqat nazoratchilar, balki son-sanoqsiz tilsiz kameralar ham qattiq kuzatib turgan, "shpargalka"larning qoʻlma-qoʻl boʻlishiga sharoit yaratilmagan. Har qadamda Milliy gvardiya xodimlari va test markazi xodimlari imtihonga kelganlarni diqqat bilan nazorat qilib turishgan. Bundan tashqari, abituriyentlarning imtihonga oʻzlari bilan telefon apparati va boshqa buyumlar uyoqda tursin, hatto ruchka olib kirishlariga yoʻl qoʻyilmagan. Sababi, ichkarida ushbu ehtiyojlar uchun sharoitlar yaratilgan. Jumladan, karantin sharoitlariga ham jiddiy amal qilingan.

Bir oz vaqtdan soʻng imtihondan chiqib kelayotgan abituriyentlar soni ancha ortdi. Abituriyentlardan biri hayot kurashdan iboratligi, bir yoqadan bosh chiqarib, Oʻzbekiston xalqi ushbu kasallikni yengib oʻtishi mumkinligiga ishonch bildiradi. U shuningdek, imtihon jarayonlarining oʻtgan yilgiga nisbatan unchalik murakkab boʻlmagani, sababi qoʻshimcha fanlar —  ona tili va adabiyot fanlari savollaridan bu yil voz kechilganligi ancha yengillik yaratganini aytadi.

Kimyo va biologiya fakultetiga imtihon topshirgan abituriyentlardan biri test savollari 60 tadan iborat boʻlgani, muhimi oʻzi avvaldan bilgan savollar tushgani, bu yilgi test sinovi bir muncha osonlashtirilganidan cheksiz xursandligini yashirmaydi. Uning aytishicha, bu yil test jarayonida koʻzboʻyamachilik holatlari sodir boʻlmasligi qattiq nazoratga olingan va barcha tartiblarga qatʼiy amal qilingan.

Bir oz avval AOKA birinchi test kunining 1-smenasida 59 250 nafar abituriyent test topshirishi rejalashtirilgani, shundan 55 767 nafari ishtirok etganini maʼlum qildi. 3474 nafar abituriyentlar turli sabablarga koʻra testga kelmagani haqida xabar bergan edi.

Asosiy mavzular