18:51 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
564 0 0

Yagona valyuta joriy etish ayrim YEI janubiy mamlakatlari iqtisodini savdo sotiqda paydo boʻlgan assimetriyani muvofiqlashtirish imkonidan mahrum qilgan edi.

TOSHKENT, 3 sen - Sputnik. Myunxendagi bozorlar integratsiyasi hamda iqtisodiy siyosat instituti kichik iqtisodchisi Yuriy kofner Sputnik muxbiri bilan boʻlgan suhbatda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari yagona valyuta joriy etilishidan qanday yutuq va yoʻqotishlar koʻrishi mumkinligini aytib berdi.

Mutaxassis fikriga koʻra, yagona valyuta joriy etilishi birinchi oʻrinda mamlakatlar orasidagi savdoga taʼsir qiladi, chunki xalqaro transaktsiyalar  uchun olinadigan xarajatlar yoʻqoladi.

“Masalan, 2019 yilda YEOII davlatlari orasida oʻzaro savdoning 26%i dollar va yevroda amalga oshirilgan. Bu asosan energiya manbaalari uchun  toʻlovlar. Ikkinchidan, Itifoqning ichki savdosida ham sezilarli assimetriya (bir tomonga ogʻish) mavjud: Rossiya asosiy eksport qiluvchi boshqa davlatlar esa – asosan Rossiyadan import qilish bilan shugʻullanadi. Energiya manbaalari savdosini hisobga olmaganda ham, ittifoqdoshlarning Rossiya bilan tovar almashuv balansi ham salbiydir”, - deydi Kofner.

Shu oʻrinda Kofner Yevropa Ittifoqining tajribasini keltirib oʻtdi. U yerda yagona valyuta kiritilganidan soʻng iqtisod hajmi kichik boʻlgan mamlakatlar savdo-sotiqda yuzaga kelgan assimetriyani valyuta kurslari yordamida muvofiqlashtirish imkoniyatidan mahrum boʻlishgan edi. Buning oqibatida Yevropa Ittifoqining janubiy mamlakatlari iqtisodi kasodga uchragan edi.

Shu bilan bir vaqtda, ekspert Ittifoq doirasida dollardan voz kechish muhimligini, uning oʻrniga yagona toʻlov birligi, yoki elektron toʻlov tizimi joriy etilishi kerakligini taʼkidladi. Ittifoq toʻlov tizimi xalqaro toʻlov tizimlariga bogʻliq boʻlmasiligi mumkinligi ham aytib oʻtildi. Misol uchun Rossiyaning "MIR" toʻlov tizimi asosida tashkil qilish mumkin, dedi ekspert. 

Ekspert fikriga koʻra, YEOIIda yagona valyuta tizimi tashkil qilishdan oldin Ittifoq Markaziy banklari orasida oʻzaro kliring tizimini tashkil qilish kerak. Shuningdek, kelishilgan makroiqtisodiy konvergentsiyani jiddiy ravishda buzgan Ittifoq aʼzolariga nisbatan sanktsiyalar ham joriy etilgan boʻlishi kerak. 

Albatta, yagona valyuta joriy etishdan oldin bank, sugʻurta va birja sohalarida YEOIIning yagona bozorlari tashkil qilingan boʻlishi kerak.  

Yuriy Kofner hisob-kitobiga koʻra, YEOII hududida yagona valyuta joriy etilishi oʻzaro savdo-sotiq hajmini 6%ga va aʼzo davlatlar YAIMini 0,1%ga oshirgan boʻlar edi. "Bu albatta yomon emas, lekin boshqa tomondan qaraganda unchalik koʻp ham emas", - deydi ekspert. 

Mutaxassis toʻliq fikrini Sputnik podkastida tinglang.

Ekspert rasskazal o preimuщestvax i nedostatkax yedinoy valyutы v YEAES

 

Asosiy mavzular