The Lancet Rossiyaning Sputnik V vaksinasi tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi

© Sputnik / AFK Sistema / Mediabankka o‘tishProizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode "Binnofarm"
Proizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gamaleya nomidagi NITSEM ishlab chiqaruvchilari Aleksandr Ginsburg va Denis Logunov hamda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari fondi bosh direktori Kirill Dmitriyev maqolada qanday ma’lumotlar keltirilgani va uning jahon ilm hamjamiyatiga ahamiyati haqida gapirdilar

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Rossiyada COVID-19 ga qarshi Sputnik V vaksinasi ro‘yxatga olinganidan sal kam bir oy o‘tib, jahondagi eng obro‘li ilmiy jurnallardan biri - The Lancet bugun ikkita faza klinik tadqiqotlari natijalarini e’lon qilmoqda. Bu Rossiya bilan bir qatorda xalqaro ilmiy hamjamiyat vakillari tomonidan kutilgan voqeadir.

Sotrudnitsa laboratorii provodit ispitaniya vaksini ot COVID-19 v sentre epidemiologii i mikrobiologii imeni N. F. Gamalei. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini 27ta davlat xarid qilishni istayapti

E’lon qilingan materialda chet ellik ekspertlar tanqidlariga javob berish bilan birgalikda, uzoq kutilgan aniqliklar kiritib o‘tilgan - koronavirusga qarshi dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan vaksina bo‘lgan rossiyalik olimlar ishlanmasi kasallikka qarshi kurashda samarador bo‘libgina qolmay, qo‘llanilishda ham xavfsizdir.

Maqolalar seriyasiga start

The Lancet 1 va 2-faza natijalarini e’lon qilmoqda, Gamaleya nomidagi NITSEM ishlab chiqaruvchilarining ishonch bilan aytishicha, bu ilmiy jurnallarda chop etiladigan qator maqolalar sari birinchi qadam bo‘ladi.

Rossiya pervoy v mire zaregistrirovala vaksinu ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi vaksinaning "foydasi yo‘qligiga" ishonmang - BSST

"Sentabr oyida vaksinaning hayvonlarda - sut-emizuvchilar, suriya og‘maxonlari, transgen sichqonlarda - o‘tkazilgan tadqiqotlari to‘liq chop etish uchun taqdim qilindi. Vaksinalar himoya jihatdan 100% samaradorlikni ko‘rsatgan (sut-emizuvchilar va suriya og‘maxonlari bo‘yicha natijalar klinik sinovlardan oldin olingan). Vaksina ro‘yxatga olingach 40 ming nafar ko‘ngillilar ishtirokida ayni vaqtda boshlab yuborilgan klinik tadqiqotlar bo‘yicha ilk natijalar oktabr-noyabr oylarida chop etiladi", - deya aniqlik kiritgan Gamaleya markazi.

Xavfsizligi tasdiqlangan vaksina

Gamaleya nomidagi NITSEM mutaxassislari o‘z ilmiy maqolalarida keltirgan asosiy xulosalardan biri - "Sputnik V" vaksinasining xavfsizligidir. Ekspertlar vaksinalashning 1 va 2-klinik fazalari tadqiqotlar natijalariga ko‘ra baho beriladigan bironta mezon bo‘yicha jiddiy noxush holatlar aniqlashmagan. Hamma nomzod-vaksinalar ham bunday natija bilan maqtana olmaydi, ularning ayrimlarida noxush jiddiy holatlar darajasi 25%ga yetadi.

Muddatdan oldingi immunitet

The Lancet chop etgan maqolada, shuningdek, "Sputnik V" vaksinasi samaradorligining ilmiy dalillari keltirilgan. Misol uchun, uning ikki bosqichda kiritilishi kabi noyob texnologiyasi tufayli emlanganlar organizmida koronavirusga qarshi 100%lik immun javob hosil bo‘ladi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi qachon eksportga chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Gamaleya nomidagi NITSEM direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Denis Logunovning qat’iy ta’kidlashicha, vaksinani olganlarning barchasida 100% holatlarda gumoral va hujayra immun javobi kuzatiladi, bu insonni COVID-19dan ishonchli himoyalash uchun yetarli hisoblanadi.

"Emlangan ko‘ngillilardagi antitanachalar darajasi kasallanganlarga qaraganda 1,4-1,5 barobar ko‘pligi aniqlandi - taqqoslash uchun - britaniyaning AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasida vaksinalangan ko‘ngillilar organizmidagi antitanachalar darajasi koronavirus infeksiyasini boshdan kechirganlarnikiga deyarli teng edi", - deydi rossiyalik mutaxassislar.

Ekspert qanday hollarda emlash mumkin emasligi haqida ma’lumot berdi >>>

Gamaleya nomidagi NITSEM "Sputnik V" vaksinasining klinik tadqiqotlari doirasida barcha ko‘ngillilarda koronavirus bilan infeksiyalangan hujayralarni aniqlash va yo‘q qilish xususiyatiga ega CD4 +, shuningdek, CD8 + hujayralari bilan taqdim qilingan T-hujayrali immunitet shakllanganini tasdiqlaydi.

Vaksina 100% holatlarda ish beradi

Inson adenovirus vektorlari asosida yaratilgan vaksinalarda ilmiy jamoatchilikning eng katta havotirlaridan biri – ayrim odamlarda adenoviruslarga nisbatan oldindan mavjud bo‘lgan immunitetning mavjudligi edi -  "Sputnik V"da esa aynan shunday usuldan foydalaniladi.

Boshqacha qilib aytganda, immunitetimiz organizmga vaksinada "taksi" xizmatini bajarib, hujayralarga koronavirus tashqi qobiqlarining genetik materialini yetkazib beradigan adenoviruslarni zarur miqdorda o‘tkazmasligi mumkin, degan havotir mavjud edi (shunisi muhimki, koronavirusning o‘zi organizmga vaksina bilan birga tushmaydi va bu holat koronavirus bilan infeksiyalanish imkoniyatini to‘liq yo‘qqa chiqaradi).

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy vaksinasi yil oxirida sotuvga chiqariladi

Odamlar tez-tez adenoviruslar (oddiy shamollash) bilan og‘rishlari tufayli, ularda immunitet shakllangan bo‘lishi mumkin, u amalda adenovirus vaksinasi samaradorligini pasaytirishi mumkin. Ammo Gamaleya nomidagi NITSEM jamoasi tomonidan taqdim etilgan tadqiqotlar natijalari aksini isbotlamoqda: undan oldin mavjud bo‘lgan immunitet vaksinalash samaradorligiga ta’sir o‘tkazmaydi.

"Optimal xavfsiz dozirovka tanlangan bo‘lib, u vaksinalanganlarda 100% samarali immun javobni ta’minlaydi, hatto yaqinda adenovirus infeksiyasi bilan bemorlanganlarda ham. Bu tekshirilmagan platformalar asosida yaratilgan yangi vaksinalar ahamiyatini pasaytiradi", - deya izoh berishdi ilmiy tashkilotda.

Proizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarilishi boshlandi

Bunday tekshirilmagan platformalar sifatida ayrim g‘arb kompaniyalari ishlanmalarini misol keltirish mumkin, ular inson adenoviruslariga nisbatan xavflar tufayli boshlangan edi. Bunday ishlanmalarning ayrimlari, misol uchun mRNK texnologiyasi (Moderna kompaniyasi vaksinasi) yoki shimpanze adenovirusi (AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi), bunga qadar hech qachon ro‘yxatga olingan vaksinalarni yaratishda qo‘llanilmagan. Bunday preparatlar uzoq muddatli sinovlarga muhtoj, sababi ularning organizm reproduktivligi yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan onkologik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi yuqori kanserogen xususiyatlarga ta’siri xavfi mavjud.

The Lancet jurnalida rossiyalik olimlar "Sputnik V" asosini tashkil qiluvchi platforma xavfsizligiga doir tadqiqotlarga havolalarni taqdim etishgan. "Xususan, 1953-yildan boshlab dunyoda ular negizida yaratilgan vaksinalar va dorilar xavfsizligini tasdiqlovchi 250dan ziyod klinik tadqiqotlar o‘tkazilgan va 75ta xalqaro maqolalar chop etilgan", - deya tushuntiradi Denis Logunov.

Press-podxod D. Trampa pered otletom v Detroyt - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi haqida fikr bildirdi

"Odam adenovirusi vektorlariga asoslangan preparatlar amalda 15-yildan ortiq vaqtdan beri qo‘llanilib kelinmoqda. Xususan, bu Xitoyda 12-yildan ortiq vaqtdan beri qo‘llanilib kelinayotgan Ebola virusiga qarshi vaksina va saratonga qarshi "Genditsin" preparatidir".

Ikki vektorli noyob texnologiya

Akademik Aleksandr Ginsburgning aytishicha, ikkita adenovirus - 5 va 26 serotipdan - ikkita alohida privivkada foydalanish "Sputnik V" vaksinasining noyob xususiyati hisoblanadi.

Rossiyaning yangi COVID-19ga qarshi vaksinasi haqida batafsil >>>

Bugungi kunda ko‘plab ekspertlar tomonidan ikki bosqichli vaksina koronavirusga qarshi immunitetni sezilarli kuchaytirishga qodir omil sifatida tan olingan. Ammo ikkita privivka uchun bittayu bitta vektorning ishlatilishi holatida immun tizimi himoya mexanizmlarini ishga tushiradi va ikkinchi ukolda preparatni rad etishni boshlaydi. "Sputnik V"da ikkinchi vektorning qo‘llanilishi bu muammoni to‘laligicha hal etadi va keltirib o‘tilgan neytrallashtiruvchi ta’sirdan qochishga yordam beradi.

Gamaleya vs AstraZeneka

Ikki marta emlanadigan vaksinani sinovdan o‘tkazish uchun ko‘ngillilar soni yetarli emasligi haqidagi tanqidlarga javoban, olimlar, ushbu tizim, masalan, nomzod-vaksinalarni ishlab chiqishda yetakchi bo‘lgan AstraZeneca kompaniyasiga qaraganda ko‘proq odamlarda sinovdan o‘tkazilgani haqida eslatadilar. Britaniya farmatsevtika giganti o‘z vaksinasining ikkita ukoli samaradorligini aniqlash uchun vaksinaning 1 va 2 fazalarida 4-marta kam bo‘lgan ko‘ngillilardan foydalangan.

"Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasining ikkita inyeksiyalari ko‘rinishida o‘tkazilgan klinik sinovlarning 1 va 2 fazalarida ishtirok etganlar soni AstraZenecada ikkita inyeksiya kiritilgan subyektlarga nisbatan 4 barobar ko‘p bo‘ldi",  - deya tushuntiradi RFPI bosh direktori Kirill Dmitriyev.

Yagona xavfsiz texnologiya

O‘tgan haftada AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dorivor vositalari bo‘yicha nazorat boshqarmasi joriy epidemiologik holatda nomzod-vaksinalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni tezlashtirish jarayonidan foydalanilishi ehtimoli haqida e’lon qildi, bu esa o‘n minglab ko‘ngillilarda uchinchi faza bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilishi zaruratidan voz kechilishini anglatadi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vaksinasiga 20tadan ziyon davlat qiziqish bildirdi

Buyuk Britaniya hukumati ham xuddi shunday yondashuvni qo‘llash to‘g‘risida gap ochgan edi. Shu bilan birga ushbu davlatlardagi regulyatorlar faqatgina o‘z samaradorligi va xavfsizligini isbotlagan vaksinalar tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkinligini qayd etishgan.

Bizning mutaxassislarimiz fikricha, bu talablarga javob beruvchi preparatlar soni unchalik ham ko‘p emas.

"Bugungi kunda ushbu mezonlarga mos bo‘lgan yagona texnologiya - inson adenoviruslari vektorlari asosidagi platformadir. U bir necha o‘n yilliklar davomida ko‘psonli tadqiqotlar natijasida o‘z xavfsizligini isbotlagan", - deydi Kirill Dmitriyev.

The Lancetdagi maqola - bu "uzil-kesil javob"

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari fondi bosh direktori Kirill Dmitriyevning tushuntirishicha, The Lancetdagi klinik sinovlar natijalarining chop etilishi joriy yil avgust oyida "Sputnik V" vaksinasi ro‘yxatga olingach "Rossiyaga qarshi qaratilgan savollar raundida qat’iy javobdir".

Immunolog Rossiya vaksinasi haqida: "u miltiq kabi, otishga shay" >>>

"Endilikda, o‘z navbatida, Rossiya ham xalqaro hamjamiyatga ba’zi savollarni yo‘llashi mumkin. Shimpanze adenovirusi yoki mRNK asosida yaratilgan vaksinalarning uzoq muddatli samaradorligini isbotlovchi va ularni qo‘llash kanserogen xatarlar va  bepushtlikka olib kelmasligi haqidagi rasmiy ma’lumotlarni chop etishga chaqiramiz. Shu bilan birga nega AstraZeneca noxush salbiy ta’sirlar yuzaga kelganida, yuridik da’voni rad etishga bu qadar oyoq tirab turibdi, shu haqda tushuntirish berilsa, yomon bo‘lmasdi", - deya ta’kidlaydi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0