17:00 26 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
571 0 0

Oʻzbekiston va Qozogʻistondan amalga oshiriladigan gaz importi Tojikiston uchun strategik ahamiyatga ega, deydi ekspert Tilav Rasulzoda

TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. Qozogʻiston va Oʻzbekistondan Tojikistonga suyultirilgan gaz yetkazilishining qisqarishi jiddiy muammo boʻlib, uni eng qisqa fursat ichida davlat darajasida hal qilmoq lozim, dedi ekspert Tilav Rasulzoda Sputnik Tojikiston nashriga bergan intervyusida.

Rasulzodaning soʻzlariga koʻra, Tojikiston birinchi galda, nima sababdan qoʻshni respublikalar suyultirilgan gaz importini cheklaganliklarini aniqlashtirish zarur boʻladi. Agar yetkazib berish hajmi bir haftaga boʻlsa ham pasayadigan boʻlsa, mamlakatda yoqilgʻi narxlari keskin ravishda oshadi, deya fikr bildiradi ekspert.

"Tojikiston suyultirilgan tabiiy gazni ishlab chiqarmaydi va bu mamlakatdagi aksariyat odamlar bu yoqilgʻidan foydalanadilar, chunki u arzon", - deydi Rasulzoda.

Bundan tashqari, yoqilgʻi narxining oshishi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxiga ham taʼsir koʻrsatishi mumkin, deya ogohlantiradi u.

"Fermerlar oʻz mahsulotlari narxiga transportirovka harajatlari summasini ham qoʻshishlariga toʻgʻri keladi, shu bois, biz buni xohlaymizmi-yoʻqmi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qimmatlashadi", - deya tushuntiradi ekspert.

Mutaxassisning aniqlik kiritishicha, oʻzbek va qozoq gazi importi Tojikiston uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab, shu bois, yoqilgʻi yetkazib berish boʻyicha shartnomalar toʻliq bir yilga imzolanishi kerak, deya aniqlik kiritadi. Chunki ana shundagina eksporter-davlat oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi kerak boʻladi. Shu bilan birga, chet el kompaniyalari Dushanbeni yetkazib berish hajmini qisqartirishlari haqida oldindan ogohlantirishlari kerak edi.

"Istalgan davlat shartnomadan istalgan vaqtda chiqishi mumkin, mazmunidagi holat yuz bermasligi kerak", - deya qayd etadi u.

Sal oldin Tojikiston monopoliyaga qarshi xizmati Oʻzbekiston va Qozogʻistondan suyultirilgan gaz yetkazib berilishida uzilishlar yuz berayotgani haqida maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular