16:03 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
788 0 0

Oliy iqtisodiyot maktabining (OIM) jahon iqtisodiyoti va jahon siyosati fakulteti dekanining birinchi oʻrinbosari, iqtisodchi Igor Kovalyov nima sababdan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq bilan oʻzaro hamkorlik respublikaga foyda keltirishini tushuntirdi.

4 sentyabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Oʻzbekistonga YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini taqdim etish masalasini koʻrib chiqdi. Yakuniy qaror ittifoq davlatlari rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.

Iqtisodchi Igor Kovalyovning fikriga koʻra, respublikaning yaqin aloqalar allaqachon yoʻlga qoʻyilgan integratsion blokka qoʻshilishi bu, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi sabab dunyoda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz sharoitida muhim boʻlgan uning rivojlanishi uchun qoʻshimcha turtkidir. U Oʻzbekistonga qoʻshimcha resurslar lozim deb hisoblaydi.

“Har qanday integratsion birlashmaning vazifasi uning ishtirokchilari uchun salbiy tomonga qaraganda foydali tomonlari koʻproq boʻlishi yoʻlida oʻz siyosatini yoʻlga qoʻyishdir”, - deb eslatdi ekspert. – Oʻzbekiston oʻta muhim bozor, u yerda YEOII mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish, va aksincha – yetishmagan mahsulotlarni u yerdan sotib olish mumkin.

Iqtisodchining toʻliq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Dlya chego Uzbekistan sblijayetsya s YEAES — mneniye ekonomista

Asosiy mavzular