20:40 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Analitika
Havola olish
293950

AQSH moliyachilarining eng qoʻrqinchli tushi boshlandi - Xitoy oʻz ixtiyorida boʻlgan 1 trillion AQSH davlat qarzlarini sotishga qaror qildi. AQSH iqtisodi bunga dosh bera oladimi? Dollarga asoslangan dunyo moliya tizimi-chi?

Xitoy va AQSH moliyaviy ekspertlari ayni damda Pekin AQSH sanktsiyalariga javoban Xitoy qoʻlida ushlab turgan bir trillionlik Amerika davlat obligatsiyalarining 20 %ini sotishga qaror qilgani haqidagi xabarlarni muhokama qilishmoqda.

Turli ekspertlar ushbu hodisani turlicha baholashmoqda: Amerika bozorida “haqiqiy apokalipsis”dan tortib AQShga hatto “chivin chaqqandek” ham boʻlmasligigacha.

His-tuygʻularga berilmasdan xotirjam fikr yuritganda, ushbu voqeaning uzoq muddatlari istiqbollariga ham nazar solish mumkin.

Gonkongda joylashgan South China Morning Post nashri yozishiga koʻra, “Xitoy oʻz qoʻlida boʻlgan AQSH qimmatbaho qogʻozlari miqdorini bosqichma-bosqich – 800 million dollargacha kamaytirishi mumkin. Xitoy ancha vaqtdan beri AQSH iqtisodiga zarar yetkazish maqsadida obligatsiyalaridan voz kechishni niyat qilgan edi, lekin shu bilar vaqtda Vashington tomonidan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan sanktsiyalar va Qoʻshma Shtatlardagi Xitoy mulkini hibsga olish kabi oqibatlarini ham taroziga solib koʻrayotgan edi”, - deyilgan xabarda.

Vaziyatga iqtisodiy tomondan nazar solganda, Xitoyning 20% va hatto 50% obligatsiyalardan voz kechishi ham Oq Uyga jiddiy zarar yetkaza olmaydi. Sabab oddiy matematikada: faqatgina 2020 yilda AQSH byudjet defitsiti 3,3 trillion dollarni tashkil qildi. Ushbu vaziyatda Federal Rezerv tizimi uchun 200 yoki 500 milliard qoʻshimcha dollar “chop etish” – hech narsa emas.

Lekin vaziyatga boshqa tomondan qaraganda AQShning ushbu ustuvorligi bir zumda darz ketishi mumkin. Amerikaning bugungi moliyaviy ustuvorligi siri - dollar dunyoning eng ommaviy rezerv valyutasi ekanidadir. AQSH ushbu ustuvorlikni taʼminlash uchun, birinchidan – butun dunyoda dollarga doimiy talabni taʼminlash (neftni faqat dollarga sotish,) va ikkinchidan – dollarga qarshi chiqqan, tashqi iqtisodida dollardan voz kechishga urinayotgan har qanday siyosatchini va uning mamlakatini yoʻq qilib tashlash bilan shugʻullanib kelmoqda.

Dollarga boʻlgan talabning asosiy manbaalari – boshqa davlatlar Markaziy banklari va Moliya vazirliklaridir. Ularga, odatda, xorijiy investorlar nazarida oʻz valyutalariga ishonchni oshirish uchun, Amerika davlat obligatsiyalari koʻrinishida boʻlgan valyuta rezervlari kerak. Yaʼni stabil valyutaga ega boʻlishni istagan mamlakatlar AQSH iqtisodini moliyalashtirishga majbur qilindi. Soʻnggi 50 yil davomida dunyo moliya tiziminning asosiy maqsadi – ana shu tizimni saqlab qolish boʻldi.

Ushbu nuqtai nazardan Xitoy tomonidan AQSH obligatsiyalarini soqit qilish – AQShga jiddiy ziyon yetkazmasa-da, dunyo dunyo moliya tizimidan dollarni soqit qilishga qaratilgan yaqqol mayoq boʻladi.

Agar yuan, dollarni soqit qilganidan soʻng, hech kimga keraksiz valyutaga aylanib qolmasa va Xitoy iqtisodiyoti normal ishlashda davom etsa, bu dunyoning eng yirik iqtisodi boʻlgan Xitoyning dollarga mutanosiblikdan voz kechishga muvaffaq boʻlganining isbotiga aylanadi. Mana bu esa AQSH uchun har qanday qisqa muddatli oʻsish-kamayishdan koʻra kattaroq zarbaga aylanadi. Muammo esa - Xitoy obligatsiyalarni sotishni eʼlon qilgan vaqtdayoq boshlanishi mumkin.

Ekspertlardan biri Xitoyning ushbu yoʻlni tanlashiga yaqinda amalga oshirilgan Rossiya tajribasi boʻlganini taʼkidlamoqda. Moliyaviy konsalting boʻyicha eng tajribali korxonalardan biri hisoblangan BCA Research mutaxassisi South China Morning Post nashriga shunday degan “Xitoy banklari dollar tizimidan uzib qoʻyilishi mumkin degan tahdidlardan soʻng, Pekin Rossiya tajribasidan oʻrnak olishi mumkin. Rossiya Markaziy banki AQSH obligatsiyalari hajmini 2011 yilda boʻlgan 175 millarddan 0 dollargacha tushirdi” va “Pekin Rossiya tajribasi va Rossiya strategiyasidan albatta foydalanadi” deb qoʻshimcha qildi ekspert.

Shu bilan birga Xitoy nafaqat Amerika obligatsiyalaridan voz kechishi, balkim dunyoning yangi moliyaviy qutbiga aylanishga harakat qilishi mumkin. Yaponiyaning Nikkei agentligigi xabariga koʻra, 1 sentyabrdan boshlab Xitoy  xorijiy investorlarga oʻz ichiki obligatsiyalar bozoriga kirishga ruxsat bergan. Bir qator yirik xorijiy investorlar bunga qiziqish bildirmoqda.

Maslan Shveytsariyaning Juliues Baer banki investitsiyalar direktori Iv Bonzon yaqinda oʻz mijozlariga shunday deb yozgan edi: "Biz anchadan beri Xitoy iqtisodiy modeli v uning dunyo iqtisodiyotiga tobora oshib borayotgan taʼsiri xitoy aktsiyalariga strategik sarmoyalar kiritishni talab qiladi, degan fikrdamiz. Endi boʻlsa ana shunday nazar bilan Xitoy obligatsiyalar bozoriga ham qarayapmiz. <...>

Xitoy obligatsiyalariga strategik sarmoyalar kiritishga bir necha sabablar bor. Xitoy davlat obligatsiyalar bozori dunyoda eng yirik bozorlardan biriga aylanmoqda va shu sababli oʻsib borayotgan obligatsiya indekslari qatoriga qoʻshimoqda. Bu oʻz navbatida ushbu obligatsiyalarning likvidligini va shaffofligini belgilaydi. Xitoy iqtisodiy siyosati va Markaziy banki foiz stavkalari oʻz dasturiga asoslangandir. Soʻnggi oʻn yillikka qadar Xitoy MB asosan Federal Rezerv siyosatiga amal qilib, uning foiz stavkasiga sinxron ravishda oʻz stavkasini oʻzgaritib kelayotgan edi. Endi boʻlsa Xitoy diqqat markazi mamlakat ichkarisi tomon yoʻnaltirilgan boʻlib, uning Markaziy banki nafaqat AQSH boshchiligidan ozod boʻldi, balkim oʻzi ham qator Osiyo davlatlari iqtisodiyoti uchun oʻrnak boʻlmoqda". 

Agar vaziyat ana shunday davom etaversa, Amerika Qoʻshma shatalari obligatsiyalar bozori nafaqat dollar chop etishdan, balkim oxirgi 50 yil davomida AQSH iqtisodiga misli koʻrilmagan moliyaviy ustuvorliklar berib turgan - dunyoning asosiy moliyaviy oqimlarining Xitoy tomoniga oqib ketishidan ham zarar koʻra boshlaydi.

Hozircha biz ushbu yoʻlning eng boshida turibmiz, lekin vaziyat ana shunday rivojlanishi Vashingtonni shunchalik qoʻrqitayaptiki, Donald Tramp ham va Jo Bayden jamoasi ham dollarlashgan moliya tizimining kuni bitmasdan turib Xitoyni ham iqtisodiy ham jismoniy yoʻq qilishga mutlaq shay ekanliklarini namoyish qilmoqda. Vashington muammosi shundaki, ushbu "tayyorlik" amerika moliya tizimini saqlab qolish uchun yetarli boʻlmasligi mumkin. 

Asosiy mavzular