Deutsche Bank: global tartibsizlik davri kelmoqda

© Commons.wikimedia / Raimond SpekkingZdanie shtab-kvartiri Deutsche Bank vo Frankfurte-na-Mayne
Zdanie shtab-kvartiri Deutsche Bank vo Frankfurte-na-Mayne - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyaning eng yirik banki kelajakda insoniyat AQSh va Xitoy o‘rtasida yangi sovuq urush hamda avlodlar raqobatini boshidan kechirishi mumkin dedi.

TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Germaniyaning eng yirik banki Deutsche Bank dunyoda "Tartibsizlik asri" boshlanayotganini xabar qildi. 

"2020 yilda insoniyat, ehtimol, yangi davrga qadam qo‘yadi. Uni "tartibsizlik" davri deyish mumkin. Buning asosiy sabablaridan biri Xitoy va AQSh o‘rtasidagi sovuq urush bo‘ladi", - deyilgan bank e’lon qilgan yangi izlanish xulosasida.

1980 yillardan buyon davom etib kelayotgan Globallashuv (ya’ni barcha davlatlar orasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalar integratsiyasi) davri yakunlanib, uning o‘rniga "Tartibsizlik asri" kirib kelmoqda.

Prezident RF Vladimir Putin i predsedatel Kitayskoy Narodnoy Respubliki (KNR) Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Xitoy qoidalarni qayta yozmoqda. AQSh “yangi davr”da yashashga tayyorlanmoqda

Ushbu davrda Xitoy iqtisodi AQSh iqtisodidan o‘sib ketadi va ushbu ikki davlat orasidagi munosabatlar keskinlashadi. Yangi davr markaziy banklarning "vertolot pullari" siyosati va milleniallar avlodi ta’siri kuchayishi bilan ajralib turadi, deyilgan bank izlanishida. 

*Vertolot pullari - degani odamlar tepasidan vertolotdan istalgancha pul sochilsa ham bu real iqtisodiy o‘sishiga olib kelmaydi, faqat inflyatsiya va narxlar oshishiga olib keladi, degan nazariyani anglatadi. 

Bank xulosasiga ko‘ra, tartibsizliklar dastlabki 10-yillikda yoki undan uzoqroq vaqt davomida sodir bo‘lishi mumkin.

Deutsche Bank xulosasiga ko‘ra tartibsizlik davri 8ta xususiyatga ega bo‘ladi:

  • AQSh va Xitoy orasida munosabatlar yomonlashuvi, yangi sovuq urush;
  • Yevropa pandemiya oqibatida iqtisodiy stagnatsiya va siyosiy tarqoq holatga tushib qolishi; 
  • davlatlar qarzlari ko‘payishi va "Vertolot pullari" siyosati, inflyatsiya;
  • iqtisodiy notenglikning kuchayishi, boylardan olinadigan soliqlar oshishi; 
  • avlodlar orasida raqobat kuchayishi;  
  • iqlim masalalarida global xavotirlarning kuchayishi; 
  • yangi texnologik revolyutsiya;

Yangi Sovuq urush 

"Ushbu 10-yillikning oxiriga qada Xitoy YaIM bo‘yicha AQShdan ham o‘zib ketishi mumkin. Bu nafaqat iqtisodiy balkim real urushga ham olib kelishi mumkin. Chunki insoniyat tarixida bir iqtisodi ikkinchisini quvib yetgan 16ta holatdan 12tasi urush bilan yakunlangan. Bizning kunlarda harbiy to‘qnashuv ehtimoli kam, lekin iqtisodiy urush bo‘lishi aniq. Undan tashqari ushbu qarama-qarshilik albatta u yoki bu taraf bo‘lgan bloklar tashkil bo‘lishiga olib keladi. ", - deyilgan Deutsche Bank xulosasida. 

Avlodlar raqobati 

Germaniya banki hisob-kitobiga ko‘ra 2030-yillarga kelib millenial saylovchilar soni 1980-yildan oldin tug‘ilganlardan oshib ketadi va saylovlarda ular hal qiluvchi rol o‘ynay boshlaydi. Yosh avlod ekologik muammolar haqida ko‘proq  xavotir oladi va yangi texnologiyalar kirib kelishi tarafdori bo‘ladi.

Tez orada butun dunyoda uglevodorodlardan foydalanish solig‘i joriy etilishi ham mumkin. 

 

Yangiliklar lentasi
0