02:41 03 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Analitika
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1294)
297740

Jahon vaktsina poygasi katta tezlikda finishga tomon yoʻl olmoqda, ammo u yoʻl-yoʻlakay siyosiy voqealar, katastrofalar va janjallar kalavasini oʻziga oʻrab ketmoqda

Viktor Maraxovskiy

Yaqinda yuz bergan voqea vaktsina sinovlarida qatnashayotgan ayollarning birini orqa miyasida yuz bergan yalligʻlanish tufayli poyganing yetakchi ishtirokchilaridan biri - shved-britan vaktsinasi boʻlgan AstraZeneca trassadan chiqib ketdi (yoki u pit-stop uchun vaqtincha kirganmidi, hozircha tushunarsiz). OAVlari yoz davomida "Rossiya vaktsinasi III faza yakunlanmasidan roʻyxatdan oʻtkazildi, bu shishirilgan yetakchilik", deya bong urib, Rossiyani fosh qilish bilan mashgʻul boʻlgan Buyuk Britaniya va AQShning oʻzi vaktsinani tezlashtirilgan shaklda tasdiqlashga tayyorlanmoqda.

Aytgancha, Rossiyaga taqlid qilish gʻarb OAVlariga uni fosh qilish yoki shu mavzu atrofida gap-soʻzlarni koʻpirtirishga mutlaqo halal bergan emas.

Xususan, CNNda "putin vaktsinasi taʼlim ishchilari orasida muxolifatni uchratmoqda", degan matnni uchratamiz. Unda yozilishicha, oʻz sogʻligʻidan havotir olgan allaqanday kichik tarkibdagi oʻqituvchilar kasabalar uyushmasi pedagoglarni emlanmaslikka daʼvat qilib, onlayn-petitsiyani ishga tushirgan. Profsoyuz rahbari, yetakchi ayol, ingliz tili oʻqituvchisining bilim darajasini u tomonidan aytilgan gaplar yaqqol namoyon etib turibdi: "Birinchidan, hammamiz yaxshi bilamizki, Rossiya vaktsinalari sifati, chet eldagilarnikiga qaraganda ancha yomon", - deydi hukmfarmo ohangda filolog. Ikkinchidan esa, u juda tez ishlab chiqarildi. Toʻgʻri, hozircha hech kim zoʻravonlik bilan emlashdan shikoyat qilgan emas, ammo rus hukumatidan koʻp narsani kutsa boʻladi.

Yoki, masalan, Bloomberg nashrida allaqanday amerika universiteti olimlari "Lancetda eʼlon qilingan testdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hisobotda tadqiqot ishtirokchilari antitanachalari darajasi oʻta shubhali darajada oʻxshashligi sababli rus vaktsinasi sinovlari natijalaridan shubhalanishayotgani" haqida yozilgan. Soxtalashtirish haqida ochiq aytilmagan, toʻgʻri, biroq, "bu, oʻsha, Olimpiadani ham soxtalashtirgan oʻsha ruslar", deya oʻta fol ravishda koʻz qisib, hammaga ishora qilinayotgani yaqqol ayon.

...Bu xushtakbozliklarda bir jihat borki, u hali bizda toʻlaligicha anglangan emas.

Gap shundaki, AQShda vaktsina izlash muammosi, xuddi koronavirus bilan bogʻliq har qanday narsa kabi chuqur siyosiylashgan. Oʻsha, hozirda "toʻxtatilgan" AstraZeneca vaktsinasi — Donald Trampning "vaktsinaga oid" umidlaridan biri boʻlib, u uchun 200 000 amerikalikni nobud qilgan va millionlab insonlar hayotini tor-mor qilib, umidlarini puchga chiqargan koronavirusga qarshi biror vositani oʻz saylovchilariga taqdim etish - Jo Bayden darvozasiga urilgan saylovoldi gol boʻladi.

Shu bilan birga, demokratik OAVlar goʻyoki tadqiqotlarni tezlashtirayotgan va amerikaliklar salomatligini xavf ostiga qoʻyayotgan Trampga qarshi, rossiya vaktsinasiga qarshi ishlatgan "fosh qilish" aktsiyasini keng avj oldirgan: siyosiy ochko toʻplash uchun prezident tekshirilmagan va qanday asoratlarni keltirib chiqarishi mumkinligi nomaʼlum boʻlgan vositani bozorga chiqarib yuborishga tayyor.

Aytgancha, Trampga qarshi kampaniyaning "toʻgʻrirogʻi, bir-biriga ustma-ust yotqizilgan antitramp, antirossiya va antixitoy kampaniyasining) rostdan bir yovvoyi taʼsiri bor: ijtimoiy xizmatlar keltirayotgan dalillarga muvofiq, amerikaliklarning uchdan ikki qismi maʼqullangan vaktsina paydo boʻlganidan keyin darhol emlanmasliklarini bildirganlar.

Tramp ustidan gʻalaba qozonish uchun, uni dushmanlari, koʻrib turganimizdek, oʻz vatandoshlarini antiemlanuvchilarga aylantirishga tayyor, yaʼni ularga umuman vaktsinalarga nisbatan ishonchsizlikni singdirmoqchi (keyin uzoq vaqt davomida bu irratsional bidʼatni ildizi bilan yoʻq qilishga majbur boʻlamiz).

...Va nihoyat, juda bir qiziq xulosa.

Gʻarb davlatlarida, Rossiyaning har qanday yutuqlari printsipial, reflektor darajada tan olinmasligi, rad etilishi sir emas. Asrlar davomida oʻzini istalgan sohada pioner va yetakchi, atrofdagi davlatlarni esa minnatdor yoki koʻrnamak yovvoyi sifatida koʻrsatish oʻz tamgʻasini qoldiradi, albatta. Undan shunchaki voz kechish oson ish emas.

Shu boisdan, ruslarning har bir "sputnigi", xoh u Yerning birinchi sunʼiy yoʻldoshi boʻlsin, xoh "Sputnik V" - bu odamlar uchun shok hisoblanadi va ularni sarosimaga soladi.

Aytgancha, sputniklardan soʻng kosmonavtlar davri keladi. Va bunda kimdir hali kamikadze-maymunlarni uchirayotgan bir mahalda, boshqa kimdir Gagarinni uchirayotgan boʻladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1294)

Asosiy mavzular