06:11 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Analitika
Havola olish
389 0 0

Amerikaliklar “Shimoliy oqim-2”ga oid yangi sanktsiyalar eʼlon qilishga tayyorlanishmoqda, oʻzlari esa Rossiya neftining eng yirik importchisi boʻlishdi.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Natalya Dembinskaya. Amerikaliklar “Shimoliy oqim-2”ga oid yangi sanktsiyalar eʼlon qilishga tayyorlanishmoqda, shu bilan birga oʻzlari Rossiya neftining eng yirik importchisi boʻlishdi. Yetakchi tahliliy nashrlardan birining taʼkidlashicha, bunday pozitsiya riyokorona va Rossiyadan neft olishni taqiqlasa boʻlardi. Faqat shunday boʻlishi dargumon: bu holda ogʻir neftga moslashgan neftni qayta ishlash zavodlari bosh koʻtaradi.

Eng yirik isteʼmolchi

Kongress “Shimoliy oqim-2” loyihasi bilan bogʻliq Yevropa kompaniyalariga cheklovlar joriy etmoqchi. Bu Germaniyada tanqidlarga sabab boʻldi, Berlin hatto kontrsanktsiyalar bilan tahdid qildi.

AQSH Davlat departamenti "Shimoliy oqim — 2"ga munosabatni qayta koʻrib chiqishga chaqirdi

“The National Interest” (NI) Amerikaning nufuzli tahliliy nashrining yozishicha, bunday munosabatni tushuntirsa boʻladi: Vashingtonning ikkiyuzlamachiligi ayon. Bu yil AQSH eksportning jami 12 foizini xarid qilib, Rossiya xom nefti importchilari orasida yetakchi oʻrinni egalladi.

Vyacheslav Kulagin
© Sputnik / Vladimir Trefilov

AQSH Energetika axborot boshqarmasi (EIA) maʼlumotlariga koʻra, birinchi yarim yilda Rossiyadan AQShga toʻqqiz million tonnadan ziyod (68 million barrel) neft mahsulotlari yetkazib berilgan – bu 16 yil ichidagi rekord.

Riyokorona yondashuv

Idoraning aniqlik kiritishicha: rasmiyatchilik nuqtai nazaridan Qoʻshma Shtatlar – ikkinchi oʻrindi, chunki Niderlandiya 12,9 million tonna sotib olgan. Biroq bu mamlaka – tranzit markazi, u yerdan neft mahsulotlari boshqa davlatlarga joʻnatiladi. Amerika esa neftni oʻzining qayta ishlashi uchun xarid qiladi va bu yerda Vashington raqobatdan tashqarida.

Nashr mana bunday yechimni taklif qilmoqda: qonunchilik darajasida Rossiyadan importni taqiqlash. Masalan, kongress bu yetkazib berishlar bilan taʼminlayotgan kompaniyalarga qarshi moliyaviy sanktsiyalar kiritgan boʻlardi.

Ammo buni amalda qanday amalga oshirilishi mutlaqo noayon: axir oʻzlarining uchinchi mamlakatlarga qarshi sanktsiyalari tufayli amerikaliklar Rossiya xom-ashyosiga toʻgʻridan-toʻgʻri qaram boʻlib qolishdi. Va buni oʻtgan yili rasman tan olishgandi.

Muqobili yoʻq

Rossiya AQShga xom neft yetkazib beruvchilarning oltinchisi, xolos. 2020 yil fevral oyiga kelib esa ikkinchi oʻringa chiqib oldi. Faqat Kanadadan ortda qoldi. Venesuelaning ogʻir neftidan mahrum boʻlgan va Erondan neft importi keskin tushib ketishiga duch kelgan amerikaliklarning zudlik bilan muqobil yetkazib beruvchilarni izlashlariga toʻgʻri keldi.

Muammo shundaki, bir qator neftni qayta ishlash korxonalari texnologiyasi Perm havzasi va Gʻarbiy Texasning yengil neftidan foydalanishga imkon bermaydi. Meksika koʻrfazi va Sharqiy sohil neftni qayta ishlash zavodlari eng yomon vaziyatga tushib qoldi.

Bu zavodlar oltingugurtli turiga moʻljallangan, shu bois yengil neftni ilgari Venesueladan sotib olishgan ogʻiri bilan aralashtirish kerak. Biroq oʻtgan yil yanvar oyida Donald Tramp Karakasga qarshi sanktsiya kiritdi. Natijada Venesuela eksporti 32 foizga – sutkasiga 1,001 million barrelgacha quladi.

Amerika neftni qayta ishlash zavodlari oldida xom-ashyo yetishmasligi sabab istiqbolni toʻxtatish masalasi koʻndalang boʻldi. Falokatning oldini olish uchun amerikaliklar bizning “Urals”ga oʻtishdi va faol tarzda Rossiya mazutini sotib ola boshlashdi.

Oʻtgan yili AQSH Rossiyadan 11 million tonna mazut import qildi. Bu 2018 yilga qaraganda ikki baravarga koʻproq.

“Bu Venesuelaning yuqori oltingugurtli yoqilgʻisi kollapsini kompensatsiya qilishga yordam berdi”, - deya xulosa qilgan Amerikaning “Vortexa” kompaniyasi tahlilchilari.

Kimyoviy tarkibi yaqin boʻlgan Saudiya Arabistoni nefti oʻrnini bosishi mumkin edi, ammo saudiyaliklar ishlab chiqarishni koʻpaytirishdan bosh tortdi. Natijada, iqtisodiyot siyosatni chetga surib qoʻydi - ular Rossiyaga murojaat qilishga majbur boʻlishdi.

Muvofiq xususiyatlardan tashqari Rossiya xom-ashyosi narxi boʻyicha ham jozibador. Moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, “Urals” markasi yanvar-iyul oyida oʻrtacha barreliga 40,34 dollar darajasida baholangan, oʻtgan yilning mos davrda 65,27 dollar edi.

Merkel AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalarini noqonuniy deb hisoblaydi

Bu bilan birga kemada yuk tashish haqi sezilarli arzonlashdi. Karantindan chiqish bilan esa yoqilgʻiga boʻlgan talaba oʻsdi – odamlar yana avtomobilda yurishni va samolyotlarda uchishni boshladi.

Umuman olganda, Amerika neftni qayta ishlash zavodlarining Rossiya ogʻir neftini sotib olishdan boshqa yoʻli qolmagandi. Bunga na davlatlararo munosabatlarning yomonlashishi, na Vashingtonning Moskavaga qarshi kiritgan koʻplab sanktsiyalari xalal berdi. Buning fonida barcha kuchlar bilan “Shimoliy oqim-2”ni boʻgʻishga urinishlar mantiqqa zid ravishda boʻlib koʻrinadi.

Manba: RIA Novosti.

Asosiy mavzular