09:34 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
273 0 0

Bu yil suyultirilgan va quvurli gaz bozori uchun ogʻir keldi: neft narxining pastligi va talab miqdori oʻsmayotgani STG bozoriga investitsilar kiritishni toʻxtatib qoʻydi.

Gaz bozori asta-sekin tiklanmoqda: Yevropa va Osiyo-Tinch okeani birjalarida suyultirilgan tabiiy gaz narxi ming kubometr uchun 130 va 150 dollarni tashkil etmoqda, deb yozadi RIA Novosti muallifi Aleksandr Sobko.

Narxlar oʻsishiga ham taklif tomondan ham talab tomondan sabablar bor. Ushbu yilning dastlabki 8 oyida oʻtgan yilning ushbu davriga nisbatan STG importi hjmi 1,3%ga boʻlsa-da koʻproq boʻldi. Hindiston va Xitoyda STG importi hajmi keskin oʻsishi kuzatilmoqda.

Oddiy hisob qilganda ayni damda STGga boʻlgan talab, quvurli gazga talab pasayishiga qaramasdan (bu Rossiya – Yevropa va Markaziy Osiyo – Xitoy gaz quvurlari hajmidan koʻrinib turibdi),  oʻtgan yilning ushbu davridagi  darajasida saqlanib qolmoqda. Lekin STG bozori ham ortiqcha quvvatga ega, chunki oldingi sarmoyalar toʻlqinida qurilgan korxonalar (asosan AQSH) ishga tushirilgan.

Shu sababli talabning barqaror saqlanib qolishiga ham taklif tomonidan sodir boʻlayotgan muvaffaqiyatsizliklar: masalan Avstraliyada Prelude suzuvchi zavodi texnik sabablarga koʻra hali ham ishga tushgani yoʻq. Undan tashqari suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchi Gorgon LNG korxonasining ham bitta liniyasi toʻxtatilgan.

AQSH ham ham muammolar kam emas. Yaqinda sodir boʻlgan narxlar qulashi tufayli, daromadlar  hatto operatsion xarajatlarni qoplashga ham yetmadi. Yezda gaz yetkazib berish hajmi zavodlar quvatining teng yarmigacha boʻlgan miqdorga qadar quladi. Hozir eksport asta-sekin tiklanib olishi kerak, lekin narxlar oʻsishi bilan bir qatorda boʻronlar mavsumi tezda oldingi hajmlarga qaytishga xalal bermoqda. Yaqin vaqt ichida Amerika eksporti oʻsishi yana narxlarga bosim oʻtkaza boshlaydi.

Yaʼni kotirovkalar qayta tiklanishi hozircha unchalik mustahkamdek tuyulmayapti. Ustiga ustak gaz saqlovchi omborlar ham toʻlib ketgan. Lekin ayrim prognozlar STGning Osiyo bozoridi narxi 200 $ gacha koʻtarilishini bashorat qilmoqda. Ushbu narxlar barcha ishlab chiqaruvchilar koʻnglini xotirjam qiladi. Lekin ushbu darajadagi narxlar yil davomida boʻlishi kerak, faqat  qishgi emas.

Lekin 2020 yil ancha murakkab, boshqa yillarga oʻxshamagan, keldi, barcha kelajak, istiqbol bilan qiziqmoqda. Ushbu borada eng qizigʻi: bu yil hozirga qadar soʻnggi 20 yil ichida birinchi marotaba suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchi zavodga birorta ham yirik sarmoya kiritilmadi. Yil oxiriga qdar kutilayotgan prognozlar 0dan 2ta zavodgacha. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilda ushbu sohada rekord darajasidagi investitsion qarorlar qabul qilingan edi. Bu 2016-2018 yillarda sodir boʻlgan “jimjitlikdan” keyin amalga oshgan edi. “Jimjitlik” esa oʻz navbatida 2011-2015 yillardagi faol investitsiyalardan keyin amalga oshirilgan edi.

Nega bunday boʻlmoqda? Oddiy javob aniq: barcha neft-gaz kompaniyalari daromadlari jiddiy kamaygan shu sababli ham oʻz saromoyalarini kamaytirmoqda. Lekin investitsiyalar bor-yoʻgʻi 3/1 qismga kamaydi, shundan biror nima hama STG sohasiga kiritilishi kerak edi.

Javobning bir qismi shundan iboratki – STG soʻnggi yillarda paradoks tartibida rivojlanmoqda. Bir tomondan bir ortiqcha gazni koʻrmoqdamiz, ikkinchi tomondan esa – kelajakda sodir boʻladigan kuchli raqobatni. (Katar, AQSH, Rossiya, Sharqiy Afrika), bularning barchasi yuqori narxlar shakllanishiga va investitsiyalarga yoʻl ochilishiga  yoʻq qoʻymaydi. Shu bilan bir vaqtda gaz bozori juda istiqbolli hisoblanadi,chunki insoniyat eng ekologik toza va “yashil” ravishda rivojlangnanida ham, gazga talab doimo ortib boradi. Ushbu bozor rivojlanishining drayveri - unda ushbu sohasda ishlaydigan trans-milliy neft-gaz kompaniyalarining “ketayotgan” neftdan “kelayotgan” STG sohasiga oʻtishi boʻldi.

Natijada – neft qimmat boʻlgan vaqtda neft-gaz kompaniyalari umumiy hamyondan olib suyultirilgan gaz korxonalariga pul tikishdi. Hozir boʻlsa, neft narxi tushganidan soʻng, TMKda buning uchun mablagʻ yoʻq.

Undan tashqari ularning ayrimlari birdan “yashillar” safiga oʻtib qolganini xabar qilishmoqda. Oʻz sohasiga sodiq qolgan kompaniyalarda ham vazyat oson emas. Maslan hozir ExxonMobil kompaniyasining moliyaviy ahvoli yaxshi emas.

Ushub kompaniya ikkita yirik STG loyihalariga pul tikish rejasi bor edi. Bular: AQShdagi Golden Pass LNG (Qatar Petroleum bilan hamkorlikda) hamda Mozambikda Rovuma LNG. Ayni damda ularning ikkalasi ham orqaga surilgan. Amerikadagi zavod boʻyicha qaror qabul qilish kamida 1 yilga, Mozambir zavodi 2023 yilga qadar ortga surilgan. Papua-Yangi Gvineyadagi zavodini kengaytirish rejasi ham orqaga suriladigan boʻldi.

Amerikaning qolgan korxonalari ham qaror qabul qilishga shoshilmayapti, axir bugungi kunda STGni uzoq muddatli shartnomalar bilan kafolatlash juda mushkul ish. Sharqiy Afrikada ham ishlar yaxshi ketmayapti. Mozambik, Tanzaniya shelfida joylashgan korxona qurilishiga hududda harakat qilayotgan jangarilar guruhlari doimiy ravishda xalal berib kelmoqda. Tanzaniyada zavod qurish haqidagi rejalar umuman unutilgan.

Bundan xulosa shuki, biz oʻrta muddatli kelajakda taklif defitsitini koʻrishimiz mumkin. Aynan shunday boʻlishi ehtimoli muayyan boʻlib turgan vaqtda, Qatar bir necha yirik orrxonalar qurishga qaror qildi. Rasmiy investqaror hali qabul qilinmagan boʻlsa-da, dastlabki ishlar olib borilmoqda. STGning past tannarxi Qatarga tayyor mahsulot narxi qanday boʻlishidan qatʼiy nazar zavod qurish imkonini beradi.

Vaziyatga nomaʼlumlik kiritayotgan faktorlardan yana biri bu – narx hosil boʻlish mexanizmidir. Rivojlangan spot bozori mavjud boʻlishiga qaramasdan, oxirgi vaqtlarga qadr  neft narxiga bogʻliq boʻlishi STG ishlab chiqruvchilriga oʻziini oʻzi qoplash kafolatini berayotgan edi.

Qimmat neft va STGsohasidagi raqobat tufayli soʻnggi yillarda ushbu bogʻliqlik koefitsenti doimo pasayib keldi. Hozir neft juda arzon, lekin xaridorlar oldingi yuqori koefitsentlarga qaytishi amri mahol. Neft 45 dollar boʻlganda, eng soʻnggi bogʻliqlik koefitsentiga (0,11) muvofiq, STG – million BTE uchun bor yoʻgʻi 5 dollar yoki 1 ming metr 3 uchun – 180 $ boʻlib qolmoqda. Shu bilan birga xaridorlarni spot narxlar kщproы qiziqtirmoqda. Ustiga-ustak, Qatarning uzoq muddatli STG shartnomalari tugashi bilan ushbu davlatdan yanada koʻproq hajmda STG birja bozoriga chiqadi.

Eslatib oʻtamiz, Osiyoning rivojlanayotgan bozorlari,  katta miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qilishi mumkin, faqat  ming kubiga 200 dollargacha yoki undan kamroq boʻlgan past narxlarda,. Soʻnggi 15 yilda ushbu bozor hajmi 2 baravar oshishi ham ana shunga bogʻliq.  

Ushbu omillar STG bozorida oʻziga xos rivojlanish paradokslari keltirib chiqarmoqda. Tabiy gaz va STG juda istiqbolli yonilgʻi boʻlib qolmoqda, lekin raqobat kuchli boʻlgan bozorda. Bunday sharoitda talab faqat past narx boʻlganda oʻsadi.

Asosiy mavzular