22:22 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Analitika
Havola olish
161 0 0

Gʻarb tomonidan allaqachon amalda eʼlon qilingan Yangi sovuq urush oʻzining mutlaqo yangi bosqichiga oʻtmoqda, bunda Rossiyaga qarshi safsata ortidan oʻz yurtida boʻlib rasmiy mafkuraga zid fikrlaydiganlarni taʼqib qilishga chorlovlar yangramoqda

Vladimir Kornilov

Voqea rivoji davomida, Rossiyaga qarshi qaratilgan ushbu hamla va sanktsiyalarning asosiy nishoni aslida biz emasligimiz oydinlashmoqda.

Yevropa parlamentining Rossiya va rus siyosatiga oid, hatto bizning Konstitutsiyamizni oʻzgartirish talabini oʻz ichiga olgan oxirgi rezolyutsiyalari keskindek koʻrinardi. Ammo Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen oʻsha muassasa minbaridan nutq soʻzladi — uning rasmiy nutqida mamlakatimiz faqatgina bir marta tilga olindi. Ammo qanday deng!? U "Rossiya bilan yanada yaqinroq munosabatlar uchun ovoz berayotganlarga" ochiqchasiga tahdid qildi. Yaʼni, bu aslida Moskvaga emas, balki Bryussel tashqi siyosatda sogʻlomroq yondashuvlar boʻladi deya umid qilishga jurʼat etgan Yevropa ittifoqidagi davlatlar va ayniqsa, ittifoq ichidagi siyosiy guruhlarga qaratilgan murojaat edi. Germaniya sobiq mudofaa vaziri bu nutqi orqali Yevropa muholifatini "Biz sizning ortingizdan tushdik", deya ogohlantirgandi.

Gʻarb matbuoti ushbu keng qamrovli "shohona" nutqda Rossiya haqida yangragan qisqagina eslatmani asosiy ishora sifatida ajratib koʻrsatdi. Aynan Rossiya haqidagi eslatmalar: "Yevroittifoq yetakchisi Rossiya bilan aloqalardan tiyilishdan ogohlantirmoqda" degan mazmunda nashrlarning old sahifalarida chop etildi. Yaʼni bu tezis keng ommaga yetkazilishi va matbuot tomonidan "Kremlning foydali ahmoqlari" deya laqab qoʻyilgan odamlar tomonidan eshitilishi darkor.

Ispыtatelnыy zapusk raketы Trident II D5 s podvodnoy lodki Nebraska u poberejya Kalifornii
U.S. Navy photo by Mass Communication Specialist 1st Class Ronald Gutridge

Shunga shubha yoʻqki, ichki muholifatga boʻlgan munosabatning keskin qatʼiylashtirilishi - bu ayrim yevropalik siyosatchilar taʼkidlayotgani singari "berlinlik bemor" atrofidagi janjallarga boʻlgan reaktsiya emas.

Bu koʻproq Berlindagi Rossiya elchixonasi devorlari ostida "Putin! Putin!" deya baqirganlarga javob edi. Bu - Germaniyaning oʻzida katta hurmat bilan qaraladigan haq soʻzni eshitishdan qoʻrqish edi.

Shu kunlarda germaniyaning Süddeutsche Zeitung nashri ushbu "muammoga" ochiqchasiga ishora qildi. Soʻzma-soʻz iqtibos keltiramiz: "Rossiya davlat OAVlarining taʼsiri Germaniyada juda kuchli, bu yerda Navalniyning zaharlanishi koʻplab bahslarni keltirib chiqardi. RT Deutsch - Rossiya davlat televideniyesining nemis boʻlimi maqolalari juda ommabop: YESVS (Yevropa tashqi aloqalari xizmati) maʼlumotlariga koʻra, ular hozir Germaniya ijtimoiy tarmoqlarida iqtibos keltirish boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallaydi.

Nega bu roʻy bermoqda, nega soʻnggi yillarda nemis gazetalari ommabopligiga putur yetmoqda, Süddeutsche Zeitung bu borada fikrlashga qodir emas. Ular fikricha, Rossiya OAVlarining Yevropadagi asosiy maqsadi — bu yevropa jamiyatining tekis saflariga "shubha sizdirishdan" iborat. Qiziq, gʻarb jurnalistlari qaysi davrdan boshlab shubhalar mavjudligi - bu yomon va oʻta xunuk bir ish deya hisoblashmoqda? Agar yanglishmasak, demokratik Yevropa (kamida soʻzlarda) totalitarizm va rasmiy maslakdoshlikni qoralab kelgan. Endi esa gʻarb jurnalistlari va siyosatchilari oʻz vatandoshlarining "zaharlash" va "aralashuv" haqidagi xabarlarda qandaydir maʼno topishga urinib, yuqoridan uzatilgan "yagona toʻgʻri" versiyani hech qanday tanqidiy tahlillarsiz chop etadigan mahalliy nashrlar va yangiliklar kanallariga sogʻlom alternativa izlashayotganlaridan samimiy hayratlarini yashirolmayapti.

Rossiyaparast kayfiyatlar Sharqiy Yevropada tobora ommalashmoqda. Bryussel, siyosatchilar intilishlariga qarshi bu holatda "Moskva qoʻlini" koʻrishga moyil ekan, oʻz omadsizliklarida oʻzini ayblamogʻi lozim.

Bu nafaqat Germaniyaga tegishli. Yevropaning qaysi mamlakatini olib qaramang, nega "rossiyaparast" qarashlar tizimli boʻlmagan OAV va ijtimoiy tarmoqlarda bu qadar mashhurligi haqida munozaraga duch kelishingiz aniq.

Masalan, chexiyalik ekspert Yan Shir, buni jurnalistlarning "tayyor emasligi" bilan izohlaydi. Ularni shunchaki "toʻgʻri yoʻnaltirish" lozim: mana, misol uchun, ularni Donbass koʻngilli jangchilarini "separatistlar emas", balki "rus armiyasi" deb atashga majbur eting - darhol kerakli natijani olamiz. Shu oʻrinda Donbassda shu yillar ichida rossiya armiyasini hech kim topa olmagani bilan kimning nima ishi bor? Axir asosiysi - oʻquvchilarga "xiralashtirilmagan", gumonlarga olib bormaydigan, ikki xil maʼnoli boʻlmagan kartinani tiqishtirish emasmi. Buning uchun esa, Shira fikricha, chex televideniyesi efiriga oʻziga "Rossiya rejimining Navalniyni zaharlashdan manfaati, va bu "Novichok" yordamida amalga oshirilganidan" (o, qanday koʻrgulik) zarracha boʻlsada shubhalanishni oʻziga ep koʻrmaydigan "toʻgʻri" ekspertlarni taklif etish joiz.

Shir va unga oʻxshash mutaxassislar nahotki har qanday aql-idrokka ega odam, rus "bosqinchilari" yoki "zaharlovchi-Putin" haqida istisnosiz barcha gazetalarda maʼlumotlarni topib, ertami-kechmi ushbu shov-shuvli "faktlar" ning tasdigʻini izlab topishga harakat qilishlarini anglashmasa. Gazetalarda hech vaqo topa olmagach esa, muqobil manbalarga albatta murojaat etishini bilishmasa? Aynan shu (allaqanday ichki dushmanni izlash emas) tufayli Rossiya OAVlari Yevropada tobora ommalashmoqda aslida.

Ular u yoki bu muammoga turli nuqtalardan qarab, shaxsiy xulosa chiqarish imkonini yaratishadi. Rossiyaga qarshi kurash shuurini egallab olgan, Yevropada oʻzgacha fikrlovchilarni tozalash bilan andarmon gʻarb ekspertlari xuddi ana shundan qoʻrqishadi.

Mukkasidan ketganlikni yana bir yangi namunasi — shu haftada Italiyaning qator regionlarida boʻlib oʻtgan mahalliy saylovlardir. Oʻng flangga yon bosuvchi muholifat "Ligasi"ning istiqbolli gʻalabasidan qoʻrqib ketgan meynstrim OAVlari yana antirossiya xaritasini bayroq qilib chiqdilar va allaqachon mogʻor bosgan "Rossiyadan moliyalashtirish" haqidagi voqeani yana yodga oldilar.

"Asosiy dalil" "Liga" bilan qachonlardir bogʻliq boʻlgan elektr bilan shugʻullanuvchi firma egasi rus xotinga ega va unga deb Rossiyaga pul oʻtkazib turgan. Bu singari janjal "Liga"ga qarshi ayblovlarni rad etsada,  - axir bundan kelib chiqyaptiki, pul Rossiyaga qarab bormoqda, undan kelayotgan emas, ammo oʻquvchini oppozitsiyaning Kreml bilan aloqalariga ishontirish kerakku har qanday holatda ham - bu qanchalar mantiqqa toʻgʻri kelishi esa, muhim emas.

"Liga" yetakchisi Salvinining shu yillar mobaynida undan hech kim bir soʻm yoki bitta matreshka ham topa olmagani haqidagi taʼkidlari na liberal italyan OAVsini va na bryussel siyosatchilarini qiziqtiradi.

Ushbu spekulyatsiyalarga joʻr boʻlgan mafkurachilardan va yevropa liberallarining asosiy ustunlaridan biri boʻlgan Gi Verxofstadt Yevroparlament zalida Salvinini ochiqchasiga "Putindan pul olganlikda" ayblagan edi. "Shaxsan men bizga aql oʻrgatmoqqa urinayotgan odamlar Yevropa Ittifoqining barham toptirish uchun pul olayotganini janjalli holat deb bilaman", - deya bayonot qilgan edi Belgiyaning sobiq bosh vaziri.

Aslida, bu ichki muxolifatga qarshi "ayblovlar" ning mohiyati shundan iborat - u haqiqatan ham rossiyaparastmi, uning Moskva bilan aloqasi bor-yoʻqligi muhim emas. Asosiysi, uning ogʻzini yopish kerak. Raqibingizning koʻziga qarab, uning tarafdorlaridan birining rus rafiqasi yoki tokchada matreshkasi borligini aytsangiz, u sizga nima ham javob qaytarishi mumkin? Bir uzoq vaqt qator Yevropa mamlakatlarida sinovdan oʻtgan usul.

Yevropaning yangi "temir xonimi" Ursula fon der Lyayen ogʻzidan opponentlari nomiga yangragan oshkora tahdidlarning maʼnosi ham shunda. Sovuq urush "Jodugarlarga ovsiz" kechishi mumkin emas. Yevropa bu urushda asir olmoqchi emas va "beshinchi ustun" deb eʼlon qiladiganlarining hammasini yoʻq qilish bilan tahdid qilmoqda. Va bu faqat boshlanishi.

Asosiy mavzular