08:49 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
78020

Yangi Oʻzbekiston birinchi oʻringa oʻz milliy manfaatlarini qoʻygan holda koʻp vektorli tashqi siyosat olib bormoqda.

Tarix fanlari doktori, professor Aleksey Malashenko Sputnik bilan boʻlgan suhbatda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida chiqishini izohladi. 

— Aleksey Vsevolodovich, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTdagi chiqishda "yangi Oʻzbekiston" iborasini ishlatdi. Ushbu ibora Markaziy Osiyo haqida materiallarning aksariyatida uchraydi. Siz bu haqida nima deb oʻylaysiz? 

— Oʻzbekiston haqida gap ketganda "yangi" soʻzi juda mos keladi. Men bu yerda bitta, lekin oʻta muhim holatga eʼtibor qaratmoqchiman. Shu vaqtga qadar Markaziy Osiyo hududi haqida gap ketganda siyosatchilar va analitiklar "sobiq Ittifoq" hududi dagan termindan foydalanishadi. Lekin Oʻzbekiston borasida gap ketganda   "sobiq Ittifoq" tushunchasi oʻz maʼnosini deyarli yoʻqotib boʻldi. Bu allaqachon oʻtmishga aylandi, kimdir uni "buyuk" kimdir "qaygʻuli" deb hisoblasa ham. 

Yangi davr poydevorini qoʻyish - bu oʻta murakkab ish. Bu yoʻl hamma uchun qiyin. Ustiga ustak boshimizga koronavirus pandemiyasi keldi. 

— Shavkat Mirziyoyev bir necha tashabbuslarni olgʻa surdi. Jumladan kambagʻallikka qarshi kurash masalasini ham. Siz Oʻzbekiston iqtisodi holatini qanday baholaysiz, u ushbu muammoni hal eta oladimi?

— Men sizga faqat 2ta raqam keltiraman. Birinchisi - Respublikaning valyuta rezervlari soʻnggi vaqtda 5,5 milliard dollarga oshdi va umumiy hisobda 34 milliarni tashkil qilmoqda. Ikkinchisi — sanoat sohasida 11 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

Oʻzbekiston iqtisodiy strategiyasi butun aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan. Toshkent hozir tadbirkorlik va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga, investitsion muhitni yaxshilashga kirishgan. Undan tashqari fuqarolarga yangi kasblar va hunarlar oʻrgatish rejalashtirilmoqda. 

Shuningdek "Har bir oila - tadbirkor" loyihasi ishga tushgan. U muvaffaqiyatga erishgan taqdirda - jamiyat rivojlanishi uchun ulkan turtki boʻladi. 

— Global chaqiriqlar Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlariga qanday taʼsir qilmoqda? 

— Toshkentning tashqi siyosati hozir ham koʻp vektorli boʻlib qolmoqda va bu koʻp vektorlik shunchaki siyosiy holat emas, balkim - strategiyadir. Respublika koʻplab xalqaro tashkilotlarda ishtirok etmoqda, turli davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirmoqda, lekin birinchi oʻringa - oʻz milliy manfaatlarini qoʻymoqda. 

Asosiy mavzular