06:58 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
407 0 0

Aleksey Navalniy bilan yuz bergan voqea tufayli bir guruh amerikalik senatorlar Rossiyaga qarshi sanktsiyalar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taqdim etishdi.

Sputnik radiosining efirida siyosatshunos Vladimir Mojegov buni "balandparvoz va hech qanday aks etmaydigan" tashabbus deb atadi va nima uchun bunday hisoblashini tushuntirdi.

Bir guruh amerikalik senatorlar Aleksey Navalniy bilan yuz bergan hodisa yuzasidan Rossiyaga qarshi sanktsiyalar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taqdim etishdi, bu haqda respublikachi senator Marko Rubio veb-saytida xabar berilgan.

Hujjat, mualliflarning fikriga koʻra, "xalqaro huquqni ochiqdan-ochiq buzish bilan shugʻullangan", shu jumladan Navalniyning "zaharlashga" aloqador boʻlgan Rossiya amaldorlariga cheklovlar qoʻyishni nazarda tutadi.

Qonun loyihasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning atrofidagi shaxslarning moliyalari toʻgʻrisida Amerika hukumatidan Kongressga hisobot berishni talab qiladi. Bundan tashqari, u Oq uyni, uning fikriga koʻra, Rossiya AQShning kimyoviy va biologik qurollardan foydalanishni taqiqlovchi qonunlarini buzganmi, degan savolga javob berishga majbur qiladi.

Marko Rubiodan tashqari, hujjatni: respublikachi senator Mitt Romni, shuningdek demokratlar Kris Kuns, Ben Kardin va Kris Van Xollen maʼqulladilar.

Qonun loyihasini qabul qilinish uchun Senat va Vakillar Palatasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi va AQSH prezidenti tomonidan imzolanishi kerak.

Sputnik radio efirida siyosatshunos Vladimir Mojegov senatorlarning tashabbusi yuzasidan izoh berdi.

“Bu shunchaki ommaviy ish. Qanday hisobotlar boʻlishi mumkin? Bu mutlaqo boʻlmaydigan narsalar. Bularning hammasi - saylov oldi vasvasasini keskin oshirish ohangi, befoyda gaplar. Keyin esa: Navalniy ishi – bu demokratlarning kun tartibi. Respublikachilar unga qoʻshilishni uncha xohlashmaydi. Menimcha, ular endi buni qoʻllab-quvvatlamaydilar. Qanday boʻlmasin, Tramp buni hammasini juda ehtiyotkorlik bilan va uzoqdan olib keldi. Va (Davlat kotibi Mayk) Pompeo sodir boʻlgan holat yuzasidan barcha faktlar maʼlum boʻlgandan soʻng munosabat bildirish kerakligini aytdi, va hozircha nima boʻlayotgani aniq emas”, - deydi Vladimir Mojegov.

Uning fikriga koʻra, amerikaliklar Navalniy haqida nemislardan maʼlumot olishlari mumkin edi, ammo ulardan hech qanday soʻrov kelib tushmadi.

“Bu sanktsiyalar uchun qandaydir asos boʻlar edi, ammo hozircha bunday soʻrovlar kelib tushmadi. Shuning uchun, menimcha, bularning barchasi – balandparvoz va hech qanday aks etmaydigan tashabbus ... Bu qandaydir shubhali voqea, shuning uchun Tramp unga aralashishni istamayapti - demokratlarning firibgarligi, unga yiqilib tushishni xohlamayapti. Nazarimda demokratlar ushbu kun tartibini faol ravishda targʻib qilishadi va Tramp bularning barchasidan bir oz chetda turadi", - deb hisoblaydi siyosatshunos.

Aleksey Navalniy 20 avgust kuni samolyotda oʻzini yomon xis qilgandan keyin Omskdagi kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar modda almashinuvi buzilishi, qonda shakar darajasining keskin pasayishiga olib keldi. Bunga nima sabab boʻlganligi hali aniq emas, ammo Navalniyning qoni va siydigida zahar izlari topilmadi.

Keyinchalik Navalniy davolanish uchun Germaniyaga olib ketiladi. Sentyabr oyi boshida Germaniya hukumati rossiyalik "Novichok" jangovar moddasi bilan zaharlanganligini eʼlon qildi. Moskva Berlin laboratoriyasidan olingan tahlillar natijalari batafsil maʼlumot olish uchun soʻrovnoma yubordi, ammo javob kelmadi.

Shu bilan birga, Germaniya BND-razvedka xizmati 1990 yildan beri boshlab ushbu moddadan foydalana olgani maʼlum. Ushbu modda, shuningdek, 20ta gʻarb davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya, AQSH, Shvetsiya, Chexiya tomonidan oʻrganilgan. Rossiya 1992 yildagi prezident farmoniga binoan kimyoviy qurol sohasida ishlanmalarni toʻxtatgan, 2017 yilda esa bu singari moddalarning barcha zaxirasini yoʻq qilgan, bu holat OZXO tomonidan tasdiqlangan.

Asosiy mavzular