07:02 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
160941

Ikki prezident oʻrtasida boʻlib oʻtgan suhbat tafsilotlari shu haftada Le Monde nashrida eʼlon qilindi. Frantsiya prezidenti Makron Vladimir Putin bilan munosabatlarda "Merkel lahzasini" boshidan kechirmoqda, deya izoh beradi bunga yevropa matbuoti

Petr Akopov

Frantsiya prezidenti Makron Vladimir Putin bilan munosabatlarda oʻzining "Merkel lahzasi"ni boshidan kechirdi, deya ishontirmoqda yevropa matbuoti. Gap 14 sentyabr kuni ikki prezident oʻrtasida boʻlib oʻtgan suhbat, — aniqrogʻi, muloqotning Aleksey Navalnыyning gʻalati zaharlanishiga tegishli qismi haqida bormoqda. Suhbat tafsilotlari shu hafta Le Monde nashrida paydo boʻldi — ammo avvaliga "Merkel lahzasi" nima ekanligini yodga olsak.

2014 yilning ikkinchi mart sanasida nemis kantsleri Ukraina va Qrimdagi toʻntarishdan keyin yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilish uchun Vladimir Putinga qoʻngʻiroq qildi. Merkel, tabiiyki, Maydan gʻalabasini toʻntarish deya hisoblamas edi - uni faqatgina Mustaqil Ukrainadan ajralib chiqishni istayotgan Qrimni Rossiya oʻziga qaytarib olishi mumkinligi masalasi tashvishga solardi.

Putinning nima degani aniq ayon emas (ammo Rossiya prezidenti Merkelga Yevropa Kiyev toʻntarishiga reaktsiya qilmayotgani borasida oʻzining keskin noroziligini bildirgan boʻlishini taxmin qilish mumkin), biroq u bilan suhbatdan soʻng Merkel Barak Obama bilan bogʻlandi va amerika prezidentiga "Putinning reallikni adekvat idrok qilishidan shubhadaligini" va umuman "Putin boshqa dunyoda yashayotgani" haqida soʻzlab berdi. Suhbatning ushbu tafsilotlari The New York Timesda chop etildi — yaʼni maʼlumot Oq uydan chiqqan edi. Nemis amaldorlari keyinchalik amerika gazetasidagi xabarni Merkel bu kabi gaplarni aytmagan, deya norasmiy tarzda rad etgan boʻlsalarda, kantslerning bu jumlasi tarixda qoldi.

Gʻarb uchun "Merkel lahzasi" — bu reallikdan uzilgan Putin bilan toʻqnashuvni anglatadi. Endi koʻrinib turibdiki, navbat Makronga keldi: Libération nashri yozishicha, "Emmanuel Makron oʻtgan haftada "dunyodan uzilgan, fil suyagidan yasalgan qasridan chiqmaydigan va shaxsiy tashviqotidan sarmast Vladimir Putinni koʻrib" oʻzining "Merkel lahzasi"ni boshdan kechirdi. Yoki boʻlmasa, ochiqchasiga hech narsa haqiqiymas va hamma narsa mumkin deya, siyosiy surbetlikning yangi darajasiga koʻtarildi.

Aslida nima roʻy berdi? Gap shundaki, xuddi 2014-yildagi kabi maxfiy suhbat mazmuni ommaga eʼlon qilindi, ammo oʻsha vaqtda gap Merkel Putin haqida Obamaga nima degani haqida borgan boʻlsa, shu kunlarda roʻy bergan holatda shaxsan Putinning suhbati oqizmasdan takrorlangan edi. Putinning Makron bilan suhbati mazmuni allaqanday tarzda Le Monde nashriga yetkazildi: gap Belarus, Ukraina, Liviya haqida borgan. Ammo maqola bosh mavzusi sifatida negadir Navalnыy koʻrsatilgan edi.

Gazetaning yozishicha, Putin Navalnыy haqida "bepisandlik" bilan gapirgan va uni "oddiy internetdagi osudalik buzgʻunchisi", deya atagan, u goʻyo noqonuniy xatti-harakatlarga yoʻl qoʻygan va oʻzi tomonidan yaratilgan Korruptsiyaga qarshi kurash fondidan amaldorlar va deputatlarni shantaj qilish uchun foydalangan. Putin goʻyoki Makronga Navalnыy bundan avval ham mugʻombirlarcha oʻzini turli kasalliklarga solganligini aytib, "ogʻuni ham oʻzi qabul qilgan" boʻlishi mumkinligini qoʻshimcha qilgan (nima sababdanligini aytmagan). Bundan tashqari, Putin, "Novichok" hamma gapirayotgani kabi u qadar murakkab modda emasligi, uning qoʻllanilgani, umuman olganda, oʻz tasdigʻini topmaganini taʼkidlagan. Rossiyada federal tergov olib borilmaganini esa "frantsuz va nemis ekspertlarining rossiyalik hamkasblar bilan maʼlumotni boʻlishishni istamasliklari" bilan dalillagan. Bundan tashqari, Putin, "boshqa, masalan, ayni vaqtda "Novichok" ixtirochisi yashayotgan Latviyaga olib borayotgan izlarni koʻrib chiqish imkoniyatlari haqida gapirgan". Moddani ishlab chiqishda bir necha sovet olimlari ishtirok etishgan boʻlib, ulardan birining chet elda boʻlishi, uni ishlab chiqarish imkoni borligini anglatmaydi, chunonchi bunga arzirli sabab boʻlmaganini hisobga olganda.

Le Monde nashri Putindan erinmay iqtiboslar keltirgan, ammo gap Makronga kelganida, bu soʻzamollikdan asar ham yoʻq: "Makron "Novichok" xususiy tashkilot tomonidan ishlatilgan boʻlishi mumkin emasligi aytdi va ushbu holat rasmiy tushuntirishlarni talab qilishini taʼkidladi. <...> Emmanuel Makron, oʻz navbatida, darhol "latviya izi" va ogʻuni Navalnыy oʻzi qabul qilgani haqidagi taʼkidlarni rad etdi".

Suhbat chop etilganidan soʻng, uning mazmuni, qolaversa, maxfiy muloqotning eʼlon qilingani sababli janjal avj oldi. Le Monde hikoyasida nima rost, nima yoʻq, tekshirishning imkoni yoʻq. Kreml shu paytning oʻzida eʼlon qilgan munosabatida "gazeta jumlalarni aniq yozmagani" haqida maʼlum qildi, eng asosiysi esa, "gazeta bu muloqotni aniq, deya ayta olmasligi ham rost, axir aks holda, bu frantsuz sheriklarimiz ikki prezident suhbatini ongli ravishda boʻlishganini, bu esa diplomatik amaliyotga toʻgʻri kelmasligini", taʼkidladi. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi hatto nodiplomatik tilga oʻtdi: "Biz, Yelisey saroyi ongli ravishda ikki prezident suhbatini, ruscha aytganda, matbuotga sizdirganiga ishona olmaymiz. Axir bu Frantsiya. Frantsiya bunday ishga qoʻl urolmaydi".

Afsuski, qoʻl ura oladi. Garchi Frantsiya TIV sal keyin "maxfiy hujjatlarning har qanday ichki utechkasiga yoʻl qoʻyilmasligi" va Le Monde dagi maqola yuzasidan "tergov olib borilayotgani", haqida bayonot bergan boʻlsada, ammo muloqot mazmuni aynan Yelisey saroyidan matbuotga sizdirilgani borasida deyarli shubha qilmasa ham boʻladi. Va bu ish katta ehtimol bilan aynan Makron tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Axir u Le Mondeda maqola eʼlon qilingan kuni BMT Bosh Assambleyasida oldindan yozilgan nutqi bilan chiqish qilar ekan, Frantsiya "kimyoviy qurolning - Yevropa, Rossiya va Suriyada qoʻllanilishiga toqat qilmasligi" haqida gapirdi va Rossiya "nerv-falaj "Novichok" moddasini qoʻllash orqali Rossiya siyosiy muholifatchiga suʼiqasdni amalga oshirishga urinish hodisasiga oydinlik kiritishi. Bu ishni, u "tez va benuqson" amalga oshirishi kerakligi, sababi, frantsuzlar "ular tomonidan oʻrnatilgan "qizil chiziqlar"ga amal qilinishiga astoydil urinishlarini" qoʻshimcha qildi.

Makron Putinga hujum qilmoqda — bu singari sizdirishlar orqali esa, kamiga, oʻrtalarida boʻlgan ishonch qoldiqlarini ham yoʻq qilmoqda. Yaʼni, xuddi Merkel singari harakat qilmoqda, - haqiqiy, bu safar Putinga nisbatan "Merkel lahzasi" ham shunda ifodalanadi. Bizning prezident xuddi 2014 yilda Merkel va Obama oʻz soʻzlari ustidan chiqishmasliklariga amin boʻlgani singari - Makron bilan ham ochiq gaplashish mumkinmasligiga ishonch hosil qildi.

Olti yil oldin, Putin Gʻarb rahbarlari undan Yanukovichni Maydan rahbarlari bilan konstitutsiyaviy islohotlar va muddatidan oldingi saylovlar toʻgʻrisida bitim imzolashga koʻndirishni soʻraganliklari haqida koʻp marotaba hikoya qilgan edi. Oqibatda, ushbu bitim Germaniya, Frantsiya va Polsha vakillari ishtirokida imzolanadi. Oradan ikki kun oʻtib kelishuv buziladi: Oliy rada Yanukovichni hokimiyatdan chetlatadi, Gʻarb esa oʻzini hech qanday bitim boʻlmagan va hech qanday toʻntarish roʻy bermagandek tutadi. Yaʼni Rossiyaga oʻz haqiqatini oʻtkazishga harakat qiladi — bu reallikda Ukraina yevrointegrallashuv va atlantizatsiyaga yoʻliqtirilishi lozim edi.

Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy vo vremya vizita v Donbass
CC BY 4.0 / Administratsiya Prezidenta Ukrainы

Ruslarning oʻz tarixi va reallik haqidagi tasavvuri tabiiyki, boshqacha edi — Qrim ham, Gʻarb bilan keyingi konfrontatsiya ham shundan aslida. Merkel va Putinning reallik haqidagi tasavvurlari farqlanadi — xuddi oʻz atrofida yagona Yevropani toʻplash boʻyicha nemis rejasi va ruslarning postsovet maydoniga reintegratsiyasi, tarixiy Rossiyaning oʻz atrofida (Malorossiya - Ukraina haqida gapirmagan taqdirda ham) rus hududlarini toʻplashi rejasi farqlangani singari. Rossiya oʻz kelajagini oʻzi hal qiladi - va "yevropa tanlovi", "demokratiya" va "reallikni tan olish" singari gaplar bilan oʻzining gʻarbiy yerlarini olib ketishga qarshilik koʻrsataveradi.

Oradan olti yil oʻtgach Rossiyadan Navalniyni zaharlaganlik uchun tazarru qilishni talab qilishmoqda - kamiga kimyoviy qurolni qoʻllash yoʻli bilan. Ammo bunga javoban Moskva "Novichok" moddasi haqida hayqirishga asos boʻlayotgan ekspertiza maʼlumotlarini koʻrsatishni talab qilsa - biz sizsiz ham hammasini aniqlab boʻldik, sizning ishingiz oʻz aybingizni tan olib, tavba qilish, degandek, uni goʻyoki eshitmaganga olishyapti. Ukraina bilan ham xuddi shunday boʻlgan, hech qanday tinchlik ham yoʻq, hatto Yanukovich ham, endi faqat Turchinov va Yatsenyuk bor, ular Ukrainani yevrointegrallashuv sari yetaklamoqda, siz esa oʻzingizning Moskvangizda oʻtiring va qimirlamang.

Navalniyning zaharlanishi voqeasidan Rossiyaga ochiq bosim oʻtkazish va Yevropa-Rossiya aloqalariga putur yetkazish uchun foydalanilmoqda — oʻyin oshkora qalloblik va surbetlarcha olib borilmoqda. Shu bilan birga yevropalik yetakchilar oʻz ommaviy bayonotlarida qatʼiyan cheklanganlar — endi ular "Novichok" ishlatilganidan shubha qila olmaydilar — axir bu "isbotlanganku", qolaversa "Putin har doim shunday yoʻl tutadi". Tabiiyki, Makron, xuddi Merkel singari Putinning zaharlanishga aloqadorligiga ishonmaydi — ammo ikkalasi ham Navalniyni "Kremlniy allaqanday koʻngilli yordamchilari" oʻldirishga uringanini aytadi. Shu bois, Putin ularga Rossiya-Yevropa munosabatlarini qutqarishga yordam berishlarini istashmoqda - buning uchun Putin Rossiya aybini tan olishi, voqeaga aniqlik kiritib, aybdorlarni jazolashi lozim. Ammo nimada aybdorlarni? Kimyoviy quroldan foydalanganlikdami? Ammo bu rossiyalik vrachlar tomonidan oʻz tasdigʻini topmagan va Gʻarb tomonidan boʻlayotgan asossiz ayblovlardir. Aynan shu uchun Putin zaharlash bilan bogʻliq voqeaga fitnaga qaragandek qaraydi - garchi hali u kim tomonidan amalga oshirilgani tushunarsiz boʻlib turgan boʻlsada. Va bu haqda Makronga aytadi - turli versiyalarni tilga olgan holda. Yaʼni, bunda Putinning haqiqati Makrondagi "Novichok"ning aniq aniqlangani" singari haqiqatidan haqqoniyroq koʻrinishga ega. Kimyoviy quroldan foydalanish? Ha, albatta, Suriyadagi fitnalar hali esimizdan chiqmagan — gʻarb razvedkasiga aloqador boʻlgan "Oq kaskalar" Asad tomonidan kimyoviy qurol qoʻllanilgani haqida nogʻora chalgan va keyinchalik bu gʻarb tomonidan tashkillatirilgan postanovkalar ekanligi ochiqlangan edi.

Makron rahbarligidagi Frantsiya Yevropada yetakchi pozitsiyaga intilmoqda — qolaversa, Rossiya bilan munosabatlarda ham yosh prezident atlantik qopqondan chiqishga uringan edi. 2017-yilning may oyida, lavozimga kirishganidan atigi ikki hafta oʻtib, u Vladimir Putinni Versalda qabul qildi — shundan keyin ham koʻplab marotaba Yevropa uchun Rossiya bilan munosabatlar qanchalik muhimligi haqida takrorlab, bu munosabatlarni rivojlantirishga daʼvat qilib keldi. "Muloqot zarur, agar iroda boʻlsa, koʻplab narsalarni oʻzgartirish mumkin", - bu Makronga tegishli soʻzlar. Emmanuelda iroda mavjudligi borasida Kremlda bundan oldin ham gumon boʻlgan, ammo muloqot ham eng kamida jimitdek ishonch bor boʻlsagina amalga oshishi mumkin — matbuotga Putin bilan boʻlgan suhbatini sizdirib esa, Makron oʻsha ishonchning qotgan-qutganini ham yoʻq qilmoqda. Bu vijdonsizlikmi? Ha, ammo asosiysi - oʻta kaltabinlik.

Asosiy mavzular