13:50 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
224 0 0

Yevropa uglevodorodlar bozorida iqtisodiy yoʻl bilan Rossiyani yenga olmagan AQSH siyosiy bosimni tobora kuchaytirmoqlda.

TOSHKENT, 29 sen - Sputnik. AQSH bugungi kunda Yevropada olib borayotgan siyosatining asl maqsadi nima? Ushbu mavzuda oʻz mulohazalarini Globalizatsiya va ijtimoiy harakatlarni oʻrganish institutining Iqtisodiy izlanishlar markazi direktori Vasiliy Koltashov aytib berdi.

AQSH Yevropa uglevodorodlar bozoridan raqobatchilarni noiqtisodiy uslublar bilan siqib chiqarishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda Shimoliy Yunonistonda ularning harbiy guruhi kuchaytirilishining sababi ham ana shunda. 

Donald Trampning geostrategik maqsadi - Yevropani Rossiya va "Gazprom" taʼsiridan xoli qilish. Bu haqida AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Afinaning AMNA agentligiga maʼlum qilgan. 

AQShni "Shimoliy oqim-2" va umuman Rossiyadan Yevropaga uglevodorodlar yetkazib berish taqdiri juda ham xavotirga solmoqda. Bunga, jumladan, bir qator AQSH ichiki muammolari ham sabab boʻlmoqda. 

"Amerika iqtisodiyoti tobora kuchayib kelayotgan muammolarga duch kelmoqda. Ushbu vaziyatda AQSH hukumati Yevropaga suyultirilgan gaz yetkazib berish buyurtmasini aynan AQSH amalga oshirishini istaydi. Iqtisodiy yoʻl bilan buni amalga oshirish ularning qoʻlidan kelmaydi. (chunki suyultirilgan gaz qimmatga tushadi) Shu sababli ham AQSH Rossiyani Yevropa uglevodorodlar bozoridan noiqtisodiy uslublar bilan siqib chiqarishga harakat qilmoqda", - deydi Koltashov. 

Boshqa tomondan qaraganda Yevropaning barcha davlatlari ham AQSH taʼsiri ostida emas. Har holda oʻzi manfaatini unutadigan darajada emas. Ustiga ustak shu kunlarda yevro ham dollarga nisbatan qimmatlashmoqda. Bunday sharoitda Amerika suyultirilgan gazini sotib olish yanada qimmatga tushadi. 

Shunday boʻlsada AQSH "Shimoliy oqim-2"ni toʻxtatish uchun siyosiy bosimni tobora kuchaytirib kelmoqda va bir qator davlatlardan Rossiya bilan energetika masalasida hamkorlikni toʻxtatishni talab qilmoqda. 

AQSH Yunonistonda oʻz harbiy kuchi miqdorini oshirishda "Turkiya tahdidi"dan ham foydalanmoqda. 

Asosiy mavzular