05:54 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
956 0 0

Rossiya IIV migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarmasi boshligʻi general-leytenant Valentina Kazakova Sputnik bilan intervyuda Rossiya migratsiya siyosatidagi oʻzgarishlar haqida soʻzlab berdi.

Rossiya pasporti ortiqcha qogʻozbozliksiz

Soʻnggi bir necha yil davomida Rossiya fuqaroligini olish istagida boʻlgan chet elliklar soni oshishi kuzatilmoqda. Bu haqda Rossiya IIV migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarmasi boshligʻi general-leytenant Valentina Kazakova Sputnik agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, 2019 yilda qariyb 500 ming xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan, 2020 yilning 8 oyi davomida deyarli 400 ming kishi Rossiya pasportini olishga ulgurgan. Ularning 90 foizdan koʻprogʻi MDH fuqarolaridir.

“Oʻylaymizki, yil oxiriga qadar bu raqamlar 600 ming kishidan koʻproq boʻladi”, - deya taxmin qiladi Kazakova.

Bunday koʻrsatgichlarga qator omillar yordam berdi. Birinchidan, fuqarolikni olish tartibi soddalashtirildi. Masalan, endi amaldagi fuqarolikdan chiqish toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etmasa ham boʻladi. Ilgari bu majburiy edi. Shuningdek, Rossiya fuqaroligiga qabul qilinish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish muddati qisqartirildi – olti oydan uch oygacha.

Bundan tashqari, iyul oyidan boshlab yashash guvohnomasiga (VNJ) ega Qozogʻiston, Belarus, Moldova va Ukraina fuqarolariga Rossiya pasportini olish osonlashdi. Agar ilgari VNJ ular Rossiyada kamida besh yil yashashlari shart boʻlgan boʻlsa, endilikda ular bunday uzoq muddatni kutib oʻtishmasdan fuqarolikka hujjat topshirishlari mumkin. Yoz oʻrtasida Rossiya pasportini olishga daʼvogar boʻlgan bunday shaxslar 240 ming kishi edi.

“Biz fuqarolikni olish uchun ushbu toifadagi shaxslar soni oshishini kutyapmiz”,  -deydi IIV vakili.

Qozogʻiston va Ukraina fuqarolarga yana ayrim yengilliklar berildi. Ular IIV huzuridagi komissiyada ularni rus tili sohiblari deb tan olish boʻyicha suhbatdan oʻtmasliklari mumkin.

Shuningdek, vatandosh mavqeiga ega fuqarolar uchun yashash guvohnomasini olish tartibi soddalashtirildi.

“Ular vaqtincha yashash guvohnomasini (RVP) olmasdan turib, birdaniga yashash guvohnomasini olishlari mumkin, ular uchun Rossiya fuqaroligini olish muddati ham qisqartiriladi”, - deya aniqlik kiritdi Kazakova.

Migrantlar uchun ish beruvchilar reyestri

Kazakova Rossiya IIV xorijliklarni ishga joylashtirishga tayyor ish beruvchilar hamda ishchilarning reyestrini yaratishni taklif qilayotganini maʼlum qildi. Mazkur gʻoya vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan chet ellik fuqarolarning huquqiy maqomi toʻgʻrisidagi qonunning yangi kontseptsiyasida oʻz ifodasini topgan.

Hozir ishga joylashishni rasmiylashtirish uchun koʻplab hujjat turlari mavjud: bu mehnat patentlari, xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnoma, ishlash ruxsatnomasi.

“Bu ogʻir yuk, xorijlikka hamma tartiblarni oʻrganib chiqish mushkullik tugʻdiradi, nimanidir oʻzgartirish vaqti keldi. Shu bois chet ellik fuqarolarning huquqiy maqomi toʻgʻrisidagi qonun koptseptsiyasini ishlab chiqildi, unda ayrim innovatsiyalarni joriy etishni taklif etmoqdamiz”,  -deya taʼkidladi IIV vakili.

Migrant reyestr orqali ish topgandan soʻng keyingi bosqich hujjatlarni Yagona davlat xizmatlari portali orqali rasmiylashtirish boʻladi. ular onlayn tekshiruvdan oʻtkazilgandan keyin xorijlikka Rossiyaga kirishga ruxsat beriladi.

“Xorijlik ruxsat olib, Rossiyaga qaysi ish beruvchining oldiga borayotganini bilgan holda kiradi. Oʻylaymizki, bunday sxema ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni osonlashtiradi va ularni olish muddatini qisqartiradi”, - deb hisoblaydi Kazakova.

Bepul patent va barcha hujjatlarning uzaytirilishi

Kazakovaning soʻzlariga koʻra, 2020 yilgacha Rossiyaga har yili 15-17 million atrofida xorijlik fuqarolar kirib kelgan. Ular orasida 5-6 millioni ishlash maqsadida kelgan.

Karantin cheklovlari tufayli bu yil Rossiya IIV hududiy boʻlinmalariga mamlakatda boʻlib turish hujjatini rasmiylashtirishni soʻrab, 1,5 million nafarga yaqin migrant murojaat qilgan, xolos. Lekin bu davrda Rossiyada ayrim xorijliklar ishsiz qoldi, kimdir yopiq chegaralar tufayli vataniga keta olmadi. Rossiyada migrantlarning vaziyatini yaxshilash maqsadida ularning bir qator qogʻozbozlikdan ozod qiluvchi normativ-huquqiy choralar koʻrildi.

15 martdan 15 iyungacha migrantlarga hujjatlarining amal qilish muddati tugagan boʻlsa ham, Rossiyada qonuniy ishlash va yashash huquqi berilgan edi. Mehnat migrantlariga patentni Rossiyadan chiqmasdan uzaytirishga ruxsat berildi va hatto toʻlamaslik (15 iyungacha patentsiz ishlash mumkin edi). Birinchi navbatda, bu yengillik Oʻzbekiston, Tojikiston va Ukraina fuqarolarining mablagʻlarini tejadi (Moskvada patentning oylik toʻlov narxi 5 350 rublni tashkil etadi).

15 iyundan keyin ham Rossiyada boʻlishni qonuniylashtirishni uzaytirish uchun vaqt berildi. Hozir mamlakatda boʻlishi 15 martda qonuniy boʻlgan barcha chet ellik fuqarolar 15 dekabrgacha bemalol qolib ishlashlari mumkin.

Bugungi kunda Rossiyada rasmiy ravishda ishlay oladigan chet elliklarning bir necha toifalari mavjud. Birinchi toifa – rossiyaliklar bilan bir qatorda hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarsiz mehnat qilayotgan YEOII fuqarolari.

Ikkinchi toifa – bu mehnat patentlarini olib, avant toʻlovini amalga oshirayotgan shaxaslar. Uchinchi toifa esa bu viza bilan mamlakatga keluvchilar. Ular ishlash ruxsatnomasini rasmiylashtirishadi.

“2020 yilning 6 oyida bizga ish beruvchilardan chet ellik fuqarolarn ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi 700 mingdan ziyod bildirish xati kelib tushdi. Ularning qariyb 50 ming nafarini Armaniston fuqarolari tashkil etadi, bu taxminan 7 foiz”, - deya statistika maʼlumotlarini keltiradi Kazakova.

© Sputnik / Vladimir Astapkovich

Migratsiya roʻyxatidan oʻtish yanada shaffoflashdi

Rossiya qonunchiligidagi yana bir yengillik bu Rossiyada koʻchmas mulkka ega boʻlgan xorijliklar qabul qiluvchi tomon boʻlib, oʻz uylarida boshqa xorijliklarni roʻyxatdan oʻtkaza olishlaridir. 2020 yil sentyabriga qadar ular hatto yaqin qarindoshlarini, jumladan, turmush oʻrtoqlari, ota-onalari, farzandlarini migratsiya roʻyxatidan oʻtkazish huquqiga ega emas edilar.

“Fuqaro oʻz uyida xorijlikni roʻyxtdan oʻtkazish huquqidan erkin foydalana olmagan vaqtida u turli noqonuniy yoʻllarni qidiradi. Yaʼni agar xorijlik bir manzil boʻyicha yashaydi, migratsiya roʻyxatidan esa boshqa joydan oʻtgan. Bu maʼmuriy qonunbuzarlik. Bu roʻy bermasligi uchun aynan bu qonun ishlab chiqilgan”, - deya tushuntiradi Kazakova.

Jinoyatchilik avj olishining oldi olindi

Rossiyada koronavirus tufayli turli cheklovlar joriy etila boshlaganda koʻplar migrantlar oʻrtasida jinoyatchilik keskin avj olishini taxmin qilishdi. Kazakovaning fikriga koʻra, pandemiya davrida xorijliklar olgan imtiyozlar sabab bunday salbiy stsenariyning oldini olishga muvaffaq boʻlindi.

“Hayot bu qoʻrquvlar behuda boʻlganini koʻrsatdi. Rossiya hududida xorijliklarning qonuniylashtirish uchun oʻz vaqtida qabul qilingan choralar oʻz samarasini berdi. Xorijlik oʻzini himoyalangan deb hisoblaganda unga jinoyat sodir etishning kerak yoʻq, chunki u qonuniy ravishda bu yerda boʻlib turibdi. Xorijlik fuqaro oʻzini ishonchsiz  his qilganda jinoyatchilik avj olishi yuzaga keladi, u ishini yoʻqotadi, hujjatlarining amal qilish muddati tugaganda u ishga joylasha olmaydi”, - deya fikr bildirdi u.

Kazakovaning soʻzlariga koʻra, IIVning mamlakatlar elchixonalari, xususan, Oʻzbekiston va Tojikiston bilan birgalikdagi ishlari ham oʻz samarasini bergan. Diplomatik idoralar ishidan ayrilgan vatandoshlarga ishga joylashishiga yordam bergan. Qolaversa, migrantlarga Rossiyadan chiqib ketishga koʻmaklashishgan: charter reyslarini tashkillashtirilgan

Asosiy mavzular