14:00 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
102030

Togʻli Qorabogʻdagi harbiy harakatlar mojaro tomonlarining texnologik jihatdan sezilarli taraqqiy etganini namoyon qilmoqda, deb yozadi harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko

Ozarbayjon va Armaniston qoʻshinlari razvedka va zarba uchuvchisiz uchish qurilmalari (UUQ)dan - "suriya tajribasi"ni hisobga olgan holda faol foydalanishmoqda. Bu tabiiyki jonli kuch va texnikada yoʻqotishlar soni ortishini keltirib chiqarmoqda.

Yaqin oʻtmishda roʻy bergan xuddi shu singari jangovar harakatlardan farqli oʻlaroq, Qorabogʻdagi hozirgi ogʻir aslahalar qoʻllanilayotgan ziddiyat jang maydonida olingan video bilan kechayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz. Bu kadrlarda Ozarbayjon va Armanistonning havoda muntazam kuzatilayotgan razvedka va zarba dronlarini koʻrish mumkin.

Armaniston harbiy idorasi maʼlumotlariga koʻra, ozarbayjon qoʻshinlari 29 sentyabr kuni arman hududi Vardenis shahrida joylashgan harbiy qism boʻylab turkiyada ishlab chiqarilgan dron yordamida aviazarba berishdi. Sal oldin Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari Qorabogʻ bilan chegaratutashuv joyida aholi punktlari Armaniston harbiy kuchlari tomonidan oʻqqa tutilgani haqida bayonot bergan edi.

Pozitsiya janglari davom etmoqda, raqiblar bir-biriga alohida (nuqtali) zarba berishmoqda. Mojaro hududidan qochoqlar sezilarli oqimining yoʻqligi ham jangovar harakatlarning nisbatan bosiq xarakteridan dalolat bermoqda.

Qaynoq osmon

Ayni vaqtda ekspertlar hamjamiyati faqatgina AR va OR harbiy idoralarining rasmiy maʼlumotiga tayanishlari mumkin. Qorabogʻ kuchlari goʻyoki 49ta ozarbayjon dronlarini urib tushirgan, oʻz navbatida, arman armiyasi 18ta UUQdan judo boʻlgan. Taxminimcha, raqamlar oʻta boʻrttirilgan.

Taqqoslash uchun, oʻtgan oʻn yil mobaynida Togʻli Qorabogʻda yigirmaga yaqin ozarbayjon va arman UUQlari urib tushirilgan edi. Ammo har nega qaramay, mintaqadagi dronlar urushi - bu haqiqat. Suriya tajribasi esa shuni koʻrsatmoqdaki, zamonaviy qurolli mojarolarda uchuvchisiz komplekslar ahamiyati muntazam ortib bormoqda.

Yaqin kelajakda jangovar harakatlar strategiyasi va taktikasi koʻp hollarda sunʼiy ongga ega boʻlgan razvedka olib borish va zarba berish, yuz va hatto minglab kilometrlardagi nishonlarga "qoʻli yetadigan" avtonom uchar apparatlari tomonidan belgilanadi. Shu bugunning oʻzida ham OʻOʻQlar tomonidan jangovar harakatlar zonalarida sutkasiga 24 soatlik nazorat taʼminlanmoqda.

© Sputnik / Vitaliy Timkiv

Qorabogʻ ziddiyatida Boku asosan Isroilda ishlab chiqarilgan, 50 kilogacha yuk koʻtarishga qodir va harakat masofasi 250 km gacha boʻlgan Aerostar, Hermes, Heron va Harop dronlaridan foydalanmoqda. Bunday apparatlarni razvedkada, oʻt zarbasini toʻgʻirlashda hamda raqibning jonli kuchi hamda yengil zirhlangan texnikasiga qarshi kurashda boshqariluvchi jangovar zaxira sifatida qoʻllash mumkin.

OʻOʻQ qimmatbaho, va Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari vositalari uchun yetarlicha sezilishga ega. Masalan, Hermes 20 million dollarga yaqin turadi, ammo uni nishonga sari yoʻlda urib tushirishlari mumkin. Harajatlarni optimallashtirish uchun Ozarbayjon isroilning Aeronautics Defense kompaniyasi ishlab chiqaradigan dron-kamikadze "Orbiter-1K" Systemsning xillaridan biriga oʻxshash, oʻz-oʻzidan toʻgʻirlanadigan, koʻrinuvchan va infraqizil diapazonlarda kuzatuv optik-elektr tizimiga ega, osmonni qoʻriqlovchi "Zarba" jangovar zaxiralarini litsenzion ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻydi.

Kattagina mablagʻga ega boʻlmagan holda, Yerevan oʻz mudofaa sanoati imkoniyatlariga tayanmoqda. Armaniston "Krunk" tipidagi yengil (20 kilogacha yuk koʻtarish va harakat masofasi 150 km boʻlgan) hamda togʻli joylar uchun arzon va samarali boʻlgan oʻta kichik "Baze" razvedka va zarba apparatlarini ishlab chiqarmoqda va qoʻllamoqda. Arman armiyasining 95%dan ortiq dronlari - mahalliy ishlab-chiqaruvchilar mahsulotidir.

Janubiy Kavkaz barqaror dunyo uchun qaynoq nuqta va yuqori texnologik qurol uchun ancha tor boʻlib qolmoqda. Bunday yuqoritexnologik qurol borgan sari koʻpaymoqda. Ammo jang maydonida tomonlarning birining total ustuvorligi hozircha kuzatilmayapti.

Asosiy mavzular