Haqiqat qayerda? Armaniston va Ozarbayjon bayonotlari va raddiyalari kurashi

© Minoboroni Azerbaydjana / Mediabankka o‘tishVoyenniy konflikt v Karabaxe
Voyenniy konflikt v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Urushdagi kontrpropaganda, odatga ko‘ra, dushman jangovar ruhini tushirish uchun ishlatiladi - bunda uning yo‘qotishlari soni bo‘rrtirilib, o‘z shaxsiy yutuqlari ham ortiqcha kattalashtirilgan usuldan foydalaniladi

2020 yil sentabr oyida Tog‘li Qorabog‘da bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi qurolli qarama-qarshilik haddan ziyod ko‘p miqdordagi xabarlar tarqalayotgani bilan oldingilaridan farq qilmoqda, e’tiborli jihati ushbu xabarlar e’lon qilinishi bilan, shu onning o‘zidayoq qarshi tomon raddiyasi e’lon qilinmoqda. Bu xalqaro kuzatuvchilarga vaziyatni tahlil qilish ishlarini qiyinlashtirmoqda, Boku va Yerevanning har qanday rasmiy bayonotlariga nisbatan ishonchsizlikni uyg‘otmoqda.

Tog‘li Qorabog‘: mojaroning keskinlashuviga dunyo qanday munosabat bildirdi va kim olovga yog‘ quymoqda?  - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga qanday munosabat bildirildi va kim "olovga yog‘ quymoqda"?

Sentabrdagi jangovar harakatlar kechgan kunlar davomida son-sanoqsiz miqdordagi shubhali raqamlar, faktlar, shaffof bo‘lmagan epizodlar to‘plandi. Misol uchun, Armaniston Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 49ta ozarbayjon dronlari urib tushirilgan, ammo faqat bir dona uchuvchisiz uchish qurilmasi(UUQ)ning qoldiqlari fotosurati e’lon qilingan. O‘z navbatida, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi 18ta arman UUQ, shuningdek, 80ta arman tanklari va butun boshli shaxsiy tarkib polki (ikki mingga yaqin kishi) yo‘q qilingani haqida xabar berdi. 

O‘tgan o‘n yillik davomida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi hududida kechgan harbiy-siyosiy turbulentlik davomida Armaniston va Ozarbayjon jangovar holatda 20ga yaqin dronlarni yo‘qotgan edi. Front bo‘yicha mudofaadagi pozitsiyalari bir kilometrni emas, undan ko‘proq masofani egallaydigan arman polkini tezlikda yo‘q qilish uchun, ehtimol, ommaviy qirg‘in qurollari kerak bo‘ladi.

Raketnie ustanovki Azerbaydjana udarili po Nagornomu Karabaxu - Sputnik O‘zbekiston
Qorabog‘dagi ziddiylashuv va dronni qo‘llashdagi "suriya" tajribasi

Lekin Armaniston Mudofaa vazirligi ham 790 nafar ozarbayjon harbiy xizmatchilari yo‘q qilinganligi haqida xabar qildi. Agar bu yo‘qotishlar rost bo‘lsa, bunday tempda ikki armiya qishga yetib bormaydi. Eslatib o‘taman, turli ma’lumotlarga ko‘ra, mobilizatsiyaga qadar Ozarbayjon 65 mingdan 125 minggacha "miltiqqa", Armaniston va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ esa - 65 minggacha amaldagi harbiy xizmatchilarga ega bo‘lgan.

Armaniston Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, 29-sentabr kuni turk HHKga tegishli F-16 qiruvchisi ozarbayjonning Ganja aerodromidan havoga ko‘tarilgan va Vardenis tumani hududida Armanistonning Su-25 hujum samolyotini urib tushirgan. Uchuvchi mayor Valeriy Danelin qurbon bo‘lgan. Samolyot qoldiqlari fotolari e’lon qilingan, ammo ularga qarab fojia sabablarni aniqlashtirish juda qiyin.

Arman harbiy idorasi jangovar harakatlarga turk kuchlari jalb qilinganligini isbotlovchi to‘liq dalillarni taqdim etishni va’dasini bermoqda. Hozircha esa Ozarbayjon va Turkiya avia-zarba to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rad etishdi. Bokuning ta’kidiga ko‘ra, ular jangovar aviatsiyadan umuman foydalanmaydi.

Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston
Qorabog‘dagi vaziyat: Rossiya TIV tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni bas qilishga chaqirdi

Armaniston Respublikasi prezidenti yordamchisi Xikmet Gadjiyev ma’lumotlariga ko‘ra, ikkita arman Su-25 samolyoti tog‘ga urilib, portlagan. Bu singari hodisalar avval yaxshi ko‘rinmaslik holatlarida - Armanistonda va boshqa davlatlarda yuz bergan. Samolyot texnik eskirganlik yoki Armanistonning Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlarining tasodifiy (do‘stona) o‘t ochishi tufayli ham qulagan bo‘lishi mumkin. Mabodo arman Su-25 raqib tomonidan urib tushirilgan bo‘lsa, Armaniston Mudofaa vazirligi mutaxassislari turk F-16 qiruvchisi parvozini nima yordamida kuzatishdi, va unda nega Ganja aerodromi bo‘ylab bo‘lsa ham javob zarbasini yo‘llashmadi.

30 sentabr kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon (va F-16)ga qarshi Su-30SM qiruvchilari va "Iskander" OTRKlari ehtimoliy qo‘llanilishi xususidagi savolga to‘g‘ri javob berishdan qochdi.

Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy: Kavkazdan so‘ng Markaziy Osiyo o‘t ichida qoladi

Rossiya va jahon hamjamiyatining aksariyat mamlakatlari Boku va Yerevanni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiradi. RF prezidenti Vladimir Putin 29-sentabr kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan bo‘lgan suhbatda mojaro zonasidagi jangovar harakatlardan chuqur tashvishdaligini bildirdi, va deeskalatsiya zarurligiga e’tibor qaratdi.

RF prezzidenti Vladimir Putinning ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev bilan muloqoti zarurat tug‘ilganida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0