09:23 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
161520

Amerikaning koʻpnishonli F-35 bombardimonchi-qiruvchisi yaxshi ishlanmagan mashina sifatida shuhratini tobora mustahkamlashda davom etmoqda, u mutaxassislarni ajabtovur "xatolar" va yuqori avariyligi bilan hayratga solmoqda

AQSH HDK harbiy-dengiz instituti 30 sentyabr kuni El-Sentro harbiy bazasi (Kaliforniya shtati) yaqinida qoʻshimcha zapravka davomida havoda AQSH Dengiz piyodalari korpusiga qarashli KC-130J zapravkachi-samolyot va F-35B Lightning II (Chaqmoq) toʻqnashib ketgani haqida xabar berdi.

Zenitnыy kompleks Pantsir-S1, arxivnoye foto
© Foto : press-slujba Zapadnogo voyennogo okruga Minoboronы RF

Qoʻshimcha zapravka texnologiyasi qiruvchi yoqilgʻi zapravkachisining orqa qismini taran qilganidan dalolat bermoqda. Shundan soʻng F-35 qulagan va parchalangan. Uchuvchi katapulta qilgan va gospitalda sogʻligʻini tiklamoqda. KC-130J tankerining sakkiz harbiy xizmatchidan iborat ekipajlaridan hech kim shikastlanmagan va samolyotni qoʻndirishga muvaffaq boʻlishgan.

Amerika tomonidan ishlab chiqarilgan qiruvchilarda avariyaviylik koʻrsatkichlari nisbatan past boʻladi, degan fikr keng tarqalgan boʻlishiga qaramasdan, 2020 yilning bahor oylari oxiri va yoz mavsumida AQSH HHK va HDKga qarashli yettita qiruvchi halokatga uchragan: F-35A - 19 may va 9 iyun kunlari, F-22 Raptor - 15 may kuni, F-15C Eagle - 15 iyun kuni, F-18F Super Hornet - 18 iyun kuni, va sal keyin - F-16C, u Shou aviabazasida katta yongʻinni yuzaga keltirgan edi (Shaw Air Force Base). Gap yangi mashinalar haqida borar ekan, bu uning ekspluatatsiyasi va jangovar qobiliyatida mavjud muammolardan darak beradi.

"Beshinchi avlod" qiruvchilari boʻlmish F-35 uchta modifikatsiyada ishlab chiqilgan: F-35A HHK uchun (standart uchish va qoʻnish funktsiyasiga ega), F-35B Dengiz pexotalari korpusi uchun (qisqartirilgan uchish va vertikal qoʻnishni amalga oshiradi), F-35C HDK uchun (uchish aviatashuvchi katapultasi orqali amalga oshiriladi va aerofinisher vositasida qoʻnadi). Va bu "koʻrinmaslar oilasi" qisqa vaqt ichida falokatlarda uchta samolyotni yoʻqotdi. Eslatib oʻtamiz, 2019 yilda yapon HHK F-35A samolyoti halokatga uchragan, 2018 yilda esa F-35B Lightning II qiruvchisi amerikaning Dengiz piyodalari korpusi aviabazasi - Bofort (Janubiy Karolina shtati) yaqinida halokatga uchradi va sal oldin yongʻin tufayli shikastlangan F-35B ham hisobdan chiqarilgan edi.

Narx va sifat paradokslari

Negizida F-35 Lightening II qiruvchisi yaratilgan Joint Strike Fighter (JSF) dasturi oʻtgan yilning oktyabr oyida oʻzining loyihaviy quvvatiga chiqdi.

Shu munosabat bilan Lockheed Martin kompaniyasi va AQSH Mudofaa vazirligi oʻrta istiqbolda 478ta F-35 samolyotlarini xarid qilish rejasini eʼlon qilishdi, ular orasida 291 qiruvchi AQSH HK, 127 mashina - JSF dasturi xalqaro sheriklari va yana 60 qiruvchi - xalqaro xaridorlar uchun moʻljallangandi. 478 samolyotning umumiy bahosi - 34 milliard $ni tashkil qildi. Taxminlarga koʻra, seriyalar ortib borishi bilan F-35A qiruvchisining narxi ham (hozirda - 100 million $ atrofida) sekin-asta tushib boradi va 13-partiyadan boshlab 80 million $dan past boʻladi. Biroq, "chaqmoq"ning arzonlashuvi sifatning bunga qadar eʼlon qilingan beshinchi avlod texnologik darajasiga koʻtarilishini kafolatlamaydi.

Ilgariroq, Pentagonga yaqin Defense News nashri F-35 Lightning II ga oʻta sovuqqonlik bilan berilgan baholarni eʼlon qilgandi. Agar juda qisqa qilib aytadigan boʻlsak, F-35 – tovush tezligiga qadar boʻlgan qiruvchi, forsajda tezlikni bir daqiqadan ortiq oshira olmaydi, 1 Maxdan ortiq tezlikda esa korpusi qizib, halokatga uchrashi xavfi yuzaga keladi. 1,6 Maxdan keyin samolyotning shunchaki dumi uzilib tushishi mumkin. Beshinchi avlod qiruvchisining kreyser tezligi 1,4 Maxdan past boʻlolmasligi tufayli, F-35 Lightening II toʻrtinchi avlodda "qotib qoldi". Mashinadagi beshta ushbu oʻta xavfli nuqsonlar texnologik jihatdan bartaraf etilmaydigan sanaladi va tabiiyki, umumiy qiymati 1,7 trillion dollardan oshadigan ishlab chiqarish dasturini ogʻir ahvolga solmoqda.

2020 yilning sentyabrida F-35 parvozlar uchun oʻta qimmat deya tan olindi: ushbu dastur keyingi besh yil davomida moliyalashtirilishda 10 milliard dollar tanqislikni boshdan kechiradi. Majburiy "modernizatsiyalash", qurollantirish liniyasi boʻyicha qoʻshimcha tadqiqotlar va ishlanmalar, yoqilgʻi, ehtiyot qismlarining yetkazilishi va texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish tufayli F-35 haddan ziyod qimmatbaho texnikaga aylandi. Garchi foydalanishda ikki motorli F-22 Raptor dan arzonroq boʻlsa-da.

Bu yerda shuni nazardan qochirmaslik kerakki, F-22 atigi 187 dona yaratilgan, F-35 ni esa 3000 dan ziyod seriyada ishlab chiqish moʻljallangan. Bunday miqdordagi "chaqmoqlar" Qoʻshma Shtatlarga doʻst boʻlgan oʻnlab davlatlarning, qolaversa, Pentagonni oʻzining byudjetini ham tinchlik mahalida bombardimon qilib tashlashga qodir. Ushbu xatar haqiqatda mavjud, axir F-35 dasturining 75% narxi ekspluatatsiya harajatlariga toʻgʻri keladi va bu chiqimlar kutilgandan koʻra koʻproqni tashkil qilmoqda - buning boisi esa texnik xizmat koʻrsatish va yoqilgʻi sarfiga boʻlgan oʻta yuqori talablarda.

Yaʼni, texnologik jihatdan "xom" F-35larning doimiy jangovar hozirligini qoʻllab-quvvatlab turish F-16 yoki F-18 qiruvchilariga nisbatan ancha murakkab va qimmatdir. Qolaversa, nimani qoʻllab-quvvatlayotganingiz ham hali nomaʼlum, chunki yuqori texnologiyali dushman bilan toʻqnashuvda jangovar foydalanish tarixi hali deyarli nolga teng.

Harbiy qudrat imitatsiyasi

Amerika armiyasi F-35 Lightening II qiruvchilari uchun taxminan 15 ming dona talablarga mos kelmagan ehtiyot qismlarni qabul qildi. Yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish uchun "chaqmoqqa" yaqin orada 70 million dollardan ortiq mablagʻ sarflanadi. F-35 ekspluatatsiya xarajatlarining doimiy oshishi, "isteʼmolchining" ishlab-chiqaruvchi-firma dasturiy taʼminoti (yangilanishlarga) tobeligi kuchayishi, ehtiyot qismlarni yetkazib berishdagi turbulentlik - potentsial dahshatli samolyotni deyarli jangovar yaroqsizga aylantirmoqda.

"Chaqmoqlar" nazariy jihatdan faqatgina radarlarni aylanib oʻtish va dushman mudofaasi oʻrtasida zarba yetkazishga qodir.

Haqiqatda, barcha modifikatsiyadagi F-35 qiruvchilari ochiq balandlik va tezlikda, istalgan komplektdagi aslahalar bilan ham - potentsial dushmanning radarlari ekranida maksimal masofada ham yarqirab koʻrinib turadi. Yaʼni, oʻzining kontseptual-texnologik vazifalarini bajarishga qodirmas va oldindan jangovar harakatlar zonasida sekin yurar zaif nishonga aylanadi.

Shu narsa maʼlumki, Eron Rossiyada ishlab chiqarilgan radar yordamida amerika "koʻrinmaslari" joylashuvini aʼlo darajada koʻradi - bu Fors qoʻltigʻidagi ikkita F-35A eskadrilyasi va hatto Qatardagi F-22 Raptor eskadrilyalari. Tehronning eng samarali xaridi katta masofaga ega boʻlgan - S-300PMU-2 havodan hujumga qarshi mudofaa tizimidir. U oʻta kuchli radarlar va raketa uchirish qurilmalarini oʻz ichiga oladi. Eron tomonidan oʻrnatilgan "Rezonans-NE" havodan hujumga qarshi tizimi ham oʻta samarali, u mamlakat chegaralari yaqinidagi F-35 qiruvchilarini muvaffaqiyatli aniqlab, kuzatmoqda.

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy

Radiolokatsiya sohasida erishilgan soʻnggi yutuqlar asosida rossiyalik mutaxassislar tomonidan yaratilgan "Rezonans" 600 metrgacha masofada va 100 kilometr balanlikda aerodinamik havo obʼyektlarni (xususan, "koʻrinmas-qiruvchilar" va gipertovushli raketalarni ham) aniqlash va nishonni toʻgʻri olish boʻyicha koʻrsatmalarni berishga qodir . Shu bilan birga, ballistik nishonlar 1 100 kilometrda "Rezonansa-NE"ning koʻrinish zonasiga tushadi. Toʻgʻrisini aytganda, Eron Islom Respublikasining butun boshli havo hujumidan mudofaa tizimi - taxminan 2017 yildan buyon Pentagon uchun katta bosh ogʻrigʻiga aylangan va shu sababli ham isyonkor Tehronni bombardimon qilishmayapti.

Asosiy mavzular