13:56 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
224620

Qirgʻizistonda yangi revolyutsiya boʻladimi? Bugun odamlarni koʻchaga chiqishiga nima sabab boʻlmoqda? Saylovdan oldin Respublikada nimalar boʻlgan edi?

TOSHKENT, 6 okt - Sputnik. Galiya Ibragimova, Sofya Melnichuk. Qirgʻiziston MSQ yakshanba kuni boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalarini bekor qildi. Saylovdan soʻng mamlakatda yuz bergan tartibsizliklarni toʻxtatish maqsadida hukumat muxolifat bilan muzokaralar oʻtkaza boshladi. Lekin Bishkek va Oʻshda odamlar haligacha uylariga tarqalishgani yoʻq. Ular saylovlar yangi sanasi eʼlon qilinishini kutishmoqda.

Partiyalar qancha ovoz toʻplagan edi?

Saylov byulletenlarida 16ta partiya nomlari keltirilgan boʻlsada, ulardan faqat 4tasi Qirgʻiziston qonunchiligida belgilangan 7%li toʻsiqdan oʻtib, Parlamentga deputat yuborish huquqiga ega boʻlgan. Lekin saylovda yetarlicha ovoz toʻplay olmagan kichik partiya vakillarining fikriga koʻra, bu natijalar qalbakilashtirilgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, boʻlib oʻtgan saylovlarda Hukumat tomonida boʻlgan "Birimdik" va "Mekenim Kыrgыzstan" partiyalari uchun 50 %ga yaqin saylovchilar ovoz berishgan. Yaʼni, parlamentga asosan "eski" deputatlar qayta saylangan.

Bunday "gʻalabani" boshqa bir necha kichik partiyalardan iborat boʻlgan muxolifat kuchlari tan olmagan va hukumatni saylovlarni soxtalashtirishda ayblagan. Sobiq prezident Almazbek Atambayevning tarafdorlariga ham muxolifatchilarga qoʻshilgan.

Muxolifatchilarning gʻazabini keltirgan ikkita narsa bu: amaldagi prezidentning ukasi Asilbek - "Birimdik" partiyasiga, korruptsiyada ayblangan  sobiq Bojxona  boshligʻi oʻrinbosari Raimbek Matraimov esa - "Mekenim Kыrgыzstan" partiyasiga bosh boʻlganidir.

Shuningdek, kichik partiyalardan biri boʻlgan "Qirgʻiziston" partiyasi ham 7%dan koʻproq ovoz toʻplab, parlament saylovlariga oʻtgan. Ushbu partiya kichik va oʻrta biznes manfaatlarini himoya qiladi.

Ayni damda norozilik bildirayotgan muxolifat kuchlarining asosiy havotiri shundaki, kichik partiya boʻlgan "Kыrgыzstan" Hukumatga qarashli boʻlgan ikkita yirik partiyaga qoʻshiladi va shu bilan boshqaruv huquqiga ega boʻlgan koʻpchilik koalitsiyasi tuziladi. Oqibatda Respublikada hammasi avvalgiday qoladi, hech qanday oʻzgarishlar boʻlmaydi.

Parlament sayloviga 7%li toʻsiqdan oʻtgan yana bir partiya bu - "Butun Kыrgыzstan". Ular hozirgi hukumatni keskin tanqid qilib. ular bilan muzokaralar oʻtkazishga norozilik bildirishmoqda. Lekin namoyishchilar ushbu partiga ham hozircha ishonch bildirishgani yoʻq, chunki u yerda oʻz obroʻsini yoʻqotgan sobiq siyosatchilar juda koʻp.

Toʻgʻri "nomzod"ni saylashga yodam

Norozilik namoyishiga chiqqanlar Hukumatni saylov jarayonida maʼmuriy resursdan foydalanishda, qariyalardan oʻzlariga kerakli boʻlgan "ovozlar"ni yigʻishda va koʻplab saylov uchastkasidan "hisobdan chiqarish  guvohnomalaridan" foydalanishda va boshqa qonunbuzarliklarda ayblashmoqda.

Dushanba kuni Bishkek va Oʻshda muxolifatchilar norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Bishkek, Norin, Talas va Issiq-Koʻl viloyati rahbarlari oʻz lavozimini tark etdi. Namoyishlarda amaldagi hukumat vakillari bilan ham toʻqnashuvlar sodir boʻldi.

Hukumat kechga yaqin namoyishchilar oʻzi tarqalib ketadi, degan umidi amalga oshmadi. Militsiya xodimlari namoyishchilarni haydamoqchi boʻlishganda, ular hukumat binolariga qarab hujumga oʻtishdi. Birinchi boʻlib Parlament binosi ishgʻol qilindi. Keyin namoyishchilar Davlat Milliy Xavfsizlik qoʻmitasi qamoqxonasidan sobiq prezident Almazbek Atambayev, sobiq bosh vazir Sapar Isakov va sobiq deputat Sadыr Japarovlarni ozod qilishdi.

Tongda maʼlum boʻlishicha, namoyishlarda 600dan ortiq kishi jarohatlangan. Ular orasida namoyishchilar, hukumat vakillari va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ham bor. Tez tibbiy  yordam xizmati tunda tinimsiz ishlagan.

Ayni damda muxolifatchilar Muvofiqlashtirish kengashi tuzishgan. Unga amaldagi hukumatga keskin qarshi boʻlgan "Butun Kыrgыzstan" partiyasi yetakchisi Adaxan Madumarov boshchilik qilmoqda. Muxolifatchilar hukumat isteʼfoga chiqishini va Parlament saylovlarining yangi sanasi belgilanishini kutishmoqda.

Amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekov muxolifat bilan muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻldi.

"Tinchlik va xavfsizlik – hamma narsadan ustun! Men mamlakat taqdirini hamma narsadan ustun qoʻyishni va huquqiy yoʻlga qaytishingizni soʻrayman”, - dedi u.

Saylovdan atrofidagi voqealar

Maʼlum boʻlishicha, hukumatga tegishli boʻlgan "Birimdik" va "Mekenim Kыrgыzstan" partiyalari saylovoldi kampaniyasi davomida maʼmuriy resursdan ochiqchasiga foydalangan. 500 ming kishi 2-forma boʻyicha oʻz turar joyidan boshqa joyda ovoz bergan. Muxolifat partiyalarida, albatta, bunday imkoniyatlar boʻlmagan. Bu esa hatto siyosatga aralashmaydigan fuqarolarning ham jahlini chiqargan.

Odamlarga yana bir yoqmagan joyi, hukumat partiyalari saylov natijalari eʼlon qilinganidan soʻng ommaviy bayram uyushtirishgan. Shundan soʻng norozilik namoyishlari boshlanib ketgan.

"Dastlab odamlar hukumat nima boʻlayotganini tushuntirib beradi, deb kutishdi. Buning oʻrniga esa koʻchalardan gʻolib partiyalarning bayramlari boshlanib ketdi. Prezident va hukumat esa jim edi. Agar biror kishi chiqib, suhbat boshlaganda, balki hammasi tinch hal boʻlardi", - deydi qirgʻizistonlik siyosatshunos Alibek Mukambayev.

Siyosatchi fikriga koʻra, norozilikning yana bir sababi – mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat. Karantin tufayli koʻpchilikning daromadi kamayib ketgan. Cheklov choralari yengillashtirilganida kasallar soni keskin oshib ketdi. Kuniga 40 kishi vafot etdi, aptekalarda dori yoʻq. Sogʻliqni saqlash tizimi oʻzining samarasiz ekanini, hukumat qoʻlidan ish kelmasligini koʻrsatdi.

"Odamlar ichida ushbu muammolar toʻplanib-toʻplanib saylov natijalari eʼlon qilinganidan soʻng, birdan tashqariga otilib chiqdi", - deydi  Mukambayev.

Shu bilan birga, ekspertlar Atambayevning ozodlikka chiqarilishi – vaziyatga kuchli taʼsir qilmaydi, sobiq prezidentga ham aholining ishonchi unchalik katta emas, deb hisoblaydi. Hozir asosiysi, muxolifat va hukumat bir-birlarining fikriga quloq solishi. Aks holda toʻqnashuvlar yana va yana davom etaveradi.

Asosiy mavzular