09:38 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
62 0 0

Butunjahon turizm tashkiloti dam olish sohasi bozori 80%ga qulashini prognoz qilmoqda. "Delfin" turoperatori bosh direktori Sergey Romashkin inqiroz bosh sabablari nimadaligi va qachon holat barqarorlashi mumkinligi haqida gapirdi.

Koronavirus koʻplab sohalarni inqirozga uchratdi, ayniqsa, turizm sohasini. Muammo moliyaviy imkoniyatlarda emas, balki butun dunyo boʻyicha odamlarning ruhiy holatidadir, deya taʼkidladi ekspert Sputnik Litvaga bergan intervyusida.

"Chet ellik mehmonlarga boʻlgan va odamlarning oʻzaro munosabatlarida ham ehtiyotkorlik singari psixologik omillar hali uzoq vaqtgacha oʻzini namoyon etadi. Mana, kinoteatrlar va restoranlar ochildi, ammo avvalgidek odam toʻplay olishmayapti. Gap odamlarning pulni tejay boshlaganlarida emas, balki, jamoat joylari borish uchun xavfsiz deya qabul qilinmayotganida. Fikrimcha, barchamizga tinchlanib olishimiz uchun vaqt darkor, ammo, hozir ikkinchi toʻlqin haqida gapirilayotgan bir vaqtda qanday hotirjam boʻlish mumkin? Yaʼni biz hozircha bu psixologik inqirozdan chiqib keta olganimiz yoʻq - biz uning qurshovidamiz", – dedi Romashkin.

Ekspert bahosiga koʻra, turizm sohasi tiklanishi uchun uzoq vaqt kerak boʻladi. Inqirozgacha boʻlgan koʻrsatkichlarga 2022-2023 yillardan oldin qaytmaydi. Bu vaqtga qadar holat sekin-asta oʻnglanib boradi. 2020 yil yakuniga koʻra ekspertlar prognoziga qaraganda qulash ikki 80%ni tashkil qilsa, 2021 yilda holat yaxshilanishi va inqirozgacha boʻlgan davrning uchdan bir koʻrsatkichini tashkil etishi mumkin.

Asosiy mavzular