05:07 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Analitika
Havola olish
120210

Qorabogʻ mojarosining negizi nimada - Dmitriy Kiselev Ozarbayjon prezidenti va Armaniston bosh vaziriga Qorabogʻ muammosiga doir 5ta bir xil savol bilan murojaat qildi.

Sentyabr oyining oxiridan boshlab Togʻli Qorabogʻda jangovar harakatlar boshlanib ketdi. Unda ishtirok etayotgan ikkala tomon bir-biriga turli ayblovlar qoʻymoqda.

“Rossiya Segodnya” Xalqaro axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselev Ozarbayjon prezidenti Ilxam Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga bir xil savollar bilan murojaat qildi.

- 27 sentyabrdan buyon boshlangan jangovar harakatlar natijalarini qanday baholaysiz, qurbonlar, yoʻqotishlar va asirlar koʻp boʻldimi?

Ilxam Aliyev: 27 sentyabr kuni Ozarbayjonga navbatdagi hujum uyushtirildi. Bu soʻnggi uch oy ichida birinchisi emas edi. Ushbu davr mobaynida bizning tinch aholimiz va harbiylarimizga nisbatan bir necha hujumlar uyushtirildi. Biz yaqinda ana shunday diversant guruhlardan birining boshligʻini qoʻlga olidik. Hozir u koʻrsatma bermoqda.  

Bugungi kunda biz tomondan tinch aholi orasida 43 ta qurbon, va 200ga yaqin yaralanganlar bor. Undan tashqari chegaraga yaqin hududda 2 mingdan ortiq uylar vayron qilingan. Harbiylar orasidagi yoʻqotishlarimizni janglar tugaganidan keyin maʼlum qilamiz. Men bilishimcha Armaniston tomondan yoʻqotishlar bir necha barobar koʻp.

© Sputnik / Vladimir Trefilov
Intervyu I. Aliyeva i N. Pashinyana RIA Novosti

Nikol Pashinyan: Vaziyat juda murakkab, ikkala tomondan ham yoʻqotishlar koʻp. Togʻli Qorabogʻ mudofaa armiyasi oʻz hududini himoya qilishga bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Koʻpchillik fikriga koʻra, u yerda 21 asrning misli koʻrilmagan urushi boʻlmoqda. Unda tanklar, uchuvchisiz apparatlar, samolyot va vertolyotlar, artilleriya va raketalardan foydalanilmoqda. Janglar juda keng koʻlamda va shafqatsiz kechmoqda. Turkiya va Ozabayjonning Togʻli Qorabogʻni tezda egallab olish rejasi barbod boʻldi deyish mumkin.

- Biz janglarda ishtirok etayotgan Suriya yoki Lividan kelgan yollanma jangarilar haqida koʻp eshitmoqdamiz. Bunga ishonish mumkinkmi?

Aliyev: Men bu haqida koʻp marotaba aytdim. Bizga hech qanday xorijiy harbiylar kerak emas. Oʻzimizning 100 ming askardan iborat armiyamiz bor. Kerak boʻlsa undan ham koʻpaytirishimiz mumkin. Bugun bizning qurolli kuchlarimiz har qanday jangovar vazifani bajarishi mumkin. Biz faqatgina uchuvchisiz apparatlar yordamida raqibning 1 milliard dollarlik harbiy texnikasini yoʻq qildik. Buning videosini internetda topish mumkin. Ozarbayjon armiyasi imkoniyatlari – hech kimga sir emas. Bizda hech qanday yollanma jangarilar yoʻq – bu bizning rasmiy bayonotimiz.

Pashinyan: Bu haqida butun dunyo gapirmoqda. Suriyaliya jangari-terrorchilar Togʻli Qoraboqqa qarshi janglarda ishtirok etmoqda Buning isbotlari ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan. Turkiya ushbu urushning bosh sponsori. Turkiya ushbu jangarilarni yollab Qorabogʻ hududiga olib kelgan. Turkiya yordamida ushbu urushni boshlashgan qaror qabul qilingan. Chunki Ozarbayjon armiyasi yakka oʻzi Togʻli Qoraboqqa qarshi janglarda ishtirok etishga ojizlik qiladi.

Ayrim maʼlumotlarga qaraganda ushbu janglarda hatto Pokiston armiyasining maxsus boʻlinmalari ham ishtirok etmoqda. Koʻplab xalqaro OAVlar bu haqida yozmoqda.

- 10 oktyabrda Moskvada imzolangan tinchlik oʻrnatish shartnomasida 10 ta bazaviy printsiplar aytib oʻtilgan. Shularni keltira olasizmi?

Aliyev: Ha, bu printsiplar soʻnggi 10 yildan ortiq vaqt davomida muhokama qilib kelinmoqda. Armanistonning oldingi rahbariyati bilan biz ushbu printsiplarning aksariyati borasida kelishuvga erishgan edik. Lekin Armaniston yangi rahbariyati hukumat boshiga kelganidan soʻng, barcha oldingi kelishuvlar goʻyoki axlat qutisiga tashlangandek boʻldi. Ustiga-ustak muzokaralarga uchinchi tomon - Togʻli Qorabogʻni jalb qilishga urinish boʻldi. Bu taklifni biz ham, YEXHT Minsk guruhi ham rad etdi.

Bazaviy printsiplar borasida – u yerda hammasi aniq va ravshan. Ozarbayjonning okkupatsiya  qilingan hududlarini bosqichma-bosqich ozod qilish belgilangan. Birinchi bosqichda – janubi sharqiy yoʻnalishdaga 5ta tuman, ikkinchi bosqichda – Togʻli Qorabogʻ va Armaniston orasida joylashgan Lachin va Kelbodjar tumanlarini ozod qilish belgilangan.

Shuningdek, ozarbayjonlik qochqinlarni azaldan yashab kelgan Shushi va Togʻli Qorabogʻ avtonom viloyatining boshqa tumanlari hududiga qaytarish belgilangan.

Undan tashqari Togʻli Qorabogʻning yakuniy maqomi tomonlar kelishuviga asosan belgilanishi koʻrsatilgan. Shartnomaning asosiy printsiplari – mana shu.

Yangi Armaniston hukumati va bosh vaziri esa – bir  santimetr yerni ham qaytarib bermasliklarini aytishmoqda va Armaniston hudud uchun yangi urushga tayyorlanayotganini bir necha bor eʼlon qilishgan. Biz tomonga poʻpisa va haqoratlar bir necha bor aytilgan.

Mening fikrimcha Armaniston tomoni vaziyatga sogʻlom baho berishlari kerak va kelishuvga muvofiq urushni toʻxtatishga harakat qilishlari kerak. Buning oʻrniga esa, Armaniston tomon shartnoma imzolanganganidan bir necha soat oʻtib tinch uxlayotgan Gyandja shahrini bormbardimon qildi.

Pashinyan: Bu printsiplarni hamma biladi: xalqlar oʻz taqdirini oʻzi hald qilish printsipi, kuch ishlatmaslik va kuch bilan qoʻrqitmaslik printsipi va territoriyalar butunligi printsipi. Lekin muzokaralar davomida tomonlar ushbu printsiplarni turlicha tushunishi maʼlum boʻldi. Hozir esa biz ushbu printsiplardan eng muhimi buzilganining guvohi boʻlmoqdamiz. Bu – Togʻli Qorabogʻ muammosini hal qilishda kuch ishlatmaslik va kuch bilan qoʻrqitmaslik printsipi.     

- Gap kompromisslar haqida ketganda, siz qanday shartlarni qabul qilishga tayyorsiz va qanday shartlarga hech qachon rozi boʻlmaysiz?  

Aliyev: Bizning pozitsiyamiz har doim konstruktiv va izchil boʻlgan. U xalqaro huquq normalariga va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga muvofiq boʻlgan. Unda Armaniston harbiy kuchlarini bizga tegishli boʻlgan hududlardan toʻliq va hech qanday shartlarsiz olib chiqish belgilangan.

Qizil chiziqlarga kelsak, biz bu borada koʻp marta aytganmiz va Minsk guruhi bu haqida yaxshi biladi – hech qanday sharoitda Ozarbayjon hududi yaxlitligi buzilmasligi kerak, Ozarbayjon hech qachon Togʻli Qorabogʻning mustaqil deb eʼlon qilinishiga rozi boʻlmaydi.

Shu bilan bir vaqtda kelajakda ushbu hududda ham arman ham ozarbayjon jamoalari tinch-totuv yashashi taʼminlanishi kerak. Bugungi kunda Boku va Ozarbayjonning boshqa hududlarida koʻplab armanlar tinch totuv yashayotganidek. Nega bunga Togʻli Qorabogʻda erishib boʻlmaydi?

Barcha etnik tozalashlar oqibatlari bartaraf etilishi va majburan koʻchib ketganlar oʻz uylariga qaytishlari kerak.

Pashinyan: Shunday qizil chiziq albatta bor – bu Togʻli Qorabogʻ aholisining oʻz taqdirini oʻzi belgilash printsipi. Armaniston albatta kompromislarga ham tayyor. Bizning eng katta kompromissimiz – “Qozon tashabbusi” doirasida maʼlum qilingan edi. Lekin Ozarbayjon bunga rozi boʻlmadi. Ozarbayjon Togʻli Qorabogʻ xalqi oʻz taqdirini oʻzi hal qilishini istamaydi. Biz uchun esa bu “qizil chiziq”.

- Kechirasiz yana bir marta soʻramoqchiman, siz qanday aniq kompromislarga rozisiz?  

Biz Ozarbayjon rozi boʻlgan kompromislarga mutanosib(proportsional) kompromislarga  rozimiz.

- Bu urush tarixda oʻzining oʻta shafqatsizligi bilan esda qoladigan boʻldi. Siz ham ushbu tarixdan qanday rahbar sifatida esda qolishni istagan boʻlardingiz?

Aliyev: Bilasizmi, har qanday urush - bu shafqatsizlik, bu qurbonlar, bu yaqinlarni yoʻqotishdir. Lekin bugungi urush bu Ozarbayjon uchun - Xaloskorlik urushi boʻlsa, Armaniston uchun bu - Bosqinchilik urushidir. Togʻli Qorabogʻning oʻz armiyasi yoʻq. Bu hech kim uchun sir emas, xalqaro kuzatuvchilar ham buni juda yaxshi biladi. U yerda 90% askarlar Armaniston fuqarolaridir. Shu oʻrinda savol tugʻiladi – ular Qorabogʻda nima qilmoqda?

Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev
Ofitsialnыy sayt prezidenta Azerbaydjana

Ozarbayjonning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hududlarida 30 yildan buyon Armaniston okkupatsion kuchlari turibdi. Buni hech narsa bilan oqlab boʻlmaydi: na xalqaro huquq normalari va na oddiy insoniy axloq bilan.

Shuning uchun ham bizning askarlar oʻz yerini xalos qilish yoʻlida qurbon boʻlmoqda Armaniston askarlari esa – okkupatsiya qilingan hududlarni saqlab  qolish uchun qurbon boʻlmoqda.

Tarixdagi oʻrin haqida gapirganda – men bu haqida hech qachon oʻylamaganman. Hozir mening asosiy vazifam – xalq menga bildirgan ishonchini oqlash, Ozarbayjon hududiy yaxlitligini tiklash, mamlakatni rivojlantirish yoʻlidan olib borish. Mening tarixdagi oʻrnimni esa kelajakda xalqning oʻzi belgilaydi.  

Pashinyan: Bu qandaydir shaxsiy ambitsiyalar maslasi emas. Mening niyatim ushbu jarayon yakunida Qorabogʻ Muammosi yakuniy hal boʻlsa. Kompromiss asosida. Biz barcha uchun toʻgʻri keladigan yechimni topsak – Armaniston uchun ham, Togʻli Qorabogʻ uchun ham Ozarbayjon uchun ham. Bu yakuniy yechim boʻlardi.

- Men barcha savollarimni berib boʻldim. Biror nima qoʻshimcha qilmoqchi boʻlsangiz marhamat.

Aliyev: Ushbu imkoniyat uchun rahmat, Rossiyaning koʻp millionli auditoriyasiga oʻz soʻzlarimni yetkazmoqchiman. Men ular ushbu mojaroda Ozarbayjon pozitsiyasini yaxshiroq tushunishlarini istayman, chunki baʼzi hollarda turli fikrlarni eshitish mumkin.

Men faktlarga asoslanib, bu yerda nima boʻlayotganini tushuntirib bermoqchiman. 19 asr boshida Qorabogʻ va Shushi xoni Ibrohim Xalil Rossiya bilan general TsiTsianov nomidan shartnoma tuzgan. Unga koʻra Qorabogʻ xonligi Rossiya tarkibiga kirgan. Ushbu shartnoma Kyurekchay shartnomasi deb nomlanadi va uni internetdan topsa boʻladi. Ushbu shartnomada Qorabogʻda armanlar yashashi haqida biror soʻz aytilmagan.

Armanlarning ushbu hududga koʻchib oʻtishi 1813 va 1828 yillardagi rus-fors urushlaridan soʻng sodir boʻlgan. Ushbu urushdan soʻng armanlar Qoraboqqa ommaviy koʻchib oʻtishni boshlagan. Bu Qorabogʻ tarixiy kimga tegishli ekani haqida.  

1918 yilda Rossiya Imperiyasi tugatilganidan soʻng Ozarbayjon Respublikasi tashkil qilingan. Ozarbayjon tashkil qilinganidan soʻng u Yerevan shahrini Armanistonga poytaxt qilib bergan. BU ham tarixiy fakt. 1921 yilda esa Togʻli Qorabogʻ hududini Ozarbayjon tarkibida qoldirish haqida qaror qabul qilgan. Bular tarixiy faktlar.

Sobiq Ittifoq tarqalishi arafasida qanday voqealar sodir boʻlganini koʻpchillik yaxshi biladi deb oʻylayman. Axir SSSR tarqalishida ham Togʻli  Qorabogʻdagi separatizm - bu ulkan zambarak “tepkisining bosilishi” boʻlgan edi.

Axir oʻsha vaqtlarda ham kimdir mitinglar tashkil qilgan, kimdir oʻsha voqealar ortida turgan edi. Hozir koʻpchillik buni unutib qoʻygan.

Men koʻpincha Pashinyan - bu Soros mahsuloti deyman. Soros anchadan beri shaxs emas tushunchaga aylangan. Buyuk davlatni yoʻq qilish uchun uning ichiga millatchilik, xalqlarning bir-biriga dushmanlik va separatizm urugʻlarini ekishdi. Oqibatda shunday boʻldi ham.

Ozarbayjon va Rossiyani koʻp yillik doʻstlik rishtalari bogʻlab turibdi. Hech qanday kuch bunga taʼsir qilmasligiga men ishonaman. Bugun biz turli kuchlar bunga taʼsir qilishga urinayotganining guvohi boʻlmoqdamiz. Lekin Rossiya va Ozarbayjon rahbariyatining oqilona va izchil siyosati tufayli biz orqaga ketish oʻrniga oldinga qarab yurmoqdamiz.

Pashinyan: Albatta. Birinchi savolingizga javob bergan vaqtimda, ushbu jarayonda Turkiya oʻz oldiga qoʻyayotgan maqsadlarga eʼtiboringizni qaratdim. 20 asr boshidagi maʼlum voqealardan soʻng. Turkiya Janubiy Kavkaz hududiga qaytishni va “armanlar genotsidi” siyosatini davom ettirishni orzu qilmoqda.  

Janubiy Kavkaz armanlari – bu Turkiyaning shimol tomon kengayishi yoʻlida qolgan yagona toʻsiqdir. Bu Turkiyaning imperiya siyosatining davomidir. Mening bunga ishonchim komil.

Bugungi kunda Janubiy Kavkazda sodir boʻlayotgan voqealarni Turkiyaning Oʻrta-yer dengizi, Liviya, Suriya, va Iroqdagi siyosati doirasida qabul qilish kerak. Hozir bu yerda boʻlayotgan voqealar Togʻli Qorabogʻ mahalliy mojarosi doirasidan chiqdi. Turkiya Janubiy Kavkazni yangidan boʻlmoqchi va undan keyinchalik Shimol va Janub-sharq tomon yanada kengayish maqsadida foydalanmoqchi.

Men oʻylashimcha bu yerda koʻp  mamlakatlarning milliy manfaatlari bor, jumladan Rossiya Federatsiyasining ham.

Men yaqinda Checheniston va Dogʻistonda paydo boʻlgan jangarilarni bekorga aytmadim. Suriya jangarilari u yerda qanday paydo boʻlishdi? Mening ishonchim komil – ular Qorabogʻ mojarosi hududidan kelgan.

Shu oʻrinda savol tugʻiladi. Shimoliy Kavkazda notinchlik uygʻotish harakatlari bejizga boʻlayaptimi? Balkim bu Rossiya eʼtiborini Togʻli Qorabogʻdan chetga tortish uchun ataylab qilinayotgandir?

Asosiy mavzular