19:42 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
181040

Bugungi kunda mamlakatda tilanchilik qilayotgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik choralari belgilanganligiga qaramay, jamoat joylarida sadaqa soʻrayotgan qariyalar, erkagu ayollar, achinarlisi bolalarning soni koʻpaygani koʻzga tashlanadi.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Aholining maʼlum bir qatlamini qamrovchi moʻltoni (tilanchi) lar jamiyatda azaldan boʻlgan va bu mavzuga ilgari koʻp ham eʼtibor qaratilmas edi. Ular oʻzlarining tili bilan aytganda avval ham, hatto bugungacha bemalol  “otameros kasbi”ni davom ettirib kelishadi. Biroq bugungi kunda togʻni ursa talqon qilishga qodir erkaklar, hayotda bir oz qiyinchilikka duch kelgan xotin-qizlar ham el qatori mehnat qilib pul topish oʻrniga, tilanchilikni oʻzlariga kasb qilib olishayotganligi kishini oʻylantiradi.

© Sputnik / Natalya Seliverstova

Kun davomida oʻylab koʻrsak, minglab oʻtib-qaytayotgan yoʻlovchilarning har oʻndan uchtasi pul uzatsa, bu tilanchilarning sizu bizga nisbatan yaxshiroq sharoitda yashashiga yetadi.  Ammo bu holat ertaga qayoqqa olib boradi, jamiyatda  boqimandalik illatini keltirib chiqarmaydimi, degan oʻrinli savol tugʻiladi.   

Soʻzimizning isboti, Mirzo Ulugʻbek tumaniga yoʻlingiz tushsa, eʼtibor bering, “Buyuk ipak yoʻli” metrosi atroflari, uning ichi sizda goʻyo “tilanchilar makoni”dek tasavvur uygʻotadi. Siz bu yerda pul tashlab ketishlari uchun yoniga kichik dastroʻmol toʻshab olgan, metroga oʻtish yer osti yoʻlagini band qilib turgan “momo”ni, piyodalar oʻtish yoʻlagidagi zinada mungʻayib oʻtirgan boshqa bir onaxonni, sal nariroqda kostyum-shim kiyib olgan “obroʻli” otaxonni yana metroga kirish zinasida chaqaloq koʻtarib oʻtirgan oʻrta yoshli xolani uchratasiz. Ularni gapga solsangiz, ijtimoiy muhofazaga muhtoj boʻlganliklari uchun emas, aksincha, oʻzlari ishlashni istamasliklari, hech qanday bojlarsiz, koʻproq pul ishlash mumkinligi uchun tilanchilik qilishayotganligini anglab yetasiz.

Poproshayki v Tashkente
Sputnik
Poproshayki v Tashkente

Masalan, metro tashqarisi  yoʻlagidagi zinada xomush oʻtirgan momo bizga boquvchi farzandlari borligi, nafaqaxoʻrligi, mahalla idorasidan hech qanday yordam olmasligini aytadi. Tilanchilik maʼmuriy javobgalikka sabab boʻlishi, nega tuman profilaktik inspektorlari yoki mahalla raislaridan yordam soʻrab murojaat qilmaganligi haqida soʻrasak, momo bizni jerkiydi va tinch qoʻyishimizni istab bizni hatto quvib soladi.

Poproshayki v Tashkente
Sputnik
Poproshayki v Tashkente

Shu tariqa hafsalamiz pir boʻlib, sal nariroqda tilanchilik qilayotgan, yoshi 68 da boʻlgan kostyum-shimli amakiga yaqinlashamiz. Amaki qoʻlimizdan uzatilayotgan pulni olarkan, bu yerga Yunusobod tumanidan kelib “ishlayotgani”,  bundan farzandlarining xabari yoʻqligi, agar ish boʻlsa sogʻligi ishlashni taqozo qilishini aytadi. “Nega yoshingizga munosib ish bilan shugʻullanmaysiz, garchi sogʻligingiz koʻtarar ekan” degan savolimizga esa amaki “ish yoʻq, mahalla yordam bermaydi” degan javob bilan kifoyalanadi.  

Poproshayki v Tashkente
Sputnik
Poproshayki v Tashkente

Yana ushbu metro tashqarisida, piyodalar oʻtish yoʻlagida  hoʻl sochiqlarning donasini 5 ming soʻmdan sotib yurgan bolakaylar uchraydi. Avvaliga ularga qarab, ehtimol, pandemiya sharoiti tufayli tirikchilik qilishga majbur boʻlayotgandir, har holda mehnat qilishyapti-ku degan fikr oʻtadi koʻnglimizdan.

Poproshayki v Tashkente
Sputnik
Poproshayki v Tashkente

Shu oʻyda ulardan birini savolga tutamiz. Ayni paytda 6-sinf oʻquvchisi boʻlgan Elbek (ismlari oʻzgartirilgan) “Buyuk ipak yoʻli” metrosi atrofida ishlash uchun Yuqori Chirchiqning Xitoytepa mahallasidan kelishi, ota-onasi ajrashgani, onasi ukasini shifoxonada olib yotgani, bir marotaba onasi MFY raisidan yordam soʻrab chiqib, noumid qaytgani, shu bois ishlashga majburligini aytadi.

Uning oʻzi bilan bir manzilda yashovchi, boʻyniga sochiqlar solingan qutini osib olgan jiyani — Behzod esa 10 yoshda. U ham otasi qamoqdaligi, onasi dalada ishlashi, maktabga umuman bormasligini aytadi.

Bolalarning nega 1.5-2 ming soʻmlik sochiqlarni 5 ming soʻmdan sotayotganliklariga qiziqsak, ular sochiqlarni bir kun ichida sotib ulgurishmasa, uning qadogʻidagi suratlar va ranglar oʻchib, yaroqsiz holga kelib qolishi, soʻng uni hech kim sotib olmasligini aytishadi.

Poproshayki v Tashkente
Sputnik
Poproshayki v Tashkente

Vaholanki, ana shu gʻamda yurgan bolalarning bugun jamiyatda yaxshi oʻqib bilim egallashlari uchun hukumat tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilgan, oilaviy sharoiti qoniqarli boʻlganlardan tortib, ijtimoiy muhofazaga muhtoj bolalargacha nazorat ostida.

Shunga qaramay, bu kabi “toparman” bolalarni Yunusobod tumanidagi yangi ochilgan metro atroflarida ham uchratishimiz mumkin. Ular bir biriga juda oʻxshash opa-singillarning bolalari boʻlib, yuqoridagi “salfetka” sotuvchilaridan farqli oʻlaroq (onalari bilan birga) ochiqchasiga tilanchilik qilib kelishadi. Goh u goh bu yoʻlakka oʻtib, piyodalarga xalaqit qilishadi, ularning yoʻlini toʻsib sadaqa soʻrashadi. Trotuar chetida oʻtirib, kitob va eski-tuski buyumlarni sotayotgan qariyalar ham ulardan allaqachon bezib qolishgan, tilanchi bolalar ularni kalaka qilib, sotilayotgan mollariga maqsadsiz tegishadi yoki savdo buyumlarini olib qochishadi. Achinarlisi, jamoat joyida harakatlanish tartibini shu tarzda qoʻpol buzayotgan “toʻda”ni hech kim tartibga chaqirmaydi.

Poproshayki v Tashkente
Sputnik
Poproshayki v Tashkente

Vaholanki, tilanchilarni jazolash emas, tilanchilikni kasb qilib olganlarni tartibga chaqirish maqsadida Oʻzbekiston prezidenti tomonidan jamoat joylarida tilanchilik qilayotganlarga nisbatan maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlikni koʻzda tutuvchi qonun imzolandi.

Qoʻl choʻzganga qamoq: Oʻzbekistonda tilanchilik taʼqiqlanmoqda

Mazkur qonunga koʻra, tilanchilarga aeraportlar vokzallar, xiyobonlar, istirohat bogʻlari, bozorlar, savdo majmualari, koʻchalarda, moddiy va madaniy meʼros obʼyektlari joylashgan hududlar va shu kabi jamoat joylarida tilanchilik bilan shugʻullanish taqiqlandi. Qonunni buzganlarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning yangi 188-3-moddasiga muvofiq, BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima solish yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazolari qoʻllanilishi koʻzda tutilgan.

Poproshayki v Tashkente
Sputnik
Poproshayki v Tashkente

Ammo bugungi kunda tilanchilar sonining kamayish oʻrniga ortib borayotgani sal kam bir yil davomida ham qonun ijrosi boʻyicha yetarlicha ishlar olib borilyaptimi degan savolni keltirib chiqaradi.

Asosiy mavzular