19:33 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
133011

Olavsvern harbiy-dengiz bazasini 1960-yillarda barpo etishgan. NATOning eng himoyalangan obʼyektlaridan biri haqida - RIA Novosti materialida oʻqing.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik, Nikolay Protopopov. Yuzlab metrlarga choʻziladigan qoyatoshli tuproq, toʻgʻridan-toʻgʻri yadroviy hujumga dosh bera olish xususiyati va raketa qurollariga ega atom suvosti kemalari - AQSH harbiy-dengiz kuchlari Norvegiyada Sovuq Urush davridan qolgan Olavsvern yerosti harbiy-dengiz bazasini qayta jonlantirishni rejalashtirmoqda. Bu yerdan bir nechta Seawolf razvedkachi-submarinalari patrulga chiqib, Shimoliy flot kemalari ortidan kuzatuvni yoʻlga qoʻyadi. NATOning eng himoyalangan obʼyektlaridan biri haqida - RIA Novosti materialida oʻqing.

Qoyadagi shahar

Olavsvern bazasidagi faol harbiy faoliyat 2000-yillarda toʻxtagan, obʼyekt 2009-yilga kelib batamom muzlatilgan. Ammo amerikaliklar yaqinda bu yerga yana atom suvosti kemalarini olib kelib joylashtirishga qaror qilishdi: Gʻarb bayonotlariga koʻra, bularning barchasi Rossiyaning Arktikadagi faollashuvi tufaylidir.

Olavsvernga Seawolf sinfidagi submarinalarning barchasi olib kelinadi. Avgust oyida ulardan biri Vashington shtatidagi Bangor harbiy-dengiz bazasidan Norvegiyadagi Troms bazasiga sinov oʻtishni mashq qildi. Amerikaliklar ushbu portdan ASK (atom suvosti kemalari) oraliq turargohlari sifatida foydalanishadi: oziq-ovqat zaxiralarini toʻldirib, taʼmirlash ishlarini amalga oshiradilar.

Seawolf sinfidagi ASK— AQShning eng maxfiylashtirilgan submarinalaridan biridir. Ular 1980-yillarda raqib tomonidan toʻliq nazoratda boʻlgan hududlarda harakatlantirish uchun maxsus ishlab chiqarishgan. "Dengiz boʻrilari" favqulodda past shovqinli va sezilmas. Bortida - kema va qayiqlarga qarshi qurolga ega. Xususan, bitta kema ellikta "Tomagavk" qanotli raketalar yoki "Garpun"larni yoki xuddi shuncha kemalarga qarshi torpedalarni olib yurishi mumkin.

XX asr oxirida amerikaliklar bu singari suvosti kemalardan 30tacha yaratishni rejalashtirgan, ammo — SSSR barham topib, Varshava shartnomasi tashkiloti yoʻq boʻlgach, bu niyatdan voz kechishgandi.

Natijada AQSH HDK atigi uchta submarinaga ega boʻladi.

Tromsdagi "Olavsvern" suvosti kemalari bazasi

Olavsvern harbiy-dengiz bazasini 1960-yillarda qurilgan. Baza Rossiya chegarasidan 350 kilometr narida joylashgan. Yaʼni Shimoliy flot suvosti kemalari patrul marshrutlari yaqinida. Sovuq urush yillarida amerikaliklar va ularning ittifoqdoshlari bazada Shimoliy Muz okeani akvatoriyasi uchun masʼul boʻlgan suvosti kuchlarini saqlab kelganlar. NATO submarinalari ekipajlari Shimoliy flotga istalgan vaqtda Norvegiya dengiziga va hatto - Shimoliy Atlantikaga chiqishni yopib qoʻyishga tayyor turishardi.

Ulkan yerosti majmuasi qoyalar ichida oʻyilgan va 300 metr qalinlikka ega tosh aralash tuproq bilan himoyalangan. 25 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda — omborxonalar, qurol zaxiralari saqlanadigan joylar, taʼmirlash ishlari uchun hududlar joy egallagan. Loyihalashtirish ishlari va yer osti yoʻllarini oʻtkazish, shuningdek, obʼyektni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash uchun 500 million dollardan ortiq mablagʻ sarflangan. Taqqoslash uchun, 1961-yilda safga tushirilgan dunyodagi birinchi atom aviatashuvchisi - USS Enterprise uchun taxminan 450 million dollar sarflangan edi.

Arktika etaklariga yaqinroq

Shimoliy flotning sobiq qoʻmondoni admiral Vyacheslav Popovning soʻzlariga koʻra, yangilangan Olavsvern bazasi Rossiya uchun NATO tomonidan boʻlayotgan yana bir jiddiy tahdidga aylanadi.

"Seawolf muzlar ostida suzishga moʻljallangan, — deydi admiral RIA Novostiga bergan intervyusida. — Amerikaliklar ular joylashuv hududlarini harakat zonalariga yaqinlashtirishga, yaʼni chegaralarimizga va atom muzyorarlarimiz tufayli hozirda yetakchilik qilayotgan hududimiz - Arktikaga yanada yaqin kelishga intilishmoqda. Albatta, Shimoliy flot Olavsvernni nazorat qilishiga toʻgʻri keladi — buning uchun barcha zarur kuch va vositalarga egamiz".

Umuman olganda, ekspertlar ishora qilayotganidek, amerikaliklarni murakkabliklar kutayotgan boʻlishi mumkin, chunki baza yuridik jihatdan hozirda alohida shaxsga tegishli.

Ikki mingginchi yillar oxirida gʻarb tahlilchilari Rossiya floti NATO uchun endi xavf tugʻdirmaydi, shu bois, Olavsvern juda qimmatga tushmoqda, degan fikrga kelgan edilar. Shundan soʻng Norvegiya hukumati bazani savdoga qoʻydi.

2011-yilda Olavsvern bir norvegiyalik tadbirkor tomonidan 4,5 million dollarga sotib olindi. U majmuani ijaraga bergan, shu jumladan, Rossiya kompaniyalariga ham. Bu yerga vaqti-vaqti bilan "Akademik Nemchinov" va "Akademik Shatskiy" ilmiy-tadqiqot kemalari kelib-ketib turishgan. Ushbu bitimdan soʻng koʻplab norvegiyalik harbiy qoʻmondonlar mamlakat rahbariyatini qattiq tanqid qilgan edilar. Xususan, vitse-admiral Eynar Skorgen obʼyekt sotilishini "gʻirt jinnilik", deya baholagan.

"Biz oʻzimizni eng muhim platsdarmdan mahrum qildik va submarinlarni qoʻshimcha yuzlab mil yurishga majbur etdik. Bizning Rossiya bilan Barentsev dengizida chegaramiz bir. Harbiy-dengiz flotimiz Arktikadagi dengiz bazasida joylashishi kerakligi oʻz-oʻzidan ayon", - deb aytgan Skorgen.

Oq ayiqlar
© Sputnik / Valeriy Melnikov

Ikkitalik standartlar

Oradan oʻn yil oʻtib NATOdagilar oʻz xatoliklarini anglab yetishdi. Norvegiyaning NRK telekanali maʼlumotlariga koʻra, Pentagonning oliy martabali amaldorlari oxirgi haftalarda Olavsvernga serqatnov boʻlib qolishgan. Norvegiya Mudofaa vazirligi esa mamlakat qurolli kuchlari, AQSH va NATO boʻyicha ittifoqdoshlarga bazani yana maqsadga muvofiq ishlatishlariga imkon beruvchi bitimni maʼqullagan.

"Norvegiya rahbariyati, garchi yaqindagina biz bilan Barentsev dengizida maydonni chegaralab olish toʻgʻrisida bitimni imzolagan boʻlsa-da, oʻzini Rossiyaga nisbatan nodoʻstona tutmoqda", — deydi flotni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha umumrossiya harakati raisi  I rang kapitani Mixail Nenashev.

— Biz bunga yaxshi qoʻshnichilik va mintaqada hamkorlikni rivojlantirish siyosatidan kelib chiqib qadam qoʻygan edik, bu bilan Norvegiya ham oʻzini shunga munosib tutadi, deya umid qilgandik. Ammo vashington "obkomi"dagi katta birodarlar tufayli Norvegiya, aksincha, Rossiyaga nisbatan Shimoliy Atlantika va Shimoliy Muz okeanida tajovuzkorlik darajasini oshirmoqda.

Ekspert fikriga koʻra, bularning barchasiga qaramay, harbiy nuqtai nazardan Olavsvern shimoliy kengliklarda AQSH va NATO pozitsiyalarini sezilarli kuchaytirmaydi, nega deganda, baza koordinatalari va imkoniyatlari hozirgi kunda hech kim uchun sir emas. Tahdidlar vaqtida uni suvosti qayiqlari, samolyotlar yoki boshqaruvchisiz suvosti apparatlari yordamida minalar bilan tezda bloklash mumkin.

Yerosti labirintlari

Olavsvern yerosti bazasi noyob qurilma emas. Sovuq urush yillarida shunga oʻxshash oʻnlab obʼyektlar qurilgan. Eng yirik bunker shvedlar tomonidan oʻtgan asrning oʻrtalarida barpo qilingan. Muskyo harbiy-dengiz bazasi marmar qoyatoshdan yoʻnilgan, u Stokgolm arxipelagi janubidagi alohida orolcha misoli. Uchta dok kemalar va suvosti qayiqlarini qabul qilish, kazarmalar, taʼmirlash zavodi, omborxonalar va gospital uchun jihozlangan.

Baza ming nafargacha harbiy xizmatchilarni ommaviy raketa zarbasi yoki hatto yadroviy bombardirovkadan pana qilishi mumkin. Oroldan obʼyektgacha dengiz tubidan uch kilometrli yer osti yoʻli olib boradi. Ikki mingginchi yillarda baza konservalangan, ammo 2019-yilda Shvetsiya harbiy-dengiz kuchlari u yerga shtab-kvartirasini koʻchirib olib borishgani haqida xabarlar tarqaldi. U yerda yuzga yaqin harbiy xizmatchilar va "Visbyu" tipidagi beshta korvetlarni joylashtirishmoqchi.

Rossiyaga keladigan boʻlsak, eng yirik maxfiylikdan chiqarilgan yerosti bazasi Qrimda joylashgan. Balaklav buxtasi yaqinidagi Tavros togʻida birdaniga ikkita obʼyekt yashirilgan: suvosti qayiqlarini pana qilish va taʼmirlash uchun quruq dok hamda torpeda va raketalar atom boyegolovkalari saqlanadigan omborxona.

Yadro urushi yuz bergan taqdirda, yer ostida uch ming kishi uch oy davomida qulayliklar bilan hayot kechira olishi uchun - yoqilgʻi, mahsulotlar va suvlar zaxirasi muntazam yangilanib turadi.

SSSR barham topganidan keyin baza Ukraina ixtiyoriga oʻtgan. Uni boshqa koʻplab obʼyektlar singari tashlab qoʻyishgan, talon-taroj qilishgan, rangli metall ovchilari esa uskunalarni tashib ketgan. Ikki mingginchi yillarda Balaklavada muzey tashkil etildi: sayyohlarga taʼmirlash zavodining yer ostidagi qismi, arsenal, qirgʻoq va bir nechta binolar koʻrsatilgan.

Ekspertlar berayotgan baholarga koʻra, zarurat tugʻilsa, bazani qayta jihozlab, yana safga qaytarish mumkin, ammo u zamonaviy suvosti kemalarini - ularning oʻlchamlari tufayli qabul qila olmaydi.

Asosiy mavzular