03:33 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Analitika
Havola olish
653 0 0

Britaniya OAVlari Rossiyaning insoniyatga qarshi navbatdagi diversiyasini fosh etishdi. Bu xabar tumanli albionda bir necha kun davomida asosiy yangilik maqomini ushlab turdi

Vladimir Kornilov

Britaniyadagi holatga nazar soling: mamlakatda pandemiya bilan bogʻliq holat oʻta abgor, hukumat qoʻllayotgan yangi karantin choralariga qarshi butun boshli mintaqalar bosh koʻtarmoqda, Yevropa ittifoqi bilan Brexit xususidagi muzokaralar boshi berk koʻchaga kirib qolgan va bu yaqin istiqbolda iqtisodiy kollapsni yuzaga keltirishi mumkin, Shotlandiyaning ajralib chiqishini gʻoyasi qoʻllab-quvvatlanishi oʻzining choʻqqisiga yetdi va bu mamlakatning darz ketishiga olib kelishi mumkin. Tasavvur qildingiz-a, muammolar koʻlamini?

Mana shunday bir sharoitda britan nashrlari oʻzlarining birinchi sahifalarida: "Telba Russkies vaktsina bizni shimpanzega aylantiradi, deya bong urishmoqda", deb yozib chiqishdi.

Nashrlarning deyarli barchasi kulgili kollajlar eʼlon qilgan boʻlib, ularda Britaniya bosh vaziri Boris Jonson surati yetiga aylantirilgan va suratga "Men qor odam vaktsinamni yaxshi koʻraman", degan izoh berilgan edi.

Ayrim manbalarga tayangan holda britan OAVlari bu fotosuratlar Rossiya davlati yoki Rossiya rasmiy shaxslari buyurtmasi asosida koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan boʻlgʻusi britan vaktsinasini obroʻsizlantirishga va u odamlarni maymunga aylantiradi degan mazmunda tarqatiladigan dezinformatsiyaning bir qismi sifatida ishlab chiqarilgan yoki tarqatilganini iddao qilishgan edi.

Bunday taʼkidlar The Times nashri tomonidan tarqatilgan, yaʼni u ilk manba boʻlgan. Nashr goʻyoki oʻz "surishtiruvi" niqobi ostida ushbu mavzuda bir nechta shov-shuvli materiallar eʼlon qilgan.

Ammo Rossiya davlatining bu ishga qanday aloqasi bor. Bu savolga javobni The Times oʻzi oʻylab topgan fitnaga qiziqishni tobora oshirgan holda javob berishga uringan. Nashr "ushbu propagandaga boʻlgan urinish Kreml tomonidan bevosita boshqarilganmi, tushunarsiz, ammo ayrim rossiyalik mansabdorlar bu ish tashkiloti va ommaga tarqatilishiga jalb etilganliklari xususida dalillar mavjud"ligini bayon etgan.

Ammo asosiy maqolada ushbu taʼkid unchalik keskin jaranglamaydi: "Oksford tadqiqotiga qarshi kampaniya rossiyalik rasmiy shaxslar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. <…> ushbu shaxslarning jalb etilishi Kreml bu tashviqot urinishi haqida buyruq bergani, uni maʼqullagani yoki u haqda bilganini anglatmaydi".

Xullas, nashrning koʻpsonli kuzatuvchilariga barcha gazetalar sarlavhalariga chiqarilgan fitnaga oid sarlavha (bu ishning barchasini Rossiya amalga oshirayotgani) haqida tushuntirish berilmadi. Buning oʻrniga mushtariylarni gazeta saytiga kirib, 40-daqiqalik podkastni tinglashga daʼvat qilishdi - goʻyoki u yerda hammasi batafsil tushuntirilgan va dalillangan.

Aftidan, boshqa OAVlar ham (xususan britaniya matbuoti bilan bir qatorda amerikaniki ham) koʻpam uzoqqa borib oʻtirmadilar va The Times maʼlumotiga , yaʼni uning oʻsha podkastida Rossiya rasmiy shaxslari hozircha mavjud boʻlmagan britan vaktsinasini diskreditatsiya qiluvchi internet-memlar yaratilishiga aloqadorligi toʻgʻrisidagi dalillar borligiga ishonib qoʻya qolishdi.

Pandemiyaga uch marta zarba: Rossiyada koronavirusga qarshi 3-chi vaktsinani sinovlari boshlandi
Ruptly / RFPI / AFK "Sistema", zavod "Binnofarm" / Rospotrebnadzor

Shu bois ham Rossiya dezinformatsiya kampaniyasiga "gerasimov harbiy doktrinasining bir qismiga singari qaraldi - RF qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov strategiyasiga Gʻarb oavlari vaj boʻlsa-boʻlmasa havola qilishni juda yoqtirishadi.

Ammo The Times podkastini tinglasangiz, translyatsiya davomida hozir "biz sizlarga Rossiya davlatining bu ishga aloqadorligini hozir isbotlab beramiz", degan vaʼdalar koʻp bor yangraganiga guvoh boʻlasiz. Tashkilotchilar xususida gap aytishga fursat yetganida esa, Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari fondi bosh direktori - Kirill Dmitriyev familiyasi yangraydi.

Gazeta jurnalistlari shtatdagi "kremlenologlar" bilan Dmitriyev shaxsini, uning fondini va hatto Vladimir Putin ular tomonidan tashkillashtirilgan kampaniyadan xabardor boʻlgan-boʻlmagani singari mavzularni muhokama qiladilar.

Bundan taxmin qilsa boʻladiki, The Times goʻyoki bu ishning iziga tushgan — "yeti Jonson" kartinkalari ortida turgan amaldorlar esa mana shular boʻladi. Ammo shu vaqtda ajabtovur bir gap aytiladi: "Kirill Dmitriyev bizda mavjud dalillar orasida tilga olinmagan. Uning dezinformatsiyaga aloqadorligi haqida shama ham yoʻq, hatto". Bori shu. Yaʼni shu joyda rossiyalik amaldorlarga" eltuvchi sirli iplar nogahon uziladi. Darvoqe, Rossiyadagi jinoyatchilik haqida yuzaki yozadigan kitoblari bilan mashhur ekspert Mark Galeotti ushbu kampaniya ortida "allaqanday kreml gertsoglari va baronlari" turishi haqida fikr bildirganini aytmaganda, albatt. Ha, bu gapning "dalil"dan qanday kam joyi bor?

Shundan soʻng navbatdagi "insayd" keltiriladi: goʻyoki, allaqanday Rossiya davlat kanallaridan birida britan vaktsinasi sinovlari vaqtida testda ishitirok etganlarning ikki nafari oʻlgani, ammo ular vafotini goʻyoki yashirishayotgani haqida feykka tayyorgarlik koʻrilgan emish. Goʻyo vaktsina faqat maymunlarda ishlashi, odamlarda ishlamasligi dalili emish bu. Bir vaqtning oʻzida ushbu kampaniya hatto boshlanmagani, bu zotan Rossiya televideniyesi uchun ham ortiqchalik qilgani haqida qoʻshimcha qilinadi.

Yaʼni hech kim hech qayerda eʼlon qilmagan podkast mualliflari bu xabarni qayerdan olishgani haqida ham bexabarmiz. Ammo shundan soʻng The Timesdan fakt-cheking eʼtiborga havola qilinib, ular bunda hech qayerda eʼlon qilinmagan "sensatsiyani" "inkor" etishadi.

Hech qayerda yangramagan yangilikni oʻrtaga tashlab, soʻng unga qarshi jon-jahdi bilan kurashish - obroʻli jurnalistika amaliyotida allanechuk yangilikdir.

Shu bilan birga, britaniyadagi AstraZeneca kompaniyasining vaktsinasini oʻzida sinagan odamlardan biri shu haftada Braziliyada olamdan koʻz yumgani rost. Bu haqda jahon  axborot agentliklari xabar berishdi. Buni endi "rossiya dezinformatsiyasiga" yoʻyish ancha qiyin kechadi.

Shu tariqa, birorta materialda Rossiya davlatining, Rossiya rasmiylarining yoki norasmiy shaxslarining Jonson va kovid haqida kulgili memlarni ishlab chiqishganini maʼlum maʼnoda boʻlsa-da, isbotlovchi dalillar yoʻq.

Internet shunday suratlarga toʻla rostdan ham. Ammo ularning birinchi manbai - The Timesga olib keladi. Bungacha ular qayerdadir chop etilganmi-yoʻq, bilmayman, ammo aynan oʻsha gazeta bu suratlarning dunyo boʻylab keng tarqalishiga start bergan edi.

Nashr taʼkidiga koʻra, shunga oʻxshash memlar uchta oddiy resurslarda chop etilgan — ularning ikkitasi britaniya va bittasi bryusselda. Ammo bu surat bilan bogʻliq mutlaqo boshqacha suratni EUReporter saytida topish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, bu singari kollajlar tarqatuvchisi aynan The Times boʻlgan. Britaniya vaktsinasining obroʻsini tushirishni maqsad qilgan va uni maymunniki deb atagan biror kimsa topilgan boʻlsa ham, u eng taʼsirchan va arzon usulni qoʻllagan: u bu usulni mashhur britaniya gazetasi redaktsiyasiga tashlagan va unga Rossiya dezinformatsiyasi dalili sifatida koʻrinish bergan.

Boʻldi. Shundan soʻng memlar internet boʻylab tarqalib ketgan. Juda ajabtovur samara. Ammo hammasi shunday ekan, bundan kelib chiqadiki, The Times dezinformatsiyani tarqatish instrumenti boʻlgan (Va bu dezinformatsiya Rossiyaniki emas).

Bu voqeaga Rossiyadan kimningdir jalb etilganligi dalili yoʻq boʻlsa-da, ammo London reaktsiyasi oʻta keskinligini, u jahl bilan reaktsiya bildirayotganini koʻrayapmiz. Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab Moskvani oksford vaktsinasini diskreditatsiya qilishda ayblashda ulgurdi. Sanktsiyalarning ham qulogʻi koʻrinib qoldi, chogʻi. Va bunda The Times ning oʻzi Kreml bu voqeaga aloqador boʻlmasligi mumkin, deb taʼkidlagani katta rol oʻynamaydi. Britaniyalik vazirlarga sarlavhalardan keyinini oʻqish shart emas.

Bu rossiyaga nega kerak, degan savolga nashr oʻz tahririyat kolonkasida oddiy javob bergan: bu bilan barcha vaktsinalarga nisbatan global ishonch yoʻqolayotgan emish. Ammo ayni vaqtda koronavirusga qarshi butun dunyoda hozircha yagona vaktsinaga ega boʻlib turgan Rossiyaga vaktsinatsiyaga nisbatan ishonchni poymol qilish unchalik ham foydali emas. Ammo Gʻarbda bu holatda mantiqning kimga ham qizigʻi bor dersiz?

Britaniyadagi Rossiya elchixonasi Rossiya davlati britaniya vaktsinasiga boʻlgan ishonchni yoʻqqa chiqarish uchun tashviqot olib borayotgan boʻlishi mumkinligi haqidagi taxmin oʻz-oʻzidan dezinformatsiyaga misol boʻlishini tushuntirdi.

Eʼtibor bering, britaniya OAVning bu "sensatsiyasi"ni birorta ijtimoiy tarmoqda bloklangan emas, bu xabarlar "qoʻshimcha tekshirishga muhtojligi" haqida ham hech kim aytgani yoʻq. Axir bu Xanter Baydenning uning otasi - AQSH prezidentligiga nomzodni diskreditatsiya qiluvchi elektron xatlari bilan bogʻliq mojaro emasda. Aks holatda ijtimoiy tarmoqlar ancha tez va keskin harakat qilgan boʻlardilar, yaqinda boʻlgani kabi X.Bayden haqida kompromatni eʼlon qilishga jazm qilgan New York Post gazetasi sahifalari tezda bloklagani singari.

Ammo vaktsina va maymunlar haqida eʼlon qilgan britaniya "sensatsiyasi"ni hech kim bloklamayapti. Axir, gap ruslar haqida borar ekan, turfa ahmoqona ayblovlarni, ularni hatto tekshirib oʻtirmasdan chop etish mumkinda.

Shu oʻrinda, yana bir mantiqiy savol tugʻiladi: bularning barchasi britan OAVlariga nega kerak? Xususan, javob maqola boshida berilgan edi. Kamida ikki kun davomida jamoatchilik mamlakatning real muammolarini muhokama qilishdan chalgʻiydi va "bu ruslarning qanday shumligidan" qattiq ranjiydi. Maymun vaktsinasi haqidagi maqolalar taʼsiri kamaygach esa, yangi sensatsiyani oʻrtaga tashlash mumkin. Deylik, qanday qilib shumniyat ruslar Olimpiada-2020ni toʻxtatishga urinishgani-yu, mardonavor britan maxsus xizmatlari esa bu til biriktiruvga qay tarzda chek qoʻyishgani haqida. Shunday qilinsa, yana bir necha kunga shovqin-suron va janjal tayyor, hisob. Faqat u bu kim hech boʻlmasa bitta guvoh va dalilni taqdim eting, deb qolmasa boʻldi. Buyogʻi ortiqchada.

Asosiy mavzular