14:00 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
532 0 0

2020 yil yozida oʻzbek futbolchisi Jasurbek Jaloliddinov Rossiyaning “Lokomotiv” klubiga oʻtdi. Transfer oʻzbek va rus sporti dunyosida katta shov-shuvga sabab boʻldi. Sputnik hozir ijara huquqi asosida “Tambov”da toʻp surayotgan futbolchining muvaffaqiyati tarixini soʻrab bildi.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Marina Chernыshova-Melnik. Oʻzbekistonning eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biri Jasur Jaloliddinov 2020 yil yoz oyidan buyon nafaqat oʻzbekistonlik muxlislar diqqatini oʻziga qaratmoqda. U Rossiyaga kelgandan soʻng u haqidagi xabarlar OAVda tez-tez paydo boʻla boshladi.

Ona orzusi va hayotini oʻzgartirgan taklif

Jasurbek Navoiyda tavallud topgan. Bolakayning onasi oʻgʻli futbolchi boʻlishni orzu qilardi. Uning eng yaxshi koʻrgan futbolchisi “Liverpul”, "Manchester Yunayted" va "Real Madrid"da toʻp surgan taniqli angliyalik hujumchi Maykl Ouen edi. Ming afsuski, Jasurbek goʻdaklik chogʻida onasi vafot etdi, biroq uning orzusini oʻgʻli baribir roʻyobga chiqardi.

“Uyimiz oldida katta stadion bor edi, men u yerda barcha boʻsh vaqtimni oʻtkazardim. Katta yoshli futbochilar jamoasi mashgʻulot oʻtkazardi. Avvaliga barcha oʻyinlar va mashgʻulotlarni katta qiziqish bilan kuzatardim, keyin oʻzim toʻp oʻynashga urinib koʻrdim. Tez orada kattalar menga eʼtibor qaratishdi va oʻrgata boshlashdi. Juda harakat qilardim, koʻp shugʻullandim, vaqt oʻtib meni jamoaga qabul qilishdi”, - deydi Jasurbek.

Jaloliddinov 8 yoshga toʻlganida uning hayoti tubdan oʻzgarib ketdi. Navoiyda “Bunyodkor” akademiyasining respublika turniri boʻlib oʻtayotgan edi. Jasur toʻp surayotgan mahalliy jamoa poytaxtning mashhur klubiga qarshi oʻynadi. Ular yutqazishdi, raqib murabbiyi esa isteʼdodli futbolchini koʻz ostiga olib qoʻydi va turnirdan soʻng uni oʻz jamoasiga oʻtishni taklif qildi. Bolakay oʻzida yoʻq xursand edi, axir “Bundyodkor” mamlakatdagi eng yaxshi sport akademiyalaridan biri sanaladi. Biroq mashgʻulotlar uchun Toshkentga koʻchish kerak edi.

“Buvim meni qoʻyib yuborishni xohlamas edi. Axir men kichik bir bola edim, uyda ikki togʻam menga gʻamxoʻrlik qilardi, poytaxtda esa hech qanday qarindosh va tanish yoʻq edi. Lekin men ketishni juda ham xohlardim: bu katta imkoniyat ekanini anglardim. Uyda men yigʻladim, natijada buvim taqdirga tan berdi”, - deya eslaydi futbolchi.

Poytaxtdagi hayot va debyut

Toshkentda u respublikaning turli shaharlaridan kelgan bolalar yashaydigan “Bunyodkor” akademiyasiga joylashdi. Jasur oddiy mahalliy maktabda tahsil olgan, lekin asosiy vaqtini mashgʻulotlarda oʻtkazgan. Akademiyada eng kichigi u edi, qolgan oʻyinchilar 8-9-sinflarda oʻqishardi. Qahramonimiz bir muammoga duch keladi: rus tilini bilmasdi va bu mashgʻulot jarayoniga xalal berardi. Gap shundaki, jamoa murabbiyi rusiyzabon edi va barcha darslarni bu tilda olib borardi. Shu bois har bir oʻyinchi rus tilini bilishi shart edi, Jasur esa avvaliga uning oldiga qoʻyilgan vazifalarni tushunmasdi.

Jasur Jalollidinov na trenerovke v FK Bunyodkor
Jasur Jalollidinov na trenerovke v FK "Bunyodkor"

U tilni oʻrgana boshladi va jamoadoshlari bilan hamisha bu tilda soʻzlashib, muvaffaqiyatga erishdi. Hech qanday dars olib, kursga qatnamagan. Faqat til muhitiga shoʻngʻigan holda oʻrgangan. Kattaroq yoshdagi oʻyinchilarga boshida u adashib qolmasligi uchun Jaloliddinovni bir oʻzini sayr qilishga qoʻyib yubormaslik topshirilgan.

Jasur qariyb oʻn yil “Bunyodkor” sharafini himoya qildi. U ham mahalliy, ham respublika, ham xalqaro turnirlarda qatnashardi. Jamoa tarkibida Ukraina, Malayziya va boshqa mamlakatlarga borgan. Jamoa ishtirok etgan turnirlarda u eng yaxshi bombardir deb topilardi.

16 yoshida futbolchining faoliyatida yangi buralish yuz berdi: u “Bunyodkorning” “Paxtakorga” qarshi birinchi oʻyinida qatnashdi. U zaxiradan maydonga tushib, yarim soatdan ziyod oʻynadi. Oʻzini munosib ravishda koʻrsatdi, oʻyindan soʻng asosiy jamoa murabbiyi Mirjalol Qosimov Jasurbekni oʻz jamoasiga chaqirdi.

“U shunchaki men birinchi jamoa yashayotgan akademiyaning uchinchi qavatiga koʻchishimni aytdi. Men ajoyib bir shok holatida edim. Axir ular men avvallari soʻrashishni orzu qilgan bolalar. Endi esa mening hamkasblarim va bir maydonda toʻp suramiz. Lekin murabbiy men mehnat qilishim va bosar-tusarimni bilmasdan qolmasligim kerakligini aytdi. Birinchi oʻyinlarda men zaxirada oʻtirib kuzatardim. Keyin Mirjalol Qoʻshoqovich maydonga chaqirdi. Men chigilni yozishdan keyin endi formamni kiygan edim, ... 8 daqiqada tomoshabinlar qarshida toʻp surdim. Oʻzbekiston chempionatidagi ilk oʻyinim shunday kechdi. Bularning bari imkonsiz boʻlib tuyulardi, men juda baxtiyor edim. Men milliy chempionat tarixida eng yosh futbolchi boʻldim”, - deydi Jaloliddinov.

2010 yilda klubga Vadim Abramov, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi rahbarlik qildi. U Jasurni deyarli har bir oʻyinda asosiy tarkibda maydonga chiqarardi. Abramov unga ishonardi va hamisha qoʻllab-quvvatlardi.

“Hatto men yomon oʻynaganimda, men ishonchga sazovor emasman deb oʻylardim. Lekin menga baribir imkoniyat berishardi. Mavsumning uchinchi oʻyinida men gol urdim va oʻzbek futboli tarixida eng yosh gol muallifiga aylandim. Oʻtgan mavsumda men hamisha maydonga tushardim va Oʻzbekiston chempionatida meni eng yaxshi yosh oʻyinchi deb topishdi”, - deya yodga oladi u.

Transfer va Rossiya klubi

Yosh va iqtidorli futbolchi har yerda koʻzga tashlanadi. Soʻnggi yillarda turli jamoa murabbiylari Jaloliddinovga qiziqish bildirishdi, uning transferi haqida soʻrashdi. Lekin avvaliga hammasi agentlar bilan muzokaralar darajasida edi. Bahor oyida qahramonimiz u Moskvaning “Lokomotiv” rahbari nazariga tushganini bilgan. Oʻzi ilgari bu jamoa oʻyinlarini kuzatmagan.

“Vatandoshimiz Eldor Shomurodov “Rostov”ga oʻtgandan keyin butun Oʻzbekiston Rossiya futbolini kuzatishni boshladi”, - deya aniqlik kiritdi futbolchi.

Joriy yil yozida yosh oʻyinchining “Lokomotiv”ga transferi toʻgʻrisida rasmiy taklif kelib tushdi. “Bunyodkor”da moliyaviy qiyinchiliklar bor edi, soʻnggi yil faqat akademiya tarbiyalanuvchilari qolgandi. Shuning uchun klub uning transferiga rozilik bildirgan.

Yangi jamoada Jasurni yaxshi qarshi olishdi, buning ustiga u yerda allaqachon koʻplab legionerlar bor edi. Sportchi oʻzbek va rus futboli oʻrtasidagi farqqa eʼtibor qaratgan: uning respublikasida oʻyin texnikasiga katta eʼtibor qaratiladi, Rossiyada esa kuchga eʼtibor katta.

Afsuski, “Lokomotiv”ning joriy mavsumida Jasur zaxirada boʻldi va maydonga tushmadi.

“Albatta, transfer vaqtida hech kim mening yangi jamoadagi pozitsiyaim haqida kafolat bera olmaydi. Men darhol asosiy tarkibda oʻynamasligimni bilgan edim, xolos. Lekin hech kisi yoʻq, hammasi oldindi. Shomurodov ham “Rostov” sharafini himoya qilish uchun darhol maydonga tushmagan edi, qariyb bir yil zaxirada edi”, - deydi Jasur.

Oktyabrda “temiryoʻlchilar” uni “Tambov”ga ijaraga berib yubordi. Hozir jamoa stadion tayyor emasligi sabab Saranskda oʻz maydonidagi bahslarni oʻtkazmoqda. Oʻzbekistonlik futbolchi “Dinamo-Bryansk”ga qarshi kechgan oʻyinda debyut qildi.

Joriy mavsumda futbolchi keyingi yil “Lokomotiv”ga yuqori tayyorgarlik bilan qaytish uchun oʻz oldiga koʻproq oʻynash va tayyorligini oshirishni maqsad qilib qoʻygan.

“Mamlakat chempionatida ishtirok etmoqchi boʻlsang, jamoangda oʻzingni yaxshi koʻrsatishing kerak”,  - deb ishonadi Jasur.

Uning uchun maydondagi eng qulay pozitsiya yarim himoyaning oʻng qanoti hisoblanadi.

Oʻzbekcha osh va kumirlar

Sportchi boʻsh vaqtlarini uyda kompyuter oʻyinlarini oʻynash bilan oʻtkazadi. Baʼzan shahar boʻylab sayr qiladi.

U haqiqiy oʻzbek sifatida hayotini oshsiz tasavvur qila olmaydi. Haftasiga kamida bir marta mahalliy kafega oshxoʻrlikka boradi.

“Bunyodkor”da oʻyindan bir kun oldin hamisha osh tanavvul qilardik, dam olish kunlari ham. Bu yerda agentlardan maslahat soʻradim: yaxshi oʻzbek restorani qayerda bor? Ular topishdi va men bu yerda vatanimni eslash uchun kelaman. Choyxonada vatandoshlarimni koʻrish yoqimli. Ular men futbolchi ekanimni bilishadi va hamisha iliq qarshi olishadi”,  - deydi sportchi.

Mavsumning birinchi yarmi “Tambov” uchun 18 dekabrda yakunlanadi. Yosh futbolchi boʻsh vaqtini vatanida, Navoiyda oʻtkazmoqchi. U buvisi va togʻalarini sogʻingan.

Eldor Shomurodov oʻzbek futbolidagi uning kumiridir. Ular baʼzan gaplashib turishadi, Shomurodov vatandoshiga maslahatlar berib turadi.

Rossiyalik futbolchilardan yaqinda Italiyaning “Atalanta” klubiga oʻtgan va “Lokomotiv”ning sobiq yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk.

“U menga oʻxshab chapaqay. Uning oʻyin uslubi, hamisha oʻrganish va mahoratini oshirish ishtiyoqi yoqadi. Intervyularimning birida Alekseyni juda hurmat qilishimni aytganman. Shundan soʻng u mening oldimga kelib soʻrashdi va oʻshandan buyon mashgʻulotlarda yordam berdi”, - deydi u.

Asosiy maqsadlaridan biri xorijda ulkan sport yutuqlarini qoʻlga kiritishdir.

Asosiy mavzular