16:39 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
178 0 0

RFA akademigi, RF Xavfsizlik kengashining sobiq kotibi Andrey Kokoshin Rossiya va Amerika oʻrtasida tuzilgan strategik hujum qurollarini qisqartirish va cheklash bitimi kelajagi qanday boʻlishi xususida fikr bildirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻrta va yaqin masofalarga uchadigan raketalar toʻgʻrisidagi shartnoma (DRSMD) bekor qilinayotgan bir sharoitda Yevropadagi ziddiyatni pasaytirish boʻyicha choralarni tasdiqlashni taklif etdi.

Davlat rahbari ziddiyatning kuchayishi va "tashvishlanish" holatlarini pasaytiradigan instrumentlarni ishlab chiqishga daʼvat qildi.

Shunday instrumentlardan biri SNV-3 boʻlishi mumkin edi va AQShda ushbu shartnomaning uzaytirilishi uchun faol ovoz berayotgan mutaxassislar yetarlicha bor, dedi Oliy iqtisod maktabi milliy tadqiqot universituti ilmiy rahbari oʻrinbosari, RFA akademigi, RF Xavfsizlik kengashining sobiq kotibi Andrey Kokoshin.

"Prezidentimiz yaqinda hozirda Demokratik partiyadan AQSH prezidentligiga nomzod boʻlgan (AQSH sobiq prezidenti Barak) Obama administratsiyasi vitse-prezidenti Jo Bayden bayonotini ham pozitiv baholadi. Baydenda ushbu shartnomaning uzaytirilishi borasidagi pozitsiyasi aniq yozilgan. Buyogʻi nima boʻladi, aytish qiyin. Ammo biz hozirda tseytnot holatiga tushmoqdamiz. Eshiklar hozircha yopilgan emas, ammo bunda birinchi galda rossiya tomonining xizmati bor", – dedi Sputnik radiosi efirida ekspert.

Uning aytishicha, bugungi amerika hukumati aslini olganda strategik stabillik va global xavfsizlikni belgilab beruvchi kelishuvlar tizimini "demontaj" qilishga kirishgan.

Maʼlumot uchun: Rossiya va AQSH oʻrtasida 2010 yilda imzolangan SNV-3 shartnomasi mamlakatlar oʻrtasida harbiy qudratni cheklash boʻyicha amalda boʻlgan yagona bitimligicha qolmoqda.

Bitim muddati 2021 yilning fevralida tugaydi va hozircha uning uzaytirilishi nomaʼlumligicha qolmoqda.

Oq uy rahbari Donald Tramp Rossiya, Xitoy va AQSH oʻrtasida yangi uchtomonlama hujjatni ishlab chiqish rejasi haqida koʻplab marotaba gapirgan. Pekin bu gʻoyani rad etdi.

Asosiy mavzular