00:33 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Analitika
Havola olish
587 0 0

AQShdagi prezident saylovlarigacha bir haftadan sal oshiq muddat qolmoqda, ammo prezident poygasining aniq favoriti hamon aniqlangani yoʻq. Ushbu qutqu qanday yechim topadi? Siyosiy maslahatchi, publitsist Anatoliy Vasserman bu borada oʻz prognozi bilan oʻrtoqlashdi

Kim gʻalaba qozonishi haqida aniq javob berish mumkin emas, "bu borada aniq ishonchlilikdan koʻra, umid koʻproq", dedi nashr suhbatdoshi.

"Men Baydendan koʻra, Trampning siyosiy liniyasi AQSH uchun ham, butun dunyo uchun ham foydaliroq, degan fikrdan kelib chiqaman. Ammo, birinchidan, hozirgi sharoitda Bayden Xitoyni faol qoʻllab-quvvatlamoqda, nega deganda Trampning maqsadi - oʻz ishlab chiqarish sanoatini ajratishdan iborat, - shunday ekan, tabiiyki, u Xitoyga zarba bermoqda. Aytish joizki, Xitoy iqtisodi aynan ishlab-chiqarishning aksariyat qismi AQShdan Xitoyga oʻtkazilgani bois koʻtarilgan edi", - dedi Vasserman.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, Xitoyni qoʻllab-quvvatlash pozitsiyasini bu masalada eʼtiborsiz qoldirib boʻlmaydi. Tramp olib borayotgan liniya, umuman olganda AQSH va ishlab-chiqaruvchilar uchun manfaatli boʻlishi mumkin, ammo savdo yurituvchilar uchun oʻta foydadan yiroq.

"Demokratik partiya esa 60-yillar boshidan aynan savdo xodimlarining manfaatlarini qoʻllab-quvvatlab keladi, aynan shu bois, barcha axborot savdogarlari nomdor aktyorlardan boshlab, internet-magnatlarigacha aynan Bayden tarafida, shu bois, Baydenga kompromat eʼlon qilingan maqolalarga havolalar ijtimoiy tarmoqlar va izlash tizimlarining aksariyatidan oʻchirib tashlanmoqda", - deya davom etdi Vasserman.

Umuman olganda, hozircha kuchlar taqsimoti quyidagicha: AQShda jamoatchilik fikrini shakllantirishga taʼsir oʻtkaza oluvchi qatlam hozirda Bayden tarafida. Ammo, 2016 yilda xuddi shu qatlam demokrat Xillari Klintonni qoʻllab-quvvatlaganini unutmaslik lozim. Va bu holat Trampga gʻalaba qozonishda toʻsiq boʻla olmagan edi, deya xulosa qildi analitik.

Asosiy mavzular