13:42 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
1451 0 0

Muammo shundaki, amerika gipertovushli raketalari oʻz hajmi tufayli esminetslar yacheykasiga sigʻmaydi. Kemalar jiddiy modernizatsiyaga muhtoj: ishga tushirish modullarini yanada sigʻimdorga alishtirish, oʻt ochishni boshqarish tizimlarini takomillashtirish lozim. Bu qanchaga tushishi nomaʼlum

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik, Nikolay Protopopov. Oʻnlab kemalar va suvosti kemalari, Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlarini yengib oʻtish, tezkor global zarba strategiyasi — Pentagon "Arli Byork" tasnifidagi eskadra minatashuvchilarini gipertovushli raketalarga qayta qurollantirishga qaror qildi. Oʻta ambitsiyali loyiha yetmishdan ortiq "vыmpel"larni qayta qurollantirishni koʻzda tutadi.

Ostonadagi raqiblar: nima uchun Pentagon amerikaliklarni katta urush bilan qoʻrqitmoqda?
Ruptly / CCTV pool / US department of defense / Minoboronы Rossii / U.S. Air Force video by Tech. Sgt. James Cason

Ammo hammasi u qadar oddiy emas — raketa loyihasi hali oxiriga yetkazilgani yoʻq, esminetslarga esa chuqur modernizatsiya talab etiladi. Amerika gipertovushli raketasi muammolari haqida — RIA Novosti materialida.

Tezda boʻlmaydi

Pentagon rejalari yangi "Virginiya"  submarinalari va "Zamvolt" esminetslari gipertovushli qurollar bilan jihozlanadi. Soʻngra - "Arli Byork" tasnifidagi kemalar, yaʼni AQSH Harbiy dengiz kuchlari(HDK)dagi eng ommaviy zarba "vыmpel"lar ham.

Bor muammo shundaki, amerika gipertovushli raketalari oʻz gabariti tufayli esminetslar yacheykalariga sigʻmayapti. Kemalar jiddiy modernizatsiyaga muhtoj: ishga tushirish modullarini yanada sigʻimdorga almashtirish, shuningdek, oʻt ochishni boshqarish shtat tizimlarini takomillashtirish kerak. Bu qanchaga tushishi va qancha vaqtni olishi - hozircha nomaʼlum.

AQSH HDK suv sathi kemalarining aksariyati qoniqarsiz ahvolga kelib qolgan, va buni Pentagondagilar ham tan oladi. Xususan, oʻttizga yaqin "Arli Byork" esminetslarining xizmat muddati nihoyalanmoqda, yuz millionlab dollar mablagʻ sarflangan modernizatsiyalash ishlari holatni koʻpam yaxshi tomonga oʻzgartira olgan emas. Kema radarlariga xizmat koʻrsatish va kuch uskunalarini ishchan holatda ushlab turishda alohida murakkabliklar yuzaga kelmoqda.

Shu narsa ayonki, shiddat bilan eskirib borayotgan esminetslarni yangi ishga tushirish qurilmalari va gipertovushli qurol bilan uskunalash maqsadga muvofiq emas. Ekspertlar fikriga koʻra, Pentagonning hatto balandparvoz bayonotlariga qaramay, ushbu kemalar "Tomagavk" qanotli raketalarga egaligicha qoladi.

"Bu miqdordagi esminetslarni tezkorlikda qayta jihozlash imkonsiz, — deydi RIA Novosti bilan suhbatda harbiy ekspert Aleksey Leonkov. — Dastur, fikrimcha, ikkita yoʻnalishda boradi: faqatgina "yangi" "Arli Byork"lar modernizatsiya qilinadi, plyus gipertovushli raketalar uchun ishga tushirish uskunalari yangi kemalarga montaj qilinadi. Harajatlar ham amerikaliklar uchun muhim emas — ular bugun dunyodagi kuchlar balansini tekislash va oʻziga yetakchilik pozitsiyasini qaytarish uchun istalgancha mablagʻ sarflashga tayyor".

Arzon va arzigulik

Oʻz navbatida, amerikalik analitiklar fikricha, flotni gipertovushga qayta qurollantirish dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun yoki yangi esminetslar, yoki kichik oʻlchamdagi raketalar talab etiladi. Birinchi variant maqbuldek koʻrinmoqda, nega deganda, Pentagon raketa borasida aniq toʻxtamga kelgandek.

"Flotga baza sifatida quruqlikdagi qoʻshinlar uchun tanlangan loyiha olinmoqda, — Advanced Hypersonic Weapon, — deya aniqlik kiritadi Leonkov. — Ikki pogʻonali, qattiq yoqilgʻili. Birinchi pogʻona — tezlik oldiradi, ikkinchisi — rejalashtiruvchi blok. Dengizda joylashuvchi raketalarni nafaqat "Arli Byork" esminetslariga, balki "Ogayo" va "Virginiya" sinfidagi suvosti kemalariga ham oʻrnatish rejalashtirilmoqda. Ular hozir aynan shu maqsadlar uchun modernizatsiya qilinmoqda".

Gipertovushli raketalar istiqbolli tashuvchilariga kelsak, Pentagon hamon yangi avlod kemasi loyihasini oʻrganmoqda. DDG Next esminetsini "Arli Byorkdan" sal kattaroq qilib ishlab chiqish rejalashtirgan, ammo ishga tushirish uskunalari ancha sigʻimdor boʻlishi, qoraversa, qurollanish tomondan ham kuchaytirilishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, amerikaliklar "Byork"ga oʻrindosh topishga urinishgan edi, ammo bu muvaffaqiyatsiz yakunlandi — texnologik jihatdan oldinlab ketgan Zumwalt esminetslari oʻta qoʻpol boʻlib, harbiy dengizchilarga haddan ziyod bosh ogʻriq boʻldi. Xomligi shundoq koʻrinib turgan uskunalar va qurollar tufayli ularning ishonchliligi va ekspluatatsiyaga yaroqliligi shubha ostida qoldi.

Xususan, birinchi "Zamvolt" suvga tushirilganidan bir hafta oʻtib, asosiy kuch qurilmasi ishdan chiqdi — kema Panama kanalida "oʻchdi" va uni yaqin-atrofdagi harbiy-dengiz bazasiga taʼmir uchun shatakka olishga toʻgʻri keldi. Elektr uskunalar bilan bogʻliq muammolar keyingi "vыmpel"da ham aniqlandi.

Shu bilan bir vaqtning oʻzida "Zamvoltlar"ni narx borasida avianosetslar bilan taqqoslash mumkin. Har bir esminets amerika byudjetiga taxminan 4,5 milliard dollarga tushgan. Oqibatda, rejalashtirilgan 32ta kema oʻrniga Pentagon uchta bilan cheklanib qoʻya qoldi.

"Zamvolt"larni gipertovushli qurollar bilan taʼminlash qarori, koʻrinib turibdiki, ularni joylaydigan boshqa joy yoʻqligidan dalolat bermoqda. Xizmat yoki jangovar harakatlar uchun yaroqsizligi tufayli qoʻmondonlik bu kemalarni yangi raketalarga platformalar tariqasida koʻrib chiqmoqda.

Quvib borayotgan rolida

Suvosti tashuvchilari — bu birinchi galda "Virginiya" koʻpnishonli submarinalaridir. Ularni 2028-yilga kelib qayta qurollantirish rejalashtirilgan. Bu suvosti kemalari bir soat davomida sayyoraning istalgan nuqtasiga aniq noyadroviy global zarba berishni nazarada tutuvchi dasturga ulanadi. Quruqlikdagi qoʻshinlar ilk gipertovushli majmualarni sal oldinroq - 2023 yilda qabul qilib oladi.

Rossiyada esa bularning barchasi allaqachon joriy etilgan va muntazam ravishda mashgʻulotlarda sinalib kelinadi.

Xususan, yerda joylashuvchi strategik maqsadli "Avangard" majmuasi haqida 2018 yilning bahorida maʼlum boʻlgan edi. Zarba qismi — mintaqalararo UR-100N raketasi va oʻta yuqori temperaturalarga dosh beruvchi rejalashtiruvchi blokdir, — atmosferaning zich qatlamlarida soatiga 25 ming kilometrgacha tezlashadi. Majmua ikki yil oldin seriyaga kiritilgan, "Avangard" bilan qurollantirilgan birinchi polk esa 2019 yilning dekabrida navbatchilikka kirishgan edi. Joriy yil yakuniga qadar Rossiya Mudofaa vazirligi Orenburg viloyatida yana ikkita raketa uchun infratuzilma tayyorlaydi.

Flot ham ortda qolmayapti. Oktyabr oyi boshida Bosh shtab "Admiral Gorshkov" fregatidan "Tsirkon" gipertovushli raketasi sinovi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani haqida xabar bergan edi. Jangovar zaxira sakkiz Maxdan ortiq (soatiga taxminan 9,5 ming kilometr) tezlikni oldi va 450 kilometrni 4,5 daqiqa ichida zabt etdi. Istiqbolda raketa minglab kilometr masofadagi nishonlarni yoʻq qila olishi va 9 Max tezlikka chiqishi mumkin.

Kutilishicha, majmua 2021 yilda safga qabul qilib olinadi. U bilan amaldagi va qurilayotgan suv sathi kemalari va suvosti kemalarini jihozlash rejalashtirilgan. Xususan, 2025-2026-yillar oraligʻida HDF uchun ikkita 22350 loyiha fregati quriladi. "Tsirkon" bilan qurollangan birinchi submarina "Yasen-M" loyihasiga tegishli koʻpnishonli APL "Kazan" boʻladi.

Dengizchilarga uni dekabr oyida topshirishadi — hozir kema sinovdan oʻtmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya, havoda joylashuvchi "Hanjar" ("Kinjal") deb atamish gipertovushli quroliga ega. Tutib oluvchi MiG-31K qiruvchilari bu xildagi raketalar bilan 2017 yildan buyon jihozlantiriladi. Bir nechta tashuvchilar Janubiy harbiy okrugda joy olgan, 2024 yilga qadar esa "Kinjallar" bilan Krasnoyarsk oʻlkasidagi aviapolk ham jihozlantiriladi. Majmua ikki ming kilometr masofagacha boʻlgan nishonlarni yoʻq qiladi. Boyegolovkalar oddiy yoki maxsus - yadroviy zaryadli boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular