01:13 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Analitika
Havola olish
92 0 0

Rossiyalik ekspert Oʻzbekistonning yangi elektr energiya ulgurji bozori tizimiga oʻtishining ijobiy va salbiy tomonlarini sanab oʻtdi.

TOSHKENT, 29 okt – Sputnik. Oʻzbekiston yaqin yillar ichida bosqichma – bosqich elektr energiyasini ishlab chiqish, yetkazib berish va taqsimlash borasida yangi tizimga oʻtishini rejalashtirmoqda.

Rossiya Milliy energetika xavfsizligi fondining bosh tahlilchisi Igor Yushkov bu borada oʻz mulohazalarini bildirdi.

Ekspert fikriga koʻra ushbu jarayonda asosiysi – yangi tizimga oʻtishning har bir bosqichida ishlashga qodir boʻlgan elektr taʼminoti tizimini saqlab qolishdir.

Ikkinchidan, yangi tizimga oʻtish xarajatlarini toʻliq davlat hisobidan amalga oshirishning iloji yoʻq. Rossiya tajribasi bu borada juda foydali boʻlishi mumkin.

“Rossiya ham oʻz vaqtida RAO YEES (yagona eneregetika kompaniyasi) boʻlib tashlagan edi va uning energiya ishlab chiqarish qismini xususiylashtirgan edi. Buning natijasida, hozir Oʻzbekiston aytayotgan, ulgurji energiya bozori yaratilgan edi. Maqsad – ushbu sohada raqobat yaratish, unga investorlarni jalb qilish, yangi elektr stantsiyalari qurilishini taʼminlashdir”, - deydi Yushkov.

Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Investor daromad olish mumkin boʻlgan joyga keladi. Natijada elektr energiyasi ulgurji bozorini yaratish – uning narxi oshishiga olib kelishi tabiiy holdir. Shu bilan birga davlat tomonidan sunʼiy ravishda narxlar oʻsishini “ushlab turish” ham - yaxshi emas. Buning oqibatida – sohada turgʻunlik sodir  boʻlishi mumkin.

“Yillar davomida narxlarni ushlab turish – sohaga sarmoyalar kiritilmasligi, uskunalar eskirishi va samaradorlik tushib ketishga olib keladi. Oqibatda elektr uzatish tizimining ishonchligi yoʻqoladi. Svet tez-tez oʻchadigan boʻlib qoladi. Bu muammoni sobiq Ittifoq hududida barcha yaxshi biladi”, - deydi ekspert.  

Yushkov fikriga koʻra, elektr taʼminoti sohasida xususiy investitsiyalar va elektr energiyasi narxi orasida kerakli muvozanatni topish juda muhimdir.

Daromad qanday boʻlmasin, elektr energiya ulgurji bozorida - sotuvchi “xoʻjayin” boʻlmasligi kerak. Isteʼmolchilar manfaati hisobga olinishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda elektr energetikasi korxonalarini transformatsiya qilish, ulgurji energetika bozorini yaratish borasida topshiriqlar bergan edi.

Ekspert toʻliq xulosasini Sputnik podkastida tinglang.

Yushkov nazval plyusы i minusы perexoda Uzbekistana k novomu rыnku elektroenergii

Asosiy mavzular