"Ruslarda o‘nlab, bizda esa — ikkita": AQSh qay borada Rossiyaga yetolmaydi

© Sputnik / Anna Yudina / Mediabankka o‘tishLedokol, privezshiy rossiyskix polyarnikov v Arktiku dlya razvertivaniya novoy dreyfuyushey stansii "SP-40"
Ledokol, privezshiy rossiyskix polyarnikov v Arktiku dlya razvertivaniya novoy dreyfuyushey stansii SP-40 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikaga Shimoliy qutbda ishlashga qodir muzorarlar yetishmayapti va Rossiya bu borada undan ustun holatda. Muzorarlar va ularning yirik davlatlar manfaatlarini ilgari surishdagi roli haqida - RIA Novosti materialida o‘qing.

TOShKENT, 30 okt — Sputnik, Andrey Kos. Amerikaliklar Arktikani shiddat ila boy berishmoqda. Senatning Qurolli Kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zolari Rojer Uiiker va Dan Sallivan AQSh uchun shunday bir noumid xulosaga kelishdi. Senatorlar fikricha, mamlakatga Shimoliy qutbda ishlashga qodir muzorarlar yetishmayapti va Rossiya bu borada Qo‘shma Shtatlardan ustunroq holatda. Muzorarlar va ularning yirik davlatlar manfaatlarini ilgari surishdagi rollari haqida - RIA Novosti materialida o‘qing.

Yolg‘iz muzorar

Uiker va Sallivan deydilarki: Moskva 40ta kemadan iborat dunyodagi eng yirik muzorarlar flotiga ega. Taqqoslash uchun: AQSh sohil xavfsizligi xizmatida atigi ikkita — PolarStar va Healy muzorarlari bor. Jumladan, ikkinchisi, bortda yuz bergan yong‘indan so‘ng ta’mirlanmoqda. Bitta soz muzorar esa iqtisodiy va harbiy tomonlama qolgan barcha davlatlarda ustun derjava uchun kamlik qilishi aniq.

Qozon shahrida bodibilding bo‘yicha o‘tkazilgan chempionat - Sputnik O‘zbekiston
O‘rgimchak-odam va atom muzorar kemasi – hafta surati

Axir Arktika ustidan nazorat boy tabiiy resurslarga yo‘l ochadi va Yevroosiyo shimolida muntazam harbiy ishtirokni ta’minlaydi.

Ekspertlarning eslatishicha, joriy yil yoz mavsumida Rossiya HDF tomonidan sovuq urush davridan buyon birinchi marta Alyaska qirg‘oqlaridan unchalik olis bo‘lmagan masofada yirik harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazildi. Bundan tashqari, Moskva, Sobiq Ittifoq parchalanganidan keyin Artikadagi o‘z holicha tashlab qo‘yilgan 50ga yaqin harbiy obyektlarini qayta tikladi. U yerlarda yana qo‘shin va qurollarini joylashtirdi. O‘z navbatida, Xitoy ham muz klassidagi ikkita kemani barpo etmoqda va mintaqani iqtisodiy "Qutb ipak yo‘li" sifatida ko‘z ostiga olayotganini hatto yashirgan ham emas. Arktika hayot bayramida amerikaliklar aniq kambag‘al qarindosh ko‘rinishini olgan.

Xitoy qurgan avianoses - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy o‘zi qurgan avianosesni butun jahonga ko‘z-ko‘z qildi

Hali iyun oyida prezident Donald Tramp ko‘psonli muzorarlar flotini yaratish zarurati haqida xabar qildi. Amerika hukumati oltita yangi kema, jumladan, mamlakatda 40-yildan buyon qurilmagan og‘ir klassdagi kemalar qurilishi bo‘yicha dasturni ishga tushirdi. Kongress bosh muzorarni allaqachon moliyalashtirdi — u 2024-yilda dengiz sinovlariga chiqishi kerak. O‘z navbatida, Sohil xavfsizligi qo‘mondonligi ikkinchi kema uchun mablag‘ so‘radi.

Hozircha esa, deydi senatorlar, Polar Star xizmat muddatini kamida 2023-yilgacha uzaytirishga to‘g‘ri keladi. Kema asr boshida deyarli o‘z resursini ishlatib bo‘lganini hisobga oladigan bo‘lsak, AQShga Arktikada yetakchilikni ta’minlab berish vazifasiga uning tishlari o‘tmaslik qilishi aniq ko‘rinadi.

Muz armadasi

Rossiya muz klassidagi kemalar qurilishini hech qachon to‘xtatmagan. Xususan, 21-oktabrda 22220 "Arktika" loyihasidagi bosh atom muzorar ishga tushililgan edi. Har biri 175 megavatt bo‘lgan issiqlik quvvatiga ega ikkita RITM-200 reaktor qurilmalari bilan jihozlangan kema 2,8 metr qalinlikka ega muzni bir yarim-ikki uzel tezlikda yengib o‘tadi. Okean bilan bir qatorda darolar o‘zanlarida ham ishlay oladi. "Atomflot" - "Sibir", "Ural", "Yakutiya" va "Chukotka" loyihasidagi qo‘shimcha to‘rtta kemani olishni rejalashtirmoqda. Birinchi ikki kemani 2021- va 2022-yillarda ekspluatatsiyaga kiritish rejalashtirilgan.

Bolshaya dizel-elektricheskaya podvodnaya lodka Volxov - Sputnik O‘zbekiston
Kuchli torpeda: National Interest Rossiya suvosti kemasidan hayratda qoldi

""Arktika" muzorarining suvga tushirilishi — bu mahalliy verfda, shunchaki, juda yirik, boz ustiga g‘arb texnologiyalari va ehtiyot qismlaridan holi, original kema yaratilishini anglatmaydi, — dedi Sputnik radiosi efirida harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Aleksey Podberezkin. — Asosiysi — siyosiy mazmun. Muzorarlarning yangi seriyasi yaqin yillarda quriladi, va Rossiya Shimoliy dengiz yo‘li bo‘ylab vaziyatni nafaqat chuqur suv havzalarida, balki, eng muhimi, sayoz suvli hududlarda ham nazorat qila oladi. Endilikda biz yil davomida Janubi-Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Yevropaga transport koridorini ta’minlay olamiz".

Har qanday harbiy va fuqarlik qurilishi muvaffaqiyati siri - aynan atom muzorarlarida. Rossiya "Arktika"dan tashqari, 75 ming ot kuchiga ega ikki reaktorli yadro energetik qurilmali ikki kema ("Yamal", "G‘alabaning 50-yilligi"), quvvati 50 ming ot kuchiga ega bir reaktorli uskunaga ega ikki muzorar ("Taymir", "Vaygach"), 40 ming ot kuchiga ega reaktor agregatiga ega "Sevmorput" ("Shimoliy dengiz yo‘li" ma’nosida, tarj.) atom lixterovozi (yuklarni lixterlarda yoki barjalarda, konteynerlarda tashish uchun ixtisoslashgan kema) va beshta texnik xizmat ko‘rsatish kemasiga ega.

Illyustratsiya budushey amerikanskoy podlodki klassa Columbia - Sputnik O‘zbekiston
AQSh nima sababdan suv osti kemalarini Rossiya qirg‘oqlari yaqiniga ko‘chirmoqda

"Sovet Ittifoqi" ledokoli ekspluatatsiya zaxirasida turibdi. Bu hatto dizel-elektrik kemalarni hisobga olmagan holda juda ulkan arktika flotiliyasidir.

Shulardan eng yangisi superzamonaviy "Ilya Muromes" bo‘lib, u 2017-yilda Shimoliy flot tarkibidan o‘rin olgan. U qalinligi bir metrgacha bo‘lgan to‘liq muz maydonida ishlashga qodir. O‘zining asosiy vazifasi - arktika suvlaridan kemalarni o‘tkazishdan tashqari, kema arktika qo‘shinlari guruhi uchun yuklarni yetkazib beradi. Loyiha bort qurol-aslahalari xususan, kema tezotar artilleriya uskunalari AK-630, AK-230, AK-306lar montajini ham ko‘zda tutadi.

Rossiyskiy atomniy podvodniy raketonosniy kreyser proyekta 949A Antey K-410 Smolensk  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning "Antey" atom kemasi Boltiq dengizida nima qilyapti?

Nazariy jihatdan muzorarni zarba beruvchi jangovar kemaga aylantirish mumkin - buning uchue uni kemalarga qarshi raketalar bilan jihozlashning o‘zi kifoya qiladi.

Hamisha yetakchi bo‘lgan

Rossiya muz klassidagi kemalar qurilishida hamisha boshqa davlatlardan oldinda bo‘lgan. Zamonaviy tipdagi ilk muzorar - 1864-yilda tushirilgan "Paylot" vintli qutqaruv buksiri edi. Maxsus burun qismi unga muz ustiga chiqishga va o‘z vazni bilan muzni sindirishga imkon bergan. Ushbu konstruksiya xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan. 1871-yilning qishida Germaniya hukumati Gamburgs porti akvatoriyasi va Elbani muzdan tozalash maqsadida Rossiyadan ushbu muzorar chizmalarini xarid qiladi. Sababi, ekstremal darajadagi past harorat mintaqadagi savdoni butunlay siquvga olgan edi. Shundan so‘ng, Daniya, Shvetsiya va AQSh tadbirkorlari ham nemislardan o‘rnak olishadi.

Pusk protivokorabelnoy raketi s nazemnogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
"Iblis "Bal"i: Qrimda RF Harbiy kuchlarining kemalarga qarshi qudratli tizimi sinovdan o‘tdi

Jahondagi birinchi yadroviy muzorar kema ham SSSRda barpo etilgan — unga "Lenin", deya nom berilgan edi. Atomoxod 1959-yilda Dengiz floti vazirligi ixtiyoriga topshirilgan. Ushbu gigant shimoliy kengliklarda navigatsiyani anchayin uzaytirdi. Faqatgina olti yillik ekspluatatsiya davrida "Lenin" 82 ming dengiz milidan ortiq masofani bosib o‘tgan va mustaqil ravishda 400dan ortiq kemalarni o‘tkazgan edi. 1989-yilda muzorar Murmanskdagi abadiy stoyankadan joy oldi, u federal ahamiyatga ega madaniy meros yodgorliklari yagona reyestriga kiritilgan.

Rossiya — lixterovoz-muzorarni ekspluatatsiya qiluvchi yagona davlatdir. 61,88 ming tonna suv sig‘imiga ega bo‘lgan "Sevmorput" - 1988-yildan buyon ishlatilib kelinayotgan dunyoning eng yirik yuk tashuvchi kemasidir. U bir metrgacha qalinlikka ega bo‘lgan muz ostidan mustaqil ravishda teshib o‘tishga qodir. Bugungi kunga kelib, u atom kuchli qurilmaga ega bo‘lgan amaldagi yagona yuk kemasi sanaladi.

Yangiliklar lentasi
0