06:14 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
52001

AQShda neft qazib olishning hozirgi holati va prognozlar - kuzatuvlar uchun dolzarb mavzudir. Axir uning kattagina qismi, jahon neft bozorining qayishqoq posangisi sanaladi

Aleksandr Sobko

AQSH Energetika vazirligining haftalik hisobotlarida eʼlon qilingan umumiy kartina tushunarli: uch oy ichida juda keskin tushish yuz berdi - mart oyining eng yuqori choʻqqisi - kuniga 13 million barreldan sutkasiga 10,5 million (yaʼni 20 foizga)cha. Keyinchalik, ushbu qiymat atrofida shu jumladan, boʻronli mavsum bilan bogʻliq boʻlgan (plyus-minus yarim million barrelga teng) sezilarli tebranishlar yuz bera boshladi, - axir, bu nafaqat slanets yoki quruqlikdagi boshqa qazib olish, balki Meksika koʻrfazidagi dengizdagi qazib olishni hisobga olgan umumiy statistikadir. 

Soʻnggi raqamlarga koʻra, AQShda ishlab chiqarishning umumiy hajmi sutkasiga oʻn million barreldan ham pastlagan, ammo takrorlab oʻtish joizki - haftalik maʼlumotlar koʻpincha tuzatiladi, shu bois, ular umumiy tendentsiyani koʻrsatayotgani ehtimolga yaqin.

Endichi, nima boʻladi? Ishlab chiqarishning anʼanaviy yetakchi koʻrsatkichi - bu ishlaydigan burgʻilash dastgohlari soni hisoblanadi. Bu yerda ham mart voqealaridan soʻng tez pasayishni koʻrdik, mart oyida mahalliy hududlarda oʻz avj nuqtasida 682 dastgoh ishlagan boʻlsa, avgustda ular soni oʻzining eng minimum koʻrsatkichi - 172 taga yetgan, shundan soʻng garchi sust boʻlsada, oʻzini tiklash yuz bergan va dastgohlar soni ayni vaqtda 205tani tashkil etmoqda. Burgʻilash uskunalari uch karra qisqardi, qazib olish esa 20 %ga pastladi - raqamlarda ziddiyat yoʻq: birinchidan, qazib olinayotgan neftning hammasi ham slanets emas, ikkinchidan esa, inertsiya (harakatsizlik) mavjud.

Qazib olish ishlariga taʼsir koʻrsatadigan muhim omil - bu allaqachon burgʻilangan, ammo ularda qatlam gidroyoriq oʻtkazilmagan tugallanmagan deb atalmish quduqlardir. Ularning soni 7,7 mingtaga yetgan - bu oʻta jiddiy hajm (ishlayotgan 200 dona burgʻulash moslamalari bilan taqqoslaganda), agar ularda gidroyoriq amalga oshirilsa, hatto yangi burgʻulashlarning oʻta past koʻrsatkichida ham qazib olish ishlarini uzoq vaqt ushlab turishi mumkin.

Soʻnggi bir yil davomida tugallanmagan quduqlar hajmi sezilarli darajada oʻzgarmadi, yaʼni bunday quduqlarning ishga tushirilishi avvalroq burgʻilash qurilmalari sonining qisqa muddatga bir necha karra pasayishi fonida ishlab chiqarishni ushlab turdi, deya aytib boʻlmaydi. Endi tugallanmagan quduqlar soni bir oz ozayishni boshladi va eng muhimi, Amerika Energetika vazirligi oʻzining soʻnggi prognozida toʻgʻridan-toʻgʻri ishora qilmoqda: endi ular oz sonli ishlaydigan burgʻilash qurilmalari fonida ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash uchun zaxira hosil qiladi. Aytgancha, noyabr oyi uchun ushbu sharh AQShda slanetsli neft qazib olishning yangi pasayishini nazarda tutadi.

Rukovoditel otdela issledovaniya energeticheskogo kompleksa mira i Rossii Instituta energeticheskix issledovaniy RAN, direktor Tsentra energeticheskix issledovaniy Instituta problem tsenoobrazovaniya i regulirovaniya yestestvennыx monopoliy NIU VSHE Vyacheslav Kulagin
© Sputnik / Vladimir Trefilov

Bir soʻz bilan aytganda, odatdagidek, slanets masalalarida boʻlgani singari, juda koʻp noaniqliklar mavjud, buning natijasida esa, obroʻli tashkilotlar ulkan miqdordagi prognozlarning tarqoqligini namoyon etmoqda: 2021 yil oʻrtalariga kelib umumiy ishlab chiqarish hajmining 11,5-12 milliongacha ortishidan tortib, kuniga oʻn million barrelgacha (haftalik statistik maʼlumotlarga koʻra, u allaqachon sodir boʻlgan) tushishigacha.

Shu bilan birga, bu prognozlar ustidan slanets kompaniyalarining maʼlum moliyaviy muammolari osilib turmoqda. Ha, pulni tejash maqsadida burgʻulash hajmlari qisqartirilmoqda, ammo bu ishlab chiqarish pasayishi anglatadi, demakki qarzga xizmat koʻrsatish uchun pul oqimi pasayadi. Kichik kompaniyalar bankrotliklari allaqachon boshlangan - va davom etmoqda.

Inqirozgacha boʻlgan davrda Amerikaning ikkita eng yirik neft-gaz gigantlari - ExxonMobil va Chevron slanets ishlab chiqarishga sarmoya kiritgan va hatto, mazmunan olganda, oʻzaro maxfiy raqobatni uyushtirishgan edi. Natijada, agar biror narsa yuz bergudek boʻlsa, slanets qazib oluvchilar qarzlari yoki hatto bankrotligini yirik kompaniyalar sotib oladi, degan fikr shakllandi.

Qisman shunday boʻlmoqda ham. Shu kunlarda ConocoPhillips slanets qazib oluvchi Concho Resources'ni 9,7 milliardga xarid qilishini maʼlum qildi. Shu tariqa, amerika neft gigantlarining yana biri bir vaqtning oʻzida yirik slanets ishlab chiqaruvchisiga aylanmoqda.

Ammo, bu yerda qizigʻi, xarid pul shaklida emas, balki aktsiyalar bilan oʻzaro almashuv tarzida amalga oshirildi.

Xuddi shunga oʻxshash voqea oktyabr oyi boshida ham yuz bergan edi, bunda Chevron kompaniyasi Noble Energyni sotib olgan (bu esa, nafaqat slanets, balki hozirda oʻta faol muhokamada boʻlgan Sharqiy Oʻrtayer dengizi hududidagi dengizda gaz qazib olish hamdir).

Oʻz navbatida oʻrta hajmdagi Devon Energy kompaniyasi WPX Energyni xarid qildi, Pioneer Natural Resources esa Parsley Energyni yutib yuborishni muhokama qilmoqda. Yana bir nechta slanets ishlab chiqaruvchilari muvaffaqiyatli raqiblar yoki ularga nisbatan ancha yirik kompaniyalar tomonidan xarid qilishga yoki yutib yuborilishga nomzod sifatida koʻrib chiqilmoqda.

Yaʼni ushbu sektorda birlashuv yoki yutib yuborilish holatlari ancha ochiq tus oldi. Kompaniyalar koʻlamlar, qazib olish ishlarida yaqin joylashgan hududlarning birlashuvi va hokazolarda iqtisod qilish orqali yutishni umid qilishmoqda. Ayniqsa, yirik "meyjorlar" tomonidan amalga oshiriladigan bu singari yutib yuborishlar, tabiiyki qarz yuki muammosini ikkinchi planga surishga imkon beradi. Boz ustiga, yirik kompaniyalar mavjud qarzni bozor shartlari asosida yangi qarz majburiyatiga oʻtishda sezilarli darajada arzon kreditlanishi mumkin.

Bir soʻz bilan aytganda, hammasi yil boshida taxmin qilingani singari roʻy bermoqda - Transmilliy kompaniyalar tomonidan yutib yuborilishi natijasida sohani saqlab qolishmoqchi, pandemiya esa bu jarayonlarning barchasini tezlashtirdi, xolos. Biroq, neft sohasidagi inqiroz yana bir natijaga olib keldi: slanets ishlab chiqaruvchilarni yutayotgan kompaniyalarning moliyaviy barqarorligi ancha pasaydi, demak, muammoli kompaniyalarni oqibatlarsiz "hazm qilish" qiyinroq boʻladi.

Buning yorqin misoli tariqasida ExxonMobilni keltirish mumkin. Yil boshida kompaniyaning aktsiyalar kotirovkalari hozirgi vaqtga nisbatan ikki baravar yuqori edi, shu bilan birga u aksariyat yevropalik hamkasblardan farqli oʻlaroq, choraklik dividendlarni pasaytirmadi.

Hozirda choraklik dividendlar amaldagi kotirovkalarga (yillik qiymatlarga oʻgirilganda) nisbatan ulkan - yillik oʻn foiz stavkalarni tashkil qilmoqda, yil boshida u mos ravishda ikki baravar past edi. Shunisi aniq-ki, bir xil miqdordagi dividendlar sharoitida kotirovkalarning ikki baravar pasayishi bir narsani anglatadi - oshgan xatarlar va kelajakda kompaniya toʻlovlarni va umuman moliyaviy barqarorlikni bir xil darajada ushlab tura olmaslik boʻyicha xavflar mavjudligini. Xuddi shunday holat boshqa yirik kompaniyalar uchun ham kuzatilmoqda.

Shunisi, qiziqki, inqiroz boshida aynan ExxonMobil ishlab chiqarishni birlashtirgan holda qisqartirilishiga qarshi boʻlgan edi (shu paytda u AQSH uchun ham muhokama etilgan), bu ayrim kuzatuvchilar tomonidan neft narxlarining tushishi toʻlqinida arzonlashib ketgan slanets ishlab chiqaruvchilarini tannarxidan past baholarda sotib olish istagi sifatida talqin qilingan edi. Ammo natijada, kompaniya juda ogʻir va qoʻshimcha xaridlarsiz sharoitda. Umuman olganda, uni rad etib ham boʻlmaydi, axir eng yaqin raqiblari inqiroz davrida slanetsli neft segmentini sezilarli darajada kuchaytirib olishdi. Chevron "Noble Energy"ni yutib yuborgach, AQShda slanets neftini ishlab chiqarish hajmi boʻyicha ikkinchi oʻringa chiqdi.

Mazmunan olganda, yirik transmilliy kompaniyalar oʻz koʻlami va moliyaviy barqarorligidan foydalanib, slanets neftini ishlab-chiqarish segmentini tortib ketishni istagan edi — bu masala kun tartibidan tushgan ham emas, ammo tobora murakkablashib bormoqda. Demakki, moliyaviy intizom masalalari yana old planga chiqmoqda, va bunda biz yaqinda slanets sektorida koʻrganimiz singari - oʻsish uchun oʻsishni kutish yaramaydi.

Qoʻshimcha qilish lozimki, "Yashil kun tartibi" ham barcha neft-gaz kompaniyalariga, shu jumladan, eng yiriklariga ham, bosimni yaratdi. Banklar neft qazib oluvchilarni hech qanday stavka evaziga ham qarz bermasliklari (bu sal avval baʼzi banklar tomonidan koʻmir sektori sohasiga nisbatan kuzatilgandi), haqida gapirishga hali ancha erta, ammo "iqlimga doir kun tartibi" slanets qazib oluvchilarini xarid qilinishi holati bilan birgalikda sohadagi eng yirik kompaniyalar uchun ham yangi qarzlar narxini oshirsa ajablanmasa ham boʻladi.

Xulosa. Slanets nefti sanoati "kollapsi", yaʼni qulashi kutish kerak emas, ammo slanets konlarining yangi egalari moliyaviy intizomga qatʼiy rioya qilishlari va sarmoyalar rentabelligiga yanada masʼuliyatli munosabatda boʻlishadi, deya taxmin qilish mumkin. Sektordagi birlashuv ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga va shu bilan hech boʻlmaganda ishlab chiqarish hajmini hozirgi darajada ushlab turishga yordam beradimi yoki yoʻq, vaqt koʻrsatadi.

Asosiy mavzular