19:32 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
100821

Rossiya Tashqi Razvedka xizmati yubileyi arafasida Dmitriy Kiselev Sergey Narыshkin bilan suhbat qildi.

2020 yilning 20 dekabr kuni Rossiya Tashqi razvedka xizmati (TRX) oʻzining 100 yillik yubileyini nishonlaydi. Ushbu muhim sana arafasida “Rossiya Segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselyov TRX direktori Sergey Narыshkin bilan suhbat qildi.

- Sergey Yevgenyevich, aytishlaricha, 70 yillarda MRB koridorlarida bosh raqib sifatida Yuriy Andropovning portreti osib qoʻyilgan ekan. Nima deb uylaysiz, hozir u yerda sizning portretingiz bormi? Rossiya Tashqi razvedka xizmati hozir dunyoda eng yaxshi razvedka deyish mumkinmi?
- Menimcha, u yerda portretim yoʻq, lekin mening va Rossiya TRXning barcha direktorlarining batafsil dosyelari borligi aniq.

Rossiya razvedkasi bugungi kunda, obʼyektiv nuqtai nazardan, dunyoning eng kuchli, eng samarali 5 razvedkalari qatoridan oʻrin olgan. Gap shundaki, har qanday razvedka oʻz tarixi va tajribasiga tayanadi. Bizning razvedka maktabimiz dunyoning yetakchilaridan biri hisoblanadi. Bu xuddi rus baleti yoki sovet, rus matematiklari maktabiga oʻxshaydi.

Siz Yuriy Vladimirovich Andropovni esladingiz, u kishi bizning xizmat uchun juda muhim qaror qabul qilinishida ishtirok etgan. TRX oldin KGBning Birinchi boʻlimi deyilar edi. Aynan Andropovning tashabbusi bilan 70 yillarda Birinchi boʻlim shtab-kvartirasi shahar markazidan Yasenevoga, tabiat qoʻyniga koʻchirildi. Bu bizga insoniy va texnologik potentsialni rivojlantirishga imkon berdi. Oradan 50 yil oʻtgan boʻlsada, ushbu potentsial hali oxiriga yetgani yoʻq.

- Hozirgi kunda ochiq maʼlumot manbaalari juda koʻp. Kerakli axborotning katta qismi ana shunday manbaalardan jamlanmoqda. Razvedka xizmatiga ehtiyoj yoʻqolib borayapti deyish mumkinmi?

- Ha, gapingiz bir tomondan toʻgʻri, hozir OAV va Internetdan juda koʻp maʼlumot topish mumkin, lekin hukumat tomonidan biror qaror qabul qilishda javobgarlik darajasi juda yuqori. Shuning uchun, bunday maʼlumot quyidagi talablarga javob berishi kerak: dolzarb, ishonchli va toʻliq boʻlishi kerak. Shu sababli maʼlumotni qayta tekshirish va turli manbaalardan olib tekshirish kerak boʻladi.

Umuman razvedka har qanday davlatda hukumat tomonidan biror qaror qabul qilish uchun qoʻshimcha maʼlumot manbai hisoblanadi. Koʻp hollarda bunday maʼlumot hali odamlar boshida, qogʻoz yoki elektron manbaalarga koʻchirilmagan boʻladi. Razvedkadan ana shunday axborotni jamlash talab qilinadi. Shu sababli, razvedka xizmati, xuddi jurnalist kasbi kabi – yoʻq boʻlib ketmaydi. Siz bilan biz hali oʻnlab yillar kerak boʻlamiz.

- Tashqi razvedkada xizmat qilish uchun nomzod qanday talablarga javob berish kerak?

- Rossiya TRXga har qanday 30 yoshga toʻlmagan yigit ishga kirishi mumkin. Buning uchun muassasa saytida onlayn anketa bor. U yerda hammasi yozilgan. Albatta nomzod haqida barcha maʼlumotlar sinchiklab tekshiriladi. Taqdim etilgan hujjatlardan boshlab ijtimoiy tarmoqlardagi ruhiy portretiga qadar.

- Xorijliklarni ishga yollash haqida gap ketganda. Rossiya TRXda ishlash uchun ularda qanday motivatsiya boʻlishi mumkin? Faqat moddiy tomon boʻlmasa kerak? “Kembrij beshligi” kabi gʻoyaviy tarafdorlar ham boʻlsa kerak?

- Bu savolingiz juda qiziq. Gʻoyaviy asos va gʻoyaviy motivlar – bu juda keng tushuncha. Bu nafaqat davlat va jamiyat tuzumi, balkim xalqaro siyosatga munosabat, madaniy, gumanitar va oilaviy qadriyatlar ham boʻlishi mumkin.

Menga ishoning, dunyoda aqlli, mustaqil fikr yuritadigan hamda Rossiya tomonidan olib borilayotgan insoniy qadriyatlarni himoya qilish, tinchlikparvar siyosat yuritish va kerak boʻlganda kuchsizlarni himoya qilish tarafdori boʻlgan odamlar juda koʻp. Umumiy qilib aytganda oq-qorani yaxshi taniydigan kishilar koʻp va ular yaxshilik tomonida boʻlishni istaydi.

- Sovet davrida “bosh raqib” degan tushuncha boʻlardi. Hozir ham bormi ?

- Razvedka faoliyatiga doir ROssiya qonunchilgida bunday tushuncha yoʻq. Umuman bizning tashqi razvedkamiz hech kimga qarshi qaratilmagan. Biz faqat oʻz mamlakatimiz manfaatlarini himoya qilamiz va davlatimiz va fuqarolarimizni tashqi xavlardan himoya qilamiz. Shuningdek tashqi vakolatxonalarimizni ham.

Ha, Rossiyaning eng kuchli raqibi – bu albatta AQSH. MRB – dunyodagi eng kuchli razvedkalardan biri, shu sababli bizning asosiy raqiblarimiz ushbu tashkilotdagi hamkasabalarimiz. Lekin xalqaro terrorchilikka qarshi biz ular bilan birgalikda kurashamiz.

- Rossiya razvedkasi tarixida birinchi raqam kim boʻlganini ayta olasizmi?

Buni aytish juda qiyin, chunki razvedkada shablonlar boʻlmaydi. Har bir operatsiya – takrorlanmas. Shu sababli eng-eng razvedkachini tanlab olish mushkul. Birinchi boʻlib esga keladigan ismlar Aleksey Kozlov, Gevork Vartanyan, Rudolf Abel va boshqalar. Ular 100dan ortiq.

- Bu yil TRXning 100 yilligi Ikkinchi jahon urushi Gʻalabasining 75 yilligiga toʻgʻri keldi. Aytingchi, Shtirlitsning prototipi boʻlganmi?

- Albatta “Shtirlits” - bu jamlanma obraz. Uning prototiplaridan biri Gestaponing yuqori martabali ofitseri Villi Leman boʻlgan deyishadi. U SSSRga juda koʻp qimmatli maʼlumotlarni yuborishga muvafaq boʻlgan, lekin 1942 yilda otib tashlangan.

- Oʻz chiqishlaringizdan birida, siz “Biz hali ham Yalta-Postdam shartnomalari asosida yashayapmiz” degan edingiz. Lekin ayrim Gʻarb davlatlari tomonidan xalqaro huquq normalarini toptashga urinishlar koʻp boʻlmoqda. Bu borada nima deysiz?

- Soʻnggi voqealarga nazar solsak Gʻarbiy markaz boʻlgan dunyo tizimi buzilib bormoqda. AQShda notinchliklar sodir boʻlmoqda. Yeropa Ittifoqi ham krizis ichida. Bunday vaziyatda ular oʻz uylarida tartib oʻrnatish oʻrniga dunyoning boshqa nuqtalarija xaos uyushtirishga harakat qilishmoqda.

Ularni Yevroosiyo Ittifoqidagi YEOII, SHHT, KXSHT kabi integratsion jarayonlar juda ham qoʻrqitmoqda. Taniqli analitika agentligi RAND tomonidan oʻtgan yili eʼlon qilingan hisobotga koʻra, Ukraina harbiy potentsialini kuchaytirish, Belarus hukmatini almashtirish, Kavkaz, Dnestr oldi va Markaziy Osiyo hududida tartibsizliklar uyushtirish - AQSH manfaatlariga javob beradi.

Rossiya – Xitoy yoki Rossiya – Germaniya hamkorligi esa – Britaniya geopolitikasi uchun dahshatli tushdek gap. Shu sababli ham AQSH “Shimoliy oqim-2”ning ishga tushishiga jon jahdi bilan qarshilik qilmoqda. Ular xuddi shu ishlarni Rossiya – Xitoy hamkorligini buzish uchun ham amalga oshirishmoqda. Lekin bizning davlatlarimiz rahbariyati buni aniq his qilib turishibdi va belgilangan siyosatni olib borishmoqda.

- Intenetda shunday hazil bor: “Nega AQShda “rangli inqilob” boʻlishi mumkin emas? Chunki u yerda AQSH elchixonasi yoʻq. Siz nima deb oʻylaysiz bugungi kunda AQShda boʻlayotgan tartibsizliklarni “rangli inqilob” deyish mumkinmi? U yerda prezident saylovidan keyin nima boʻladi?

- AQShda irqiy sababli bartibsizliklar doimo boʻlib turgan. 1992 yilda Los-Anjelesda ana shunday tartibsizliklar oqibatida 60 kishi qurbon boʻlgan edi. Lekin bugungi tartibsizliklar qora tanli fuqaro oʻldirilishidan boshlangan boʻlsa-da, aslida prezident saylovida ishtirok etayotgan ikkala tomon ham undan oʻz foydasiga ishlatishga harakat qilmoqda.

Bizning xulosaga koʻra, saylodan soʻng ham kim gʻalaba qozonishidan qatʼiy nazar ijtimoiy krizis kuchayib boradi. Saylovda yutqizgan tomon natijalarga rozi boʻlmasligi aniq. Bu esa yanada koʻproq radikallar koʻchaga chiqishiga olib kelishi mumkin.

Byulletenlar pochta orqali yuborilayotgani uchun ovoz sanash ham ancha choʻziladi, koʻp xato va noaniqliklar, tortishuvlar boʻladi. Bularning barchasi saylov natijalarini tan olmaslik uchun – katta asos boʻlishi mumkin.

AQSH bugungi kunda dunyodagi eng yirik iqtisodiy va harbiy davlat boʻlgani uchun ushbu mojaro soʻzsiz boshqa davlatlarga ham zarar yetkazishi mumkin, lekin biz bundan qoʻrqmaymiz. Rossiya va yana bir necha davlatlar sobiq gegemonsiz ham xalqaro muammolarni hal qilish tajribasiga ega.

- Xitoy razvedkasi bilan ham hamkorlik qilasizlarmi? Ularni qanday baholaysiz?

- Xitoy razvedkasi ham dunyodagi beshta eng kuchli razvedkalar qatoridan oʻrin olgan. Biz ularga katta hurmat bilan qaraymiz. Kerakli joyda ulardan oʻrganamiz ham.

Biz ular bilan terrorchilarga qarshi kurash borasida, ayrim qaynoq nuqtalardagi vaziyatni tahlil qilish borasida hamkorlik qilamiz. Koʻp hollarda ikki tomona tahlili mos tushadi.

Asosiy mavzular