22:46 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
653 0 0

Koronavirus pandemiyasi, yopiq chegaralar va deyarli muzlab qolgan xalqaro turizm yaqin xorijiy mamlakatdan kelganlar mehnat qilayotgan iqtisodiyotning deyarli barcha jabhalariga taʼsir koʻrsatdi. Ishchi kuchi yetishmasligidan eng koʻp poytaxtlar jabr koʻrmoqda.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Dmitriy Matveyev. Pandemiya Sankt-Peterburgdagi mehnat bozoriga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Uy-joy kommunal xizmatlari, umumiy ovqatlanish sohasidagi xodimlar va shaharda obodonlashtirish ishlari bilan shugʻullanuvchilarning asosiy qismini  Oʻzbekiston va boshqa yaqin xorijiy mamlakatdan kelgan migrantlar tashkil etardi. Ammo taqiq va cheklovlar kiritilgan keyin ularning koʻpi vataniga qaytishga shoshildi, yopiq chegaralar tufayli esa qaytib kela olishmaydi.

Umumiy ovqatlanish va kadrlar yetishmasligi

Taqiq va cheklovlardan eng koʻp jabr koʻrgan uchta soha umumiy ovqatlanish, mehmonxona biznesi va sayyohlik sohalari boʻldi. Oxirgi ikki sohada vaziyat oʻta achinarli, umumiy ovqatlanish esa omon qolishga urinmoqda. Chunki ularga sanitariya-epidemiologik talablarga rioya qilgan holda ishlashga ruxsat berildi.

hh.ru kompaniyasi marketing boʻlimi maʼlumotlariga koʻra, oktyabr oyida boʻsh ish bozoridagi qulash sentyabr bilan taqqoslaganda turizm, restoran va mehmonxona sohalarida qayd etilgan – minus 7 foiz. Bu qisman epidemiologik vaziyat sabab joriy qilingan qator cheklov choralari hamda oʻtgan davrda bu sohada xodimlarga boʻlgan oshgan talabga bogʻliq.

Peterburglik restorator Mixail Feygelmanning soʻzlariga koʻra, pandemiyaga qadar uning xodimlarining 20 foizini Oʻzbekiston, Tojikiston, Belarus va Ukrainadan boʻlgan migrantlar tashkil qilgan.

“Bizda bu mamlakatlardan boʻlganlar nafaqat klining sohasida ishlardi, ular orasida ofitsiantlar ham, ish boshqaruvchilar ham, xosteslar ham, oshpazlar ham bor edi. Hozir xodimlar yetishmasligi juda katta, chunki bizning sohada koʻpchilik hukumat istalgan vaqtda kafe va restoranlarni yopib qoʻyishidan qoʻrqib ishlashni xohlashmaydi”, - deya tushuntirdi Feygelman.

U pandemiya boshlanishi bilan uning koʻplab xodimlari vatani Oʻzbekistonga ketib qolgani va endi esa ular qayta olmayotganliklarini qoʻshimcha qildi.

Restorator ishonchliroq sohalarni – savdo-sotiq, qurilish yoki xavf kamroq boʻlgan sohalarni tanlayotganlarni tushunishini tan oladi. Biroq Markaziy Osiyodan boʻlgan ishchilarsiz uning ahvoli juda ogʻir kechadi. Aynan shu bois u yangi muassasasini toʻliq ravishda ocholmaydi. Qolaversa, restorator oʻzining asosiy loyihasi uchun ishchi kuchi yetishmasligiga duch kelmoqda.

Uning bu sohadagi hamkasbi, Peterburgdagi restoran tarmoqlaridan biri va fitnes markazning xoʻjayini Aleksey Fursov oʻzbekistonliklar unda asosan oshpaz va farrosh boʻlib mehnat qilishganini taʼkidladi.

“Ishchi kuchi yetishmasligi bor. Xodimlar yetishmasligi barcha sohalarda restorandan tortib qurilishgacha kuzatilmoqda. Afsuski, ular oʻrnini rossiyaliklar bilan toʻldirib boʻlmayapti – mahalliy kadrlar ham yetishmayapti”, - deydi ishbilarmon.  

Uylarni kim quradi?

Uy-joy kommunal xizmatlari, obodoshlantirish va qurilish sohasida ishlovchi kompaniyalar oʻzlarini ishonganroq his qilishadi, lekin u yerda ham muammolar mavjud. hh.ru marketing boʻlimi maʼlumotlariga qaraganda, oktyabrda uy-joy kommunal xizmati sohasida, jumladan, muhandis, energetikachi, hisobchi, boshqaruvchi, huquqshunos hamda oʻrta-maxsus yoki oʻrta maʼlumotli muxatassislar chilangar, santexnik, dispetcher, traktorchi va boʻyoqchi va hokazolarga boʻlgan talab oʻsgani kuzatilgan. Fevral oyidagi koʻrsatgichlarga qaraganda malakali kadrlar 7 foizga, ishchilar esa 30 foizga koʻproq talab qilinmoqda.

“Pandemiya avj olgan pallada, bozordagi boshqa aksariyat sohalarga oʻxshab, bu sohada xodimlarga boʻlgan talabning pasaygani qayd etilgandi. Bugungi kunda bitta boʻsh ish oʻrniga 4,3 ta rezyume toʻgʻri kelyapti. Bu meʼyoridan bir oz kamligi va umuman olganda kadrlar yetishmasligidan dalolat beradi. Talabgorlar rezyumesida soʻralgan ish haqi 55 ming rubl, soha ish beruvchilari 50 ming taklif qilishmoqda”, - deya qayd etishdi kompaniya ekspertlari.

Sankt-Peterburgda yordamchi ishchilarga boʻlgan talab yoz oyida oʻsa boshladi. Aprelda fevralga qaraganda pasayish 46 foizni tashkil etdi, ammo iyundan ijobiy tarafga oʻzgardi va hozirgacha davom etmoqda.

Eng koʻp yuk tushiruvchi, yordamchi ishchilar va yuvuvchilar talab qilinmoqda. Ish ishlarga taklif qilinayotgan oʻrtacha ish haqi 39 ming rubl, bir yil oldin 36 ming rubl edi.

Aleksandr, Sankt-Peterburgda obodoshlashtirish ishlari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlardan birining rahbari Sputnik Oʻzbekiston bilan suhbatda uning kompaniyasida migrantlar oʻrnini ozroq Rossiya fuqarolari bilan toʻldirish kuzatilganini maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, xorijliklarning ommaviy ketishidan keyin u kadrlar yetishmasligi muammosiga duch kelgan.

Aleksandr oylik koʻproq boʻlishiga qaramasdan migrantlar orasida obodonlashtirish ishlaridagi qiyinligi sabab ishni tashlab ketish yoki intizomsizlari uchrab turishini maʼlum qildi. Ayrimlari bir kun ishga chiqib, keyin chiqmay qoʻyadi. Shu bilan birga mahalliy ishchilar ham intizom jihatdan farq qilmaydi, shu bois ketgan migrantlarning oʻrnini toʻliq toʻldirib boʻlmaydi.

Bu muammolar tufayli u kunbay ish haqi toʻlashga oʻtgan. Bu ish beruvchiga ishonchsiz ishchilar bilan oʻz vaqtida muammosiz xayrlashishiga imkon beradi.

“Barhayot” kuryerlar

Pandemiyada yutib chiqqan yagona soha bu oziq-ovqat va boshqa tovarlarni eltib beruvchi soha boʻldi desa ham boʻlaveradi. Epidemiya sabab koʻpchilik oʻzini yakkaladi, bu mahsulotlarni uyga onlayn buyurtma berishning oʻsishiga olib keldi.

Oʻzbekistonlik migrantlar pandemiyaga qadar bu sohada rossiyalik yoshlar, yaʼni talabalar, turli texnikum oʻquvchilari va maktab bitiruvchilari tomonidan raqobatga duch kelishgan edi. Buni Sputnik Oʻzbekiston agentligiga “Yandeks.Taksi” (“Yandeks.Yeda”, “Yandeks.Lavka”) PR xizmati qisman tasdiqladi. Ular ularning kuryerlar soniga oʻquv yili va chaqiruv kampaniyasi jiddiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidlashdi.

Dmitriy Poletayev
© Foto : Iz lichnogo arxiva Dmitriya Poletayeva

“Bizda kuryerlar ishlamaydi, biz oʻzini oʻzi band qilganlar va professional xizmatlar bilan hamkorlik qilamiz. Biz talab va taklif muvozanatini ushlab turibmiz, hozircha kadrlar yetishmasligini sezmadik, lekin pandemiyaning mehnat bozoriga bosimini sezyapmiz”, - dedi kompaniya vakili.

Oʻz navbatida xodimlarni saralash bilan shugʻullanuvchilar Rossiyaning Shimoliy poytaxtida oktyabrda kuryerlik boʻsh ish oʻrinlari soni oʻtgan yil oktyabriga qaraganda 18 foizga oʻsganini maʼlum qilishdi. Chakana savdo va mehmonxona restoran biznesi sohasida jonlanish boʻlmoqda. Kuryerlar hozir talab eng yuqori boʻlgan ishchilardir. Bu sohada ish haqi ham oʻsishi kuzatilmoqda: bir yil ichida deyarli 10 ming rublga oʻsdi.

Bunday sharoitlarda kuryerlar ishi hech boʻlmaganda pandemiya va mehnat bozoridagi inqiroz yakunlanishiga qadar barqaror va serdaromadli boʻlib koʻrinadi.

Asosiy mavzular