00:16 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Analitika
Havola olish
82410

AQShda demokratlarning hokimiyat tepasiga kelishi Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham yangi imkoniyatlar, ham xavflarni keltirib chiqaradi. Biroq, xatarlar koʻproq, deb hisoblaydi RF Moliya universiteti siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti Gevorg Mirzayan.

AQSH oʻqitadi

Agar AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp kichik moʻʼjiza koʻrsatmasa va prezidentlik saylovlari natijalari soxtalashtirilganligini isbotlamasa, u holda yanvar oyida Oq uyni tark etishga majbur boʻladi. Uni oʻrnini sobiq vitse-prezident, 20 yanvardan boshlab - amaldagi prezident Jozef Bayden egallaydi.

Trampning moʻʼjizasiga ozgina odamlar ishonmoqda, shuning uchun jahon OAVlari va siyosatshunoslar yangi demokratik administratsiya ularning mamlakatlariga nima olib kelishi borasida faraz qilishni boshladilar. Shimoliy Amerika davlati rahbarining boʻlajak jamoasi hali shakllanmaganiga qaramay (mudofaa vaziri, davlat kotibi, milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi yoʻq), Oq uy administratsiyasining Markaziy Osiyoga nisbatan boʻlajak siyosatining qator jihatlarini aniqlash mumkin.

Birinchidan, huquqni himoya qilish. Eslatib oʻtamiz, hokimiyatga shunchaki demokratlar emas, balki chap-liberal demokratlar keldi. Oʻz qadriyatlarini yerning barcha burchaklariga yetkazish niyatida boʻlgan mafkuraviy jihatdan oʻqlangan siyosatchilar.

Bu shuni anglatadiki, Vashingtonning Markaziy Osiyo davlatlari ichki ishlariga yanada faol va tajovuzkor aralashuvini kutish kerak. Bu davlatlarning barchasi hozirgi paytda bosimga nisbatan ozmi-koʻpmi zaif.

Qozogʻistonda hokimiyat tranziti hanuz toʻliq yakunlanmagan. Tojikistonda prognoz qilinmoqda. Qirgʻizistonda bu doim ketmoqda (plyus u yerda koʻplab amerika nodavlat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi). Oʻzbekistonda tranzit oʻtdi, ammo endi Toshkent tarkibiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga harakat qilmoqda - va amerikalik sheriklar iqtisodiy oʻzgarishlar bilan siyosiy oʻzgarishlar ham yonma-yon yurishi kerak, deb aytishi mumkin.

Bundan tashqari, amerikaliklar AQShning demokratik elitasi bu qadriyatlarni oʻz qoʻllari bilan obroʻsizlantirganidan aslo xijolat tortmaydilar. Oʻsha paytda u Black Lives Matter harakatining talonchi va bezorilarini qoʻllab-quvvatlagan, shuningdek, oʻz harakatlari bilan Amerika saylovlarida ovozlarni hisoblashning haqqoniyligi boʻyicha savollar tugʻdirgan. Saylovlari koʻplab savollarni keltirib chiqargan davlat boshqalarga kelgusi prezident lavozimiga kimni va qanday saylashni oʻrgatishi mumkinmi?

AQSH tiyib turmoqda

Boshqa jihatlar Markaziy Osiyoda yirik jahon derjavalari - Xitoy, Rossiya, Turkiya harakatlari bilan bogʻliq. Bayden jamoasi barchaga nisbatan siyosatni oʻzgartirmoqchi - va bu oʻzgarish nima boʻlganda ham butun Markaziy Osiyo mintaqasiga taʼsir qiladi.

Shunday qilib, Qoʻshma Shtatlar, ehtimol, Xitoy bilan munosabatlardagi ziddiyat darajasini pasaytiradi yoki (chunki Vashingtonda Xitoyga qarshi konsensus mavjud), uni yanada madaniyatli oqimga aylantiradi: savdo urushlarini toʻxtatish va bunday ochiq qarama-qarshilik olib keladigan toʻqnashuvlarning oldini olish. Qoʻshma Shtatlar bilan aloqalari hisobiga haddan tashqari xitoycha taʼsirni muvozanatlashtirmoqchi boʻlgan mintaqadagi davlatlar uchun bu yomon yangilik.

Rossiyaga kelsak, bu boshqa gap. Bayden Moskvani "dushman" deb atadi, haqiqiy sanktsiyalar va tiyib turish nima ekanligini koʻrsatmoqchi. AQSH Rossiyaga qarshi siyosatini butun sobiq ittifoq hududida kuchaytirmoqda – nafaqat uning Yevropa yoki Kavkaz qismida, balki Markaziy Osiyoda ham. Amerika nodavlat notijorat tashkilotlaridan foydalangan holda (Bayden, Trampdan farqli oʻlaroq "yumshoq kuch" vositalariga koʻproq eʼtibor qaratadi), AQSH Rossiyaning mintaqadagi mudofaa va iqtisodiy ittifoqlarini yoʻq qilishga, mahalliy yoshlar bilan ishlashga va ularni Rossiyaga nisbatan dushmanlik yoki hatto nafrat ruhida tarbiyalashga harakat qiladi.

Bu nafaqat Rossiya uchun, balki Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham muammo boʻlib, chunki ular joʻgʻrofik jihatdan Moskva bilan tekis joyda janjallashib qolishga yoʻl qoʻymaydi.

AQSH taʼsir qiladi

Nihoyat, Baydenning gʻalabasi mintaqada Turkiyaning taʼsirini kamaytirishi mumkin. Muxolifatdagi Turkiya Respublikachilar partiyasining yetakchisi Kamol Qilichdarogʻluning sobiq vitse-prezidentni prezidentlik saylovidagi gʻalabasi bilan tabriklash uchun shu qadar shoshilgani bejiz emas - ekspertlar Vashington va Turkiya prezidenti Rajab Erdogʻan oʻrtasidagi munosabatlarning jiddiy yomonlashishini kutmoqda.

Demokratlar, chamasi, Anqaradagi rejimni oʻzgartirish uchun harakat qiladilar (Obama davrida boʻlgani kabi) va ular Erdogʻanning obroʻsini tushirishning eng samarali usulini juda yaxshi bilishadi - bu tashqi siyosiy gʻalabalar va "Turk dunyosi" loyihasini amalga oshirish boʻyicha qadamlar hisobiga ichki siyosiy ochkolarni qoʻlga kiritishga yoʻl qoʻymaslik.

Shuning uchun ham, ehtimol, Vashington Turkiyaga qarshi alyanslarni qurishga kirishadi (unga Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari, birinchi navbatda Qozogʻiston taklif qilinadi), shuningdek, Ankaraning yumshoq kuchi instrumentlari buziladi, ularning yordami bilan turklar Kaspiy dengizidan Xitoy chegarasigacha boʻlgan joyni nazorat qilishga harakat qilmoqdalar.

Markaziy Osiyoning oʻzi uchun bunday Turkiyaga qarshi siyosat foydalimi? Bir tomondan, yoʻq, chunki mintaqa Rossiya va Xitoy taʼsirini muvozanatlash uchun potentsial uchinchi muvozanatchini yoʻqotmoqda.

Ammo, boshqa tomondan, bunday muvozanatchi uchun tekinga kerak emas - Erdogʻanning global ambitsiyalarini ilgari surish boʻyicha Turkiyaning tashqi siyosiy strategiyasi juda tajovuzkor. Anqaraga qiziq boʻlgan mintaqalarda boshqa mamlakatlar bilan modus vivendi (qandaydir qarama-qarshi tomonlarning birgalikda yashash imkoniyati – tahr.)ni topish turklar uchun qiyin. Raqobat va ziddiyat darhol boshlanadi, bu Turkiyani qabul qiluvchi davlat uchun halokatli boʻlishi mumkin.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilish mumkin.

Asosiy mavzular