01:44 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Analitika
Havola olish
184 0 0

Andrey Kazantsev fikricha, Markaziy Osiyo mamlakatlari migratsiya yoʻnalishlariga rang-baranglik olib kirishi mumkin.

MGIMO analitika markazi direktori, siyosiy fanlar doktori Andrey Kazantsevning fikricha, Jo Baydenning siyosati AQShga ish yoki oʻqish yuzasidan koʻchib oʻtishni rejalashtirayotgan ayrim konkret odamlar uchun koʻproq ahamiyatli boʻlishi mumkin.

Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari migratsiya yoʻnalishlariga oʻzgartirish kiritishlari mumkin.

"Rossiyaga buncha miqdorda mehnat migrantlari kerak emas, Rossiya hozirda ular oqimini kamaytirmoqda. Nega deganda, mehnat migrantlarining buncha miqdoriga iqtisodiy talabning oʻzi yoʻq. Ammo bu borada AQSH raqobat tashkil eta olmaydi, chunki Markaziy Osiyodan u yoqqa baribir koʻp odam keta olmaydi", - dedi Kazantsev.

Ekspert fikricha, AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati hamisha afgʻon omiliga bogʻliq boʻlgan, bu masalada esa respublikadan oʻz qoʻshinlarini olib chiqishni rejalashtirgan Donald Trampdan farqli ravishda Oq uyning yangi maʼmuriyatida hech qanday rejalar yoʻq.

Shuningdek, ekspert soʻzlariga koʻra, YEOII ishtirokchilari uchun Bayden kiritishni xohlab qolishi mumkin boʻlgan Rossiyaga qarshi ehtimoliy sanktsiyalar ham ahamiyatli boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular