Bayden davrida Rossiyaga "do‘zaxiy" sanksiyalar tahdid soladimi

© REUTERS/Jim BourgDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh hukumati kelasi yilda almashadi, ammo hozirdan bir narsa ma’lum: Jo Bayden Rossiyaga nisbatan o‘z o‘tmishdoshiga qaraganda anchayin qattiqqo‘l bo‘ladi

TOShKENT, 11 noya — Sputnik, Natalya Dembinskaya. Yaqin o‘tmishda - do‘zaxiy sanksiyalar deb atalmish eng radikal choralarni aynan demokratlar taklif etishgan edi. Bu Rossiya iqtisodiga nimasi bilan xavf tug‘dirishi haqida - RIA Novosti materialida o‘qing.

Rossiya davlat qarzi

"Rossiyaga nisbatan pozitsiyalar jiddiy kuchaytirilishini kutmoqdamiz. Bayden jamoasida Moskvaga bo‘lgan nafrat chindan ham hayratlanarli darajada", - deya Vashingtondagi g‘arblik oliy martabali diplomat so‘zlaridan iqtibos keltiradi Financial Times.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden davri: Markaziy Osiyo AQShning yangi prezidentidan nimani kutishi kerak

Ammo siyosiy deklaratsiyalar boshqa, prezident postidagi harakatlar boshqa. Bayden qanchalik jangovar bo‘lmagani bilan, ammo Vashington Rossiya iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsata oladigan darajada mablag‘ga ega emas, deya ishora qiladi Bloomberg.

Eng jiddiy tahdid — Rossiya davlat qarzi(federal zayom obligatsiyalari, OFZ)ga sarmoya kiritishga qo‘yiladigan ta’qiqdir. Ammo bundan birinchi navbatda amerikalik investorlar - qimmatbaho qog‘ozlar egalari jabr chekadi. Va ular bu sharoitda Bayden ma’muriyati ustidan sudga berishlari mumkin.

Bundan tashqari, bunga javoban, Rossiya katta ehtimol bilan AQSh g‘aznachilik obligatsiyalaridan butkul qutilishi mumkin. Ammo davlat qarzi nihoyatda katta, budjet defitsiti ham ulkan bo‘lgan Oq uy uchun buning keragi yo‘q.

Andrey Kazansev - Sputnik O‘zbekiston
Bayden siyosati MOdagi konkret odamlar uchun muhim bo‘ladi - ekspert

"Amerikaliklar Aleksey Navalniyni taxminiy zaharlashga urinish harakatlari tufayli Yevropa sanksiyalariga o‘xshash sanksiyalarni kiritishsa kerak. Ammo gap sektoral emas, personal cheklovlar haqida bormoqda. Shundan so‘ng Moskva bilan muloqotni qayta tiklashga urinish bo‘lishi mumkin, Vashington siyosati ana shu muloqot natijalariga bog‘liq bo‘ladi",  - deya taxmin qiladi Rus-Osiyo sanoat ittifoqi prezidenti Vitaliy Mankevich. Uning fikricha, Rossiya davlat qarziga nisbatan ta’qiq - bu qizil chiziqdan aniq o‘tilgan taqdirda foydalaniladigan kuzirdir.

"Shimoliy oqim — 2"

"Shimoliy oqim - 2"ga bosimning kuchaytirilishi ehtimoli bor. 2016-yilda Bayden Rossiya energetika loyihasini Yevropa uchun yomon bitim, degan edi. "Bu oxir-oqibat Ukrainani beqarorlashtiradi. Yevropaga esa diversifikatsiyalangan gaz yetkazib beruvchilar kerak", — degandi u AQSh vitse-prezidenti maqomida.

Sudno-truboukladchik Akademik Cherskiy - Sputnik O‘zbekiston
AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Oktabr oyining o‘rtasida demokratning saylov shtabi: Bayden Rossiya gazquvuriga qarshiligini va hozirda "Yevropa energetik mustaqilligini mustahkamlashga" harakat qilayotganini ta’kidlab, nomzod pozitsiyasi o‘zgarmaganini yana bir marotaba eslatgan edi.

Ammo bularning barchasi gapda qolib ketishi, aslida esa, AQShning yangi prezidenti Rossiya bilan savdolashishi va loyiha bo‘yicha o‘z e’tirozlarini olib tashlashi ham ehtimoldan holi emas.

Amerikaning Virginiya shtatidan bo‘lgan sobiq senator Richard Blekga ko‘ra, Bayden qurilish ishlarini yakunlash borasida Moskva bilan "tinchgina" gaplashib olishni afzal biladi. Buning evaziga Vashington uchun qandaydir foydani undirishga harakat qiladi.

AQSh Shimoliy oqim - 2ga qarshi koalitsiya tuzadi: bu qurilishni to‘xtatadimi? - Sputnik O‘zbekiston
AQSh "Shimoliy oqim - 2"ga qarshi koalitsiya tuzadi: bu qurilishni to‘xtatadimi?

Yashil kurs va OPEK

Bayden prezidentligining yana bir salbiy omillaridan biri — yashil kurs deb atalmish energetika sohasidagi siyosatdir. U 2035-yilda ekologik toza energetikaga o‘tish uchun ikki trillion dollar investitsiya qilishni rejalashtirmoqda.

"Bayden ehtimoliy g‘alabasining eng ko‘p foyda ko‘radiganlar — qayta tiklanadigan energetika kompaniyalari, infratuzilma sektoridir. Neft-gaz, farmkompaniyalar o‘zlarini yomon his qilishadi, yirik texnologik kompaniyalar antimonopol boshqaruv xavfi zonasiga kiradi. Bu holatda Rossiya bozori uchun sanksiyalar yanada keskinlashishi ehtimoli oshadi", - deya ishora qilishmoqda "Finam" analitiklari 2020-yil to‘rtinchi choragi investitsiyaviy strategiyasida.

"Rossiya uchun real tahdidlardan biri — global kun tartibiga uglerod solig‘ining joriy etilishidir, u dunyo bo‘yicha eng yaxshi bo‘lgan Rossiya tan-narxiga qaqshitkich zarba beradi. Bu shuningdek po‘lat va rangli metall quyuvchilariga ham taalluqli", - deb ta’kidladi Mankevich.

Prezentatsiya knigi M. Gorbacheva Ostayus optimistom v Moskovskom Dome Knigi - Sputnik O‘zbekiston
Umid qilaman, Bayden AQSh-Rossiya o‘rtasidagi ishonchni tiklash muhimligini tushunadi - Gorbachov

Va nihoyat, Bayden OPEKka bosim o‘tkazishda davom etadi.

Masalan, u Eron va Venesuelaga qarshi sanksiyalarni yumshatishi mumkin, shunda ularning nefti jahon bozoriga qaytadi.

"Eron sutkasiga ikki million barrel beradi. Bu OPEK+ bitimini muvozanatdan chiqarishga qodir", — deya ogohlantiradi moliyaviy tahlilchi Artom Zvezdin.

"Agar Rossiya bitimdan chiqsa, unda bitim barbod bo‘ladi. Axir Donald Tramp Moskva ishtirokiga hissa qo‘shgan edi", - deya eslatadi Reutersga karteldagi manba. Neft qazib olish hajmini qisqartirish haqidagi kelishuvga amal qilish to‘xtatiladi va bozorda global muammolar yuzaga kelishi mumkin, bu esa neft daromadlariga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Ammo bu shunchaki taxminlar, xolos. Ehtimol, Bayden jamoasi hukumat tepasiga kelgach, yanada konstruktiv kursni tanlaydi — axir baland shiorlar saylovoldi kampaniyasi uchun yaxshi, real siyosatda esa ular yomon yordamchidir.

Yangiliklar lentasi
0